Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   155
audit (3)

 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1.
Moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda qanday 
ma’lumot manbalari qo’llaniladi? 
2.
Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o’tkazish va oldin o’tkazilgan 
inventarizatsiyalar to’g’riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi? 
3.
Korxona aktivlarini moliyaviy investitsiyalar qatoriga qo’shishning 
to’g’riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi? 
4.
Buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob registrlari 
ma’lumotlariga mosligini tekshirish qanday amalga oshiriladi? 
5.
Qimmatli qog’ozlarning analitik hisobini, kirimi va chiqimiga doir 
muomalalarni tekshirish qanday amalga oshiriladi? 


265 
16-BOB.
 
 TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR AUDITI 
 
1. Auditning maqsadi, vazifalari, ma’lumot manbalari va o’tkazish 
tartibi
Tovar-moddiy zahiralarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi-
ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to’g’ri 
tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek, hisobot ko’rsatkichlarining 
ishonchliligini va tovar-moddiy zahiralar bilan bog’liq muomalalar hisobi va 
soliqqa tortish uslubining O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan 
qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu 
maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya 
hisobi tizimini tekshiruvdan o’tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. 
Zahiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo’lgan korxonalarda auditning asosiy 
qismi deb qaraladi.
Tovar-moddiy zahiralar bo’yicha hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligini 
tekshirishda boshqa audit ob’ektlaridagi kabi, dastavval, balansning «Ishlab 
chiqarish zahiralari»(120-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (130-satr)», 
«Tayyor mahsulot»(140-satr), «Sotish uchun olingan tovarlar»(150-satr) degan 
moddalari, Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob registrlari orasidagi 
tenglikni aniqlash zarur. Shu bilan birga, sintetik va analitik hisob 
ma’lumotlarining muvofiqligiga ishonch hosil qilishi muhimdir. Moddiy 
boyliklarni ishlab chiqarish xarajatlariga olib borish va ularning baholarini 
tekshirish, ishlab chiqarishga sarflash me’yorlari va boshqalarni tekshirish zarur. 
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga da’vo qo’zg’atishning o’z vaqtidaligi 
va to’g’riligi hamda yo’ldagi (korxonaga etib kelmagan) materiallar qoldig’ining 
haqqoniyligini ham tekshirish kerak.
Yo’ldagi moddiy boyliklarni tekshirishning vazifalari: yo’ldagi moddiy 
boyliklar sifatida hisobda turgan har bir jo’natishning asosliligini aniqlash, 
yuklarni etkazib berishi muddatlarining o’tib ketmaganligini aniqlash, xo’jalik 
tomonidan yuklarni qidiruv choralarining ko’rilishini aniqlash, bosh buxgalter va 


266 
ta’minot xodimlari tomonidan yo’ldagi moddiy boyliklarni hisobga olish ustidan 
nazorat o’rnatilishi kabilarini aniqlashdan iborat. Bulardan tashqari hisob 
ma’lumotlarining haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga mos kelishi va tovar 
mahsulotlar ishlab chiqarish to’g’risidagi hisobotlarda qo’shib yozish faktlari 
aniqlanadi.
Tekshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: 
*
zahiralarning haqiqatda mavjudligi; 
*
zahiralar bilan bog’liq barcha muomalalarning buxgalteriya hisobi 
schyotlarida to’liq va to’g’ri aks ettirilganligi; 
*
barcha zahiralar korxona mulki ekanligi ya’ni ularga mulkiy huquq 
mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat ekanligi; 
*
zahiralarni va ular bilan bog’liq majburiyatlarni baholashning to’g’riligi; 
*
tovar-moddiy zahiralarni hisobga olish tamoyillari to’g’ri tanlanilganligi 
va qo’llanilishining to’g’riligi.
Tovar-moddiy zahiralarni tekshirishda quyidagi ma’lumot manbalaridan 
foydalaniladi: 

Moddiy boyliklarni qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berishga 
aloqador me’yoriy hujjatlar.

Hisob siyosati to’g’risidagi buyruq.

Tovar - moddiy zahiralar bilan bog’liq muomalalarni rasmiylashtirishga 
doir dastlabki hujjatlar.

Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar.

Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya hisobi 
registrlari va buxgalteriya hisobotlari.
Auditor tekshiruvga kirishish chog’ida tekshiruvning ushbu sohasi bo’yicha 
tanlangan hisob yuritish usullari va uslublari to’g’risida axborotga ega bo’lishi 
lozim. №4-«Tovar-moddiy zahira-lar» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti 
talablariga muvofiq korxonaning hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyrug’ida 


267 
tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishning uslubiy jihatlari, xususan quyidagilar 
haqidagi axborotlar aks ettirilishi lozim: 
*
asosiy vositalar bilan inventar va xo’jalik ashyolari o’rtasidagi chegaralar; 
*
tovar-moddiy boyliklarni sotib olish (tayyorlash)ni hisobga olish; 
*
tovar-moddiy boyliklarni ularning turlari bo’yicha hisobdan o’chirish 
chog’ida baholash usullari.
Mijoz-korxona rahbariyati, u yoki bu hisob yuritish tamoili moliyaviy natijaga 
ta’sir qilishini bilsada, hisob siyosatiga kiritilgan ma’lumotlarning zarurligiga 
ko’p hollarda etarli ahamiyat bermaydi. Mana shuning oqibatida har xil 
qoidabuzarliklar kelib chiqadi. Ulardan eng ko’p tarqalgani tanlangan hisob 
yuritish usullariga yoki ularni qo’llashda izchillikka rioya qilinmasligi 
hisoblanadi.
Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishda qo’llaniladigan dastlabki hujjatlar 
shakllari korxonadagi moddiy qiymatliklarning turlari va guruhlariga bog’liq. 
Qo’llaniladigan dastlabki hujjatlarda barcha zarur rekvizitlar bo’lishi shart. 
Bunday dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: moddiy qiymatliklarni olish 
uchun ishonchnomalar, kirim orderlari, materiallar, inventar va xo’jalik 
ashyolarini kirimga olish va hisobdan o’chirish dalolatnomalari, limit-zabor 
kartalari, talabnoma-nakladnoylar, tovar-transport nakladnoylari, ombor hisobi 
kartochkalari yoki daftari.
Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumot manbalariga quyidagilar 
kiradi: 
*
korxona rahbarining buyrug’i (yoki farmoyishi) direktor kengashi 
majlisining bayonnomalari, ta’sischilar va boshqa komissiyalar yig’ilish 
qarorlari. Agar korxona ustav kapitalining miqdorini shakllantirish yoki 
o’zgartirish chog’ida ulush sifatida materiallar, inventar va xo’jalik ashyolari, 
tovarlar qo’shilgan bo’lsa, shuningdek agar dividendlar yoki daromadlar 
moddiy qiymatliklar bilan to’lansa ushbu hujjatlarni o’rganish auditor uchun 
o’ta muhim ahamiyat kasb etadi; 
*
korxonada o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlari o’tgan yillardagi hisobotlari; 


268 
*
tovarlar, materiallar, xom ashyolar va hokazolarni etkazib berish 
shartnomalari; 
*
moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnomalar.
Auditorning korxona xodimlari bilan rahbariyat tarkibidagi, buxgalteriya 
hisobi va ichki nazorat tizimidagi o’zgarishlar to’g’risidagi suhbatlari tekshiruv 
uchun zarur qo’shimcha axborotlar berishi mumkin. Bunday o’zgarishlarning 
natijalari ishchi hujjatlarda rasmiylashtirilgan bo’lishi lozim.
Tovar-moddiy 
zahiralar 
bilan 
bog’liq 
muomalalarni 
tekshirishda 
foydalaniladigan axborotlar korxonaning buxgalteriya hisobotlari va hisob 
registrlarida aks ettiriladi. Bulardan «Buxgalteriya balansi» (1-shakl)da - tovar-
moddiy zahiralar to’g’risidagi ma’lumotlar balans aktivining II-«Aylanma 
mablag’lar» bo’limida joylashgan «Ishlab chiqarish zahiralari»moddasi (120 satr) 
va «tugallanmagan ishlab chiqarish» (130-satr) moddalarining ma’lumotlari 
tekshiriladi.
Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya registrlari xilma-
xil bo’lishi mumkin. Ular korxonada qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobi shakli 
va usullariga, hamda mavjud tovar-moddiy zahiralarning turlari va guruhlariga 
bog’liq. Ammo, har qanday holatda ham auditor 1010-1090, 1080, 1510 va 1610 
schyotlar bo’yicha analitik va sintetik hisob registrlarini, qoldiq vedomostlari, 
omborxona hisobi kartochkalari, daftarlar, inventarizatsiya materiallarini hamda 
tugallanmagan ishlab chiqarishlar (2010, 2110, 2310-schetlar) bo’yicha hisob 
registrlarini tahlil qilib chiqishi lozim.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin