Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   155
audit (3)

 
 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1.
Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari. 
2.
Hisobdor shaxslarga berilgan naqd pullarni tekshirish tartibi qanday amalga 
oshiriladi? 
3.
Hisoblashish muomalalari qanday me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinib 
turiladi? 
4.
Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlarni tekshirishning 
qanday asosiy hususiyatlari mavjud? 
5.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar auditining qanday asosiy 
hususiyatlari mavjur? 
6.
Mehnat haqi bo’yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday xususiyatlari 
mavjud? 


369 
20-BOB.
 
 KORXONA XUSUSIY KAPITALI AUDITI 
 
1.
 
Ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari 

Korxona ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq qoidaga 


ko’ra, ta’sischilarning hissalari hisobiga barpo etiladi. U korxonaning xo’jalik 
faoliyatidan olinadigan foydasi hisobiga, zarur bo’lganda ta’sischilarning 
maqsadli badallari hisobiga ham to’ldirilishi mumkin.
Korxona ustav kapitaliga hissa sifatida binolar, inshootlar, qurilmalar va 
boshqa moddiy qiymatliklar: er, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish 
huquqlari, shuningdek, boshqa mulkiy huquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan 
foydalanish uchun, «NOU XAU» va boshqa nomoddiy aktivlar); qo’shma 
korxona ishtirokchi davlatlarining valyutalaridagi erkin ayirboshlanadigan 
valyutalarda pul mablag’lari qo’shilishlari mumkin.
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad, ustav 
kapitalining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining 
ishonchliligi, hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga 
muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.
Tekshiruvni korxona yuridik maqomini va ustavida belgilangan faoliyat 
turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining tarkibi hamda summasini, ustav 
kapitalining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun etarliligini 
aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq.
Ta’sis hujjatlari, ustav kapitalini shakllantirishga doir dastlabki hujjatlar, 
hisob registrlari va hisobot ma’lumotlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 
-
ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi, shakllari va to’g’ri 
rasmiylashtirilganligi; 
-
ta’sis hujjatlari mazmunining amaldagi qonunchilak va me’yoriy hujjatlar 
talablariga muvofiqligi
-
ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga to’liq va o’z vaqtida qo’shilishi; 


370 
-
ta’sischilar mulk shaklida qo’shadigan ulushlarining to’g’ri baholanishini 
tekshirish; 
-
ustavda ko’rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish; 
-
ustav kapitali hajmining ta’sis hujjatlari va O’zbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga muvofiqligi; 
-
ustav kapitalining to’liq va to’g’ri shakllantirilganligi; 
-
ta’sischilarning ustav kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha yakuniy 
hisob-kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi; 
-
ustav kapitalini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi 
schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish; 
-
ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan ham qo’shilganligini aniqlash; 
-
ustav kapitali hajmi o’zgarishining asosliligi, ustav va ta’sis 
shartnomasining qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini hamda bu haqda tegishli hisob 
registrlari va hisobotda aks ettirilganligi.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil qilinadi: 
-
korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini shakllantirish va hisobga 
olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun hujjatlari va yo’riqnomalari; 
-
ta’sis hujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis 
shartnomasi); 
-
moliyaviy, statistik va boshqa tegishli hisobotlar; 
-
ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha muomalalar hisobga olingan 
dastlabki hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari; 
Me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav kapitalini 
shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan me’yoriy 
hujjatlar to’plami zarur. Bunday to’plam tekshirilayotgan korxonaning o’ziga xos 
jihatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin