Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   155
audit (3)

3. 
 
Mahsulot tannarxini hisoblashni tekshirish 
 
Kalkulyatsiya
- bu ayrim turdagi mahsulotlar birligining yoki butun tovar 
mahsulotlarning tannarxini aniqlash usulidir. Kalkulyatsiya muayyan turdagi 
mahsulotga nisbatan xarajatlarni guruhlash usuli sifatida, ishlab chiqarish 
jarayonining istalgan bosqichida mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining har bir 
tarkibiy elementini kuzatib borish imkonini beradi. Shu boisdan, mahsulot (ish, 
xizmat)lar birligining tannarxini hisoblashni tekshirish ishlab chiqarish xarajatlari 
auditining muhim bo’lagi hisoblanadi.
Auditor xarajatlarning sarf-xarajat moddalari bo’yicha ularning maqsadi va 
vujudga kelish joylariga qarab guruhlanishini hamda bevosita yoki bilvosita yo’l 
bilan mahsulot (ish, xizmat)larning har bir turiga olib borilishini bilishi zarur. 
Iqtisodiyot tarmoqlarida sarf-xarajatlar tarkibi turlicha va tegishli tarmoq (yoki 
tarmoqlararo) yo’riqnomalar va uslubiy tavsiyalar bilan belgilanadi.
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashni tekshirishda auditor 
quyidagilarning to’g’riligini aniqlaydi: 
*
mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) uchun qilinadigan xarajatlarning 
turkumlanishini; 
*
xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo’yicha hisobga olish va hisobdan 
chiqarish (taqsimlash); 
*
yaroqsizlik (brak) dan va bekor turib qolishdan ko’rilgan yo’qotishlar; 
*
tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash; 
*
bilvosita sarflarni taqsimlash; 
*
xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblash 
usullarini qo’llash; 
*
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga doir schyotlarning o’zaro 
bog’lanishi (korrespondentsiyasi)ni tuzish; 


298 
*
ishlab chiqarish xarajatlarining yig’ma, analitik va sintetik hisobini 
yuritishni; 
*
xarajat schyotlari bo’yicha analitik va sintetik hisob yozuvlarining bosh 
daftar hamda balansdagi yozuvlarga mos kelishi.
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashda har xil usullar qo’llaniladi.
Sanoat ishlab chiqarishida tannarx hisoblash quyidagi usullarda amalga 
oshiriladi: oddiy usul, normativ usul, buyurtmalar usuli, bosqichlar usuli.
Auditorlik tekshiruvining vazifalaridan biri - tanlangan kalkulyatsiyalash 
usulining asosliligini tasdiqlashdan iborat.
Xarajatlar mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilish xususiyatiga 
ko’ra muayyan mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri olib 
boriladigan bevosita va bilvosita xarajatlarga bo’linadi.
Bilvosita xarajatlar ko’p elementli bo’lib, hisob yuritish siyosati to’g’risidagi 
buyruqda belgilangan qaysidir ko’rsatkichga mutanosib ravishda alohida 
mahsulot turlari o’rtasida taqsimlanadi. Qanday ko’rsatkichga mutanosib 
taqsimlash usulini har bir korxona tarmoq xususiyatidan kelib chiqib mustaqil 
aniqlaydi. Masalan, sanoatda mutanosib taqsimlash ko’rsatkichi sifatida 
quyidagilar qo’llaniladi: 
*
asosiy ish haqi; 
*
qurilmalarni saqlash va ishlatish uchun qilinadigan smeta (normativ) 
xarajatlar; 
*
mahsulot massasi va hajmi; 
*
ishchilar tomonidan ishlangan kishi-soatlar; 
*
qurilmalarning mashina-soatlar soni.
Auditorning vazifasi korxona hisob siyosatida qabul qilingan va amalda 
qo’llanilayotgan 
bilvosita 
sarflarni 
taqsimlash 
usulining 
to’g’riligini 
tasdiqlashdan iborat.
Bir necha turdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi (har xil mahsulot ishlab 
chiqaruvchi) korxonalar bilvosita xarajatlarini ular o’rtasida taqsimlamaydigan 
holatlar auditorlik amaliyotida tez-tez uchrab turadi. Bunday hollarda har xil 


299 
mahsulotlar tannarxlarining buzib ko’rsatilish hollari sodir bo’ladi, haqiqiy 
moliyaviy natijalar yashiriladi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin