Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155
audit (3)

2. Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish.
 
 
Auditor korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirishni boshlashdan 
oldin buxgalterlik hisobi qanday tashkil etilganligi va yuritilayotganligini 
o’rganishi lozim. Bunda u korxonada qo’llanilayotgan nazorat vositalarini 
o’rganadi va baholaydi, ular asosida taxmin qilinayotgan auditorlik amallarining 
mazmuni, miqyosi va qilinadigan xarajatlarni aniqlaydi.
Eng muhimi, auditor amaldagi buxgalterlik hisobi tizimi tekshirilayotgan 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatini ishonarli aks ettirishi hamda 
tekshirilayotgan korxonadagi mavjud nazorat vositalariga qay darajada tayana 
olishiga ishonch hosil qilishi lozim. Shuningdek, hisob tizimini, ya’ni hujjatlar 
aylanish reja-grafigining tuzilishini, buxgalteriya xodimlarining xizmat vazifalari 
qanday taqsimlanayotganligini ko’rsatishi, korxonaning asosiy muomalalarini aks 
ettirish uchun qanday schyotlar korrespondentsiyalari (o’zaro bog’lanishlari) 
qabul qilinganligi va qanday hisob registrlaridan foydalanilayotganligi kabi 


92 
masalalarni bayon qilish lozim.
Ko’pchilik auditorlar hisobni tashkil etish va uni yuritish uslubiyoti standart, 
markazlashtirilgan holda tartibga solishga bo’ysundirilgan va shuning uchun uni 
bayon qilishga ehtiyoj sezilmaydi degan noto’g’ri fikrga ega. Ular bunday fikrga 
asoslanib auditni rejalashtirishning bu qismiga etarli e’tibor bermaydilar. Bunday 
yondoshuvga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki markazlashtirilgan tizim shunga olib 
keladiki, unda turli korxonalar nafaqat o’z xususiyatlarini, balki namunaviy 
schyotlar va registrlar nomi ostida ham xatolarini yashiradilar. Masalan, 1010-
1090 «Materiallar» schyotlari bo’yicha qoldiqlarni balansda hisob baholarida aks 
ettirish hollari ko’p uchraydi. Hisob yuritish siyosatidagi «ishlab chiqarish 
zaxiralarining hisobi ularning o’rtacha sotib olish bahosi bo’yicha yuritiladi» 
degan yozuv ostida nafaqat o’rtacha miqdorlarni hisob-kitob qilishning xilma-xil 
usullari, balki ulardan to’g’ridan-to’g’ri voz kechish va materiallarni korxona 
uchun eng qulay bo’lgan baholarda hisobdan o’chirish va shunga o’xshashlar 
yashirinishi mumkin. Buxgalteriya xodimlari korxonada yuritiladigan oborot 
vedomostlari va shunga o’xshashlarni jurnal-orderlar deb tushunib, hisob jurnal-
order shaklida yuritilishini tasdiqlashlari ham mumkin.
Buxgalterlik hisobi tizimini bayon qilish quyidagi hujjatlarni o’z ichiga olishi 
mumkin: auditor axborot olishni rejalashtirgan asosiy xodimlar familiyalari 
ko’rsatilgan korxona buxgalteriyasining tashkiliy tuzilmasi; tashkiliy tuzilmada 
ko’rsatilgan har bir xodimning vazifalari va mas’uliyatlarining bayoni; hisob 
tsiklining muhim uchastkalari bo’yicha hujjatlar aylanish reja-grafigi; hisob 
tsikllari yo’nalishida namunaviy muomalalar bo’yicha provodkalar bayoni; bir 
martalik 
muomalalar 
va 
xato 
bo’lish 
ehtimoli 
yuqori 
bo’lgan 
muomalalar


«o’zining» firmalari, mavozalari, komissiya va konsignatsiya 
shartnomalari, qo’shma faoliyat shartnomalari, lizing) bo’yicha schyotlar 
korrespondentsiyalari bayoni; hisob yuritish siyosatidagi yoki ayrim schyotlarni 
yuritish qoidalarida me’yordan chetga chiqishlar; hisobot ma’lumotlarini 
tekshirishning nazorat varaqasi. So’nggi hujjat auditorning talabi bo’yicha mijoz 


93 
tomonidan tuziladi. Unda hisobotning butunligicha ham, qisman ham tekshirishga 
tayyor ekanligi mijozning ushbu tekshirishni texnik jihatdan qay darajada 
ta’minlay olishi so’raladi.
Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining tashkil etilishi hamda holatini 
tekshirishda quyidagilardan foydalanadi: 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin