Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   155
audit (3)

5. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishning umumiy 
qismi - qoldiqlar haqqoniyligini baholash va bajariladigan uslubiy amallar mol 


365 
etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishga o’xshash.
№21-BHMSga muvofiq jo’natilgan mahsulot, material, bajarilgan ish va 
ko’rsatilgan xizmatlar uchun xaridor va buyurtmachilar bilan olib boriladigan 
hisob-kitoblar 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 
4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan 
bo’naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Auditor 4010-«Xaridorlar va 
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020-«Olingan veksellar» va 6310-
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha hisob 
yuritish va nazoratning holati hamda qoldiqlarning haqqoniyligini baholash 
natijasida 
xaridorlar 
va 
buyurtmachilar 
bilan 
hisob-kitoblar 
bo’yicha 
muomalalarning ishonchliligini tekshiradi. Bu schyot bo’yicha oborotlarni 
tekshirishning muhimligi korxona faoliyatini baholaydigan asosiy ko’rsatkich - 
tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad 
ko’rsatkichi bo’yicha axborotlarni shakllantirishi bilan izohlanadi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalarni 
tekshirishda 4010, 4020 va 6310 schyotlar bo’yicha hisob registrlari 
ma’lumotlarining Bosh daftar hamda o’zaro aloqador hisob registrlari 
ma’lumotlari bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010- schyot debeti 
bo’yicha yozuvlar 9010, 9020, 9030, 9210, 9220-schyotlarning krediti bo’yicha 
yozuvlar bilan solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga 
mulkchilik huquqining maxsus tartibi ko’zda tutilmagan bo’lsa, uholda umumiy 
qoida bo’yicha mulkiy huquq mol etkazib beruvchidan xaridorga tovarni jo’natish 
vaqtida o’tadi va debet 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan 
schyotlar» va kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan 
daromadlar»schyoti yozuvi bilan aks ettiriladi. Bunday yozuv soliqqa tortish 
maqsadi uchun qanday hisob tartibi - «to’lov bo’yicha» yoki «jo’natish bo’yicha» 
qabul qilinganidan qat’iy nazar amalga oshiriladi. Dastlabki hujjat va 4010-
schyotning hisob registri bo’yicha mahsulot jo’natilgan sanani taqqoslash orqali 
muomalalarning o’z vaqtida aks ettirilishi nazorat qilinadi.
Agar shartnomada tovarlarga mulkiy huquq o’tishining maxsus tartibi ko’zda 


366 
tutilgan bo’lsa, u holda jo’natilgan qiymatliklarga mulkiy huquq ularni jo’natish 
vaqtida emas, balki pul to’lanish vaqtida o’tishi mumkin. Bu holda jo’natilgan va 
sotilgan tovarlar uchun xaridorlarning qarzlari ham shunday yozuv bilan, ammo 
pul to’lanish vaqtiga aks ettirilishi muhimdir. Bu xaridorlar bilan chet el 
valyutasida 
hisoblashilganida 
va 
xaridorlar 
bilan 
shartli 
birliklarda 
hisoblashilganda o’ta muhimdir. Chunki muomalalarni aks ettirish sanasiga 
bog’liq holda valyuta kursi natijada esa umumiy qarzdorlik, kurs va summa 
tafovutlari aniqlanadi.
Muomalalarning hujjat bilan asoslanganligini tekshirish chog’ida tovar 
(mahsulot, ish va xizmat)lar bahosi shakllanishining shartnoma shartlariga 
muvofiqligi, hamda QQS summasi va xaridorlarga taqdim qilingan schyotlar 
boshqa elementlarining to’g’riligi aniqlanadi. Xaridorlar tomonidan schyotlarni 
to’lashning o’z vaqtidaligi va to’liqligi 5110, 5210, 5220, 6310, 7310 schyotlar 
bilan boglanadigan ma’lumotlarni taqqoslash va analitik hisob registrlaridagi 
yozuvlarni ko’rib chiqish yo’li bilan aniqlanadi.
Veksellar bilan hisob-kitob qilinganida №21 BHMS talablariga muvofiq 4020 
-«Olingan veksellar» schyotini yuritish tartibiga rioya qilinishi va xaridorlarning 
veksellar bilan ta’minlangan qarzlari analitik hisobining tuzilishiga qat’iy e’tibor 
qaratilishi lozim. Bunda xususan, veksellarning to’lov muddati, banklarda 
hisobga olinganligi (diskontlangani), o’z vaqtida puli kelib tushmaganlari alohida 
tekshirilishi zarur.
Shuningdek, olingan veksellar bo’yicha veksel foizlari va QQS aks ettirilishi, 
veksel bo’yicha pul mablag’larining kelib tushish chog’ida (tovarlar, qarama-
qarshi talablar) vujudga keladigan majburiyatlar to’g’riligi tekshiriladi.
Tekshiruv jarayonida xaridorlarning muddatlari o’tib ketgan debitor qarzlari 
talab qilinganligi va talab qilinmaganligini aniqlab tahlil qilinadi. Debitor 
qarzlarni hisobdan o’chirish faktlari bo’yicha auditor ushbu faktlarning 
asoslanganligi va to’g’ri aks ettirilganligini aniqlaydi.
Debitor qarzlarning ahvoli va ularni hisobdan o’chirishni tekshirish amallari 
shubhali qarzlar bo’yicha rezerv yaratish va undan foydalanishni tekshirish 


367 
amallari bilan kesishadi. Shubhali qarzlar bo’yicha rezervlardan foydalanishning 
asosliligini tekshirish debitor qarzlarni hisobdan o’chirish chog’ida ko’rib 
chiqiladi.
Mahsulot va materiallarni sotishga jo’natish me’yoriga qarab barcha 
nakladnoy ma’lumotlari tayyor mahsulotlarni sotishga doir hujjatlar reestri (63 - 
ASK shakl)ga yozib boriladi. Reestrlar ichki xo’jalik bo’linmalari (shirkatlar, 
brigadalar va boshqalar)dan xo’jalik buxgalteriyasiga topshirilib, ularning 
ma’lumotlari asosida «Qishloq xo’jalik mahsulot, material, ish va xizmatlari 
realizatsiyasini hisobga olish vedomosti (62 - ASK shakl) tuziladi. Reestrlarda 
xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblar har qaysi to’lov hujjati bo’yicha 
alohida-alohida hisobga olib boriladi. Hisobot oyi ichida to’lanmagan summalar, 
undan keyingi oyda xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga 
olish uchun xizmat qiladigan, yangi saldo (qoldiq) reestriga har qaysi to’lov 
hujjatidan o’tkaziladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblarni tekshirishni boshlashdan 
oldin saldo (qoldiq) reestrlarida ko’rsatilgan qoldiqlarning Bosh daftardagi 4010 - 
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan 
veksellar», 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari 
bo’yicha qoldiqlarga teng kelishini aniqlash zarur. Shuningdek, reestrlarning o’z 
vaqtida to’lg’azilishi, buxgalteriyaga topshirilishi va xo’jalikning kassasiga yoki 
hisob-kitob schyotiga tushgan to’lovlar haqida belgilar (yozuvlar) mavjudligi 
tekshiriladi. Mahsulot, material, ish va xizmatlar realizatsiyasi bo’yicha to’lov 
talabnomalarining o’z vaqtida to’lg’azilishi va inkassaga qo’yilishi tekshiriladi. 
Qarzlarning vujudga kelish sanalari va to’lov muddati o’tib ketgan summalarini 
saldo (qoldiq) reestrlari bo’yicha aniqlash zarur. Ushbu to’lov hujjatlari bo’yicha 
qarzlar nihoyatda puxta tekshiriladi. Chunki, amaliyotda xaridorlar va 
buyurtmachilarning qarzlari 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan 
schyotlar» va 4020- «Olingan veksellar», schyotlarining debetida, to’lovlarning 
kelib tushishi esa 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» 
schyotining kreditida aks ettiriladi, shuningdek mahsulot va materiallar bir 


368 
xo’jalik yoki tashkilotga jo’natilib, schyot esa adashib boshqasiga taqdim etilishi 
hollari ham uchraydi. Buning natijasida noxaq debitor va kreditor qarzlar vujudga 
keladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda korxona rahbari 
va bosh buxgalteri tomonidan muddati o’tib ketgan debitor qarzlarni undirish 
choralari ko’rilayotganligi aniqlanadi, hisob-kitoblarni o’zaro taqqoslash va 
aniqlangan tafovutlarni taqqoslash dalolatnomasi tuzib to’g’rilash, shuningdek 
qarzlarni o’zaro surishishga doir ishlarning amalga oshirilayotganligi tekshiriladi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin