Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Valyuta schyotlariga doir muomalalar sintetik hisobining to’g’riligi va



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   155
audit (3)

5. Valyuta schyotlariga doir muomalalar sintetik hisobining to’g’riligi va 
to’liqligini tekshirish 

Korxona va firmalar xorijiy valyutalardagi pul mablag’larining to’liq kirimga 


olinishini aniqlash va valyuta muomalalarining hisobda to’g’ri aks ettirilishini 
tekshirish muhim masala hisoblanadi.
Korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog’ida mahsulot (ish, 
xizmat) eksportidan daromad oladilar, import tovarlar bo’yicha to’lovlarni amalga 
oshiradilar, xorijga xizmat safarlari bo’yicha sarflarni to’laydilar va 
O’zbekistonda hamda chet ellardagi banklarda ochilgan valyuta schyotlari orqali 
boshqa muomalalarni amalga oshiradilar. Banklarda valyuta schyotlarini ochish 


323 
tartibi va ular bo’yicha muomalalarni amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi 
valyuta qonunchiligi hamda Markaziy Bankining me’yoriy hujjatlari bilan 
tartibga solinadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bank hujjatlarida xalqaro hisob-kitoblar 
bo’yicha qoldiqlar va muomalalar milliy valyuta va chet el valyutalari turlari: 
AQSh dollari, nemis markasi, ingliz funt sterlingi va h. k. bo’yicha ko’rsatiladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik shaxs-rezidentlar quyidagi valyuta 
schyotlariga ega bo’lishlari mumkin: 
*
tranzit valyuta schyoti - eksportdan olingan valyuta tushumini to’liq 
hajmda hisobga olish uchun mo’ljallangan; 
*
maxsus tranzit valyuta schyoti - O’zbekiston Respublikasi valyuta 
birjasida chet el valyutasini so’mga sotib olish va uni yana sotishga doir 
muomalalarni hisobga olish uchun mo’ljallangan; 
Joriy valyuta schyoti yuridik shaxs eksportdan olingan tushumning bir 
qismini majburiy sotganidan so’ng uning ixtiyorida qoladigan mablag’larni va 
valyuta qonunchiligiga muvofiq schyotga doir boshqa muomalalarni amalga 
oshirish uchun mo’ljallangan xorijdagi valyuta schyoti O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy Bankining Maxsus ruxsatnomasiga muvofiq xorijda vakolatxonalariga 
ega tashkilotlar uchun ochiladi.
Bankdagi valyuta schyotlari bo’yicha muomalalarni tekshirish chog’ida 
auditor quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim: 
*
joriy valyuta muomalalari va kapitalning harakati bilan bog’liq valyuta 
muomalalari huquqiy rejimiga rioya qilinishi; 
*
valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy Bankining litsenziyasiga ega bo’lgan, vakolatli banklar orqali valyuta 
muomalalarini amalga oshirish; 
*
vakolatli banklarda ayrim valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan beriladigan ruxsatnomalar 
va litsenziyalarning mavjudligi; 
*
yuridik shaxs-rezidentlar tomonidan ular ixtiyorida mavjud bo’lgan, legal 


324 
kelib chiqishga ega valyuta mablag’lari chegarasida chet el valyutasidagi hisob-
kitoblarni amalga oshirish; 
*
5210-«Mamlakatimizdagi valyuta schyotlari» schyoti bo’yicha ochilgan 
«Tranzit valyuta schyotlari», «Maxsus tranzit valyuta schyotlari», «Joriy valyuta 
schyotlari», «Xorijdagi valyuta schetlari» subschyotlaridagi valyuta mablag’lariga 
doir muomalalar hisobi.
Valyuta schyotlari bo’yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish 
bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham, har bir valyuta schyoti 
bo’yicha amalga oshiriladi.
Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, agar O’zbekiston korxonasining xorijiy 
bankda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo’yicha ochilgan 
schyoti bo’lsa, bu litsenziya unga valyuta tushumini qabul qilish uchun asos bo’la 
olmaydi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy 
bankdagi schyotga valyutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma bo’lishi 
lozim.
Rezident bo’lib hisoblangan, eksport qiluvchi tashkilotlar valyuta tushumi 
qabul qilinishining to’liqligi va to’g’riligini tekshirishda, vakolatli banklardagi 
ularning valyuta schyotlari bo’yicha quyidagilarni aniqlash kerak: 
*
tashkilot valyuta tushumini chet ellik hamkorining reklamatsiyasini 
qoniqtirish hisobiga jarima to’lash yoki zararlarni qoplash, ya’ni o’zaro talablarni 
hisobga olish to’g’risidagi talablarni;
*
eksport kontraktlari kabi, import kontraktlarini bajarish chog’ida ham 
o’zaro qarz surishish hollariga yo’l qo’yilmaganligi; 
*
O’zbekiston Respublikasiga o’tkazilishi lozim bo’lgan va xorijdagi 
rezidentning ixtiyoriga yoki mulki qatoriga o’tgan tushumdan to’lovlar amalga 
oshirilmaganligi. Olingan daromad pul o’tkazish amalga oshirilgunga qadar faqat 
ushbu daromad olingan tashqi iqtisodiy muomala bilan bevosita bog’liq bo’lgan 
bank komissiyalari va chiqimlarni to’lash uchun ishlatilishi mumkin.
Valyuta tushumining to’liq kirim qilinishini tekshirish uchun yil davomida 
tushgan valyuta summasi eksport qilingan tovar qiymati bilan taqqoslanadi.


325 
Valyuta schyotiga doir muomalalarini tekshirish chog’ida valyuta sotish va 
sotib olishga doir muomalalarning to’g’ri aks ettirilganligiga alohida e’tibor 
qaratish lozim. Chunki korxonalar buxgalterlari ko’p hollarda hisobga olish 
uslubiyotida ham, kurs farqlarini hisob-kitob qilishda ham valyutani so’mga 
hisoblab o’tkazishda ko’plab xatolarga yo’l qo’yadilar.
Valyutani sotib olishga doir muomalalarning valyuta qonunchiligiga va 
buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibiga muvofiqligini tekshirish quyidagi 
tartibda o’tkaziladi.
Valyuta sotib olishga doir muomalalarni tekshirish tartibi. 
Tekshiriladigan masala
Qaysi me’yoriy 
hujjatga 
muvofiq
Valyuta qonunchiligiga rioya qilinishi. 
1. Valyutani sotib olish maqsadi:

joriy valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun;

kapitalning harakati bilan bog’liq valyuta muomalalarini amalga 
oshirish uchun. 
2. Kapitalning harakati bilan bog’liq valyuta muomalasi O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy Bankining maxsus ruxsati (litsenziyasini) talab qilmaydigan muomalalar 
qatoriga kiradimi
3. Kapitalning harkati bilan bog’liq muomalalarni amalga oshirish uchun Markaziy 
Bank ruxsatnomasi mavjudligi
4. Sotib olingan valyutaning sotib olish uchun topshiriqda ko’rsatilgan asosga 
muvofiq maqsadli tayinlanishi bo’yicha ishlatilganligi
5. Maxsus tranzit schyotdan valyutani maqsadli tayinlanishi bo’yicha hisobdan 
o’chirish muddatlariga rioya qilinishi
6. Sotib olingan chet el valyutasini yana sotish bo’yicha muomalalar amalga 
oshirilganligi
7. Import tovarlar qiymatini bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar valyuta 
mablag’larini sotib olish shartlariga rioya qilinishi so’mdagi depozit ochish. 
Muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi. 
Tekshiriladigan masala
qaysi me’yoriy 
hujjatga 


326 
muvofiq
1. Valyutani sotib olishga doir muomalalarni hisobga olish uchun 
foydalaniladigan, ishchi schyotlar rejasida keltirilgan schyotlar
2. Pulini to’lash uchun valyuta sotib olinadigan, sotib olingan tovar-moddiy 
zahiralar qiymatiga bank komission mukofotining qo’shilishi
3. Bankka to’langan komission mukofotning 80 schyot debetiga olib borilishi 
4. Soliqqa tortiladigan foydani aniqlash chog’ida moliyaviy natijaning 80-schyot 
debetiga olib borilgan, komission mukofotlar va kurs tafovutlari summasiga 
tuzatilganligi
5. Valyuta sotib olishda chet el valyutasini so’mga hisoblab o’tkazish sanasini 
belgilashning to’g’riligini tekshirish
6. Valyutaning so’mga hisoblab o’tkazish chog’ida qo’llanilgan O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy Banki kurslarining to’g’riligini tekshirish
7. Valyuta sotib olishga doir muomalalarni buxgalteriya hisobi schyotlarida aks 
ettirish bo’yicha schyotlar boglanishini (korrespondentsiyasini) tekshirish
Valyuta qonunchiligiga muvofiq valyuta sotish quyidagicha turkumlanishi 
mumkin: 
1. Majburiy sotish; 
2. Qaytarib sotish; 
3. Erkin (ixtiyoriy) sotish.
Valyutani majburiy sotish rezidentlarning tovarlar (ish, xizmat, intellektual 
faoliyat)ni eksport qilishdan olingan, tranzit valyuta schyotiga kirim qilingan 
valyuta tushumlarini, hamda bo’naklar va oldin to’lovlar sifatida olingan 
kirimlarni o’z ichiga oladi.
Valyutani qaytarib sotish ichki bozorda sotib olingan va maxsus tranzit 
schyotga qabul qilingan valyutalarni sotishni o’z ichiga oladi. Bu agar sotib 
olingan valyuta hamda maxsus tranzit schyotiga qabul qilingan va rezident 
tomonidan xizmat safari xarajatlarini to’lash uchun ishlatilmagan valyutalar 
maxsus tranzit schyotdan maqsadli tayinlanishi bo’yicha belgilangan muddatlarda 
hisobdan o’chirilmagan hollarda.
Valyutani ixtiyoriy sotish valyuta tushumining majburiy sotiladigan 


327 
summasidan oshgan summasini va joriy valyuta schyotidan valyuta sotishni o’z 
ichiga oladi.
Valyutani majburiy va qaytarib sotish chog’ida qonunchilikda belgilangan, 
sotish tartibining majburiy shartlari kabi, bu muomalalarni buxgalteriya hisobida 
aks ettirish ham tekshirilishi lozim. Valyutani ixtiyoriy sotishda esa asosan ushbu 
muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirishi tekshiriladi.
Valyutani sotishga doir muomalalarni tekshirishni quyidagi tartibda amalga 
oshirish mumkin.
Tekshiriladigan masala 
Qaysi 
me’yoriy 
hujjatga 
muvofiq 
1. Sotish turini aniqlash:
tranzit valyuta schyotidan majburiy sotish;
maxsus tranzit schyotidan qaytarib sotish;
ixtiyoriy sotish. 
2. Tranzit valyuta schyotiga tushgan tushum majburiy sotiladimi?
3. Majburiy sotish hajmini aniqlashning to’g’riligini tekshirish:
valyuta tushumining 75%. 
valyuta tushumining 50%. 
4. Eksportdan olingan valyuta tushumini sotish muddatlariga rioya qilinishini tekshirish
5. Majburiy sotiladigan eksport daromadini hisob-kitob qiladigan bazani aniqlashni 
tekshirish
6. Maxsus tranzit valyuta schyotidan valyutani qaytarib sotish uchun zarur shart-
sharoitlar mavjudligini tekshirish
7. Valyutani qaytarib sotish muddatlariga rioya qilinishini tekshirish. 
8. Korxona o’zining maxsus tranzit valyuta schyotidan boshqa valyuta schyotlariga 
valyutani o’tkazganligi
9. Valyutani sotishga doir muomalalarning hujjatlashtirilishini tekshirish


328 
Valyuta muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini tekshirish. 
Tekshiriladigan masala
Qaysi 
me’yoriy 
hujjatga 
muvofiq
1. Korxonada valyuta sotish muomalalarini aks ettirish uchun 9220-«Boshqa aktivlarning 
chiqimi» schetini qo’llash. 
2. Valyuta sotish (ixtiyoriy va qaytarib sotish) bo’yicha bankka to’lanadigan komission 
to’lovni 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotining debetiga olib borishni 
tekshirish. 
3. Valyutani majburiy sotish bo’yicha bankka to’lanadigan komission to’lovning 
tannarxga qo’shilishi. 
4. Valyuta muomalasi bo’yicha zarar ko’rilganida soliqqa tortiladigan foydani aniqlash 
chog’ida moliyaviy natija tuzatilganligi. 
5. Valyuta sotishni hisobga olishga doir muomalalar bo’yicha chet el valyutasini so’mga 
hisoblab o’tkazish sanasini belgilashning to’g’riligini tekshirish
6. Chet el valyutasini so’mga hisoblab o’tkazishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan o’rnatilgan valyuta kurslarini qo’llashning to’g’riligini tekshirish
7. 
Valyuta 
sotishni 
aks 
ettirishga 
doir 
schyotlarning 
o’zaro 
bog’lanishi 
(korrespondentsiyasi) to’g’riligini tekshirish. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin