Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   155
audit (3)

3. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi
4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umumxo’jalik 
xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» va 6970-«Hisobdor shaxslarga to’lanadigan 
qarzlar» schyotlarida nakd pulsiz hisob-kitoblar yo’li bilan amalga oshirib 
bo’lmaydigan xarajatlarni to’lashga bo’nak (avans) berish bo’yicha hisobdor 
shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Bular ma’muriy xo’jalik, muomala 
xarajatlari va xizmat safarlari uchun beriladigan bo’naklardir.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi mazkur ob’ekt bo’yicha ichki 
nazorat va hisob tizimining holatini o’rganishdan boshlanadi. Ichki nazorat 
tizimini baholashda aniqlangan, uning kuchli tomonlari ( nazorat barcha test 
qilinadigan yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilganligi, muomalalar haqqoniyligi, 
tegishli tarzda ruxsat etilganligi va hisobda aks ettirilganligi), shuningdek, 
kuchsiz tomonlari ( hisobdor shaxslar ro’yxati, hisobdor summalar beriladigan 


352 
muddatlar va boshqalarning buyruq bilan tasdiqlanganligi) hisobdor shaxslar 
bilan hisob-kitoblarni batafsil tekshirishda e’tiborga olinadi.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditining vazifalari: 

xizmat safari xarajatlarining qoplanish tartibiga rioya qilinishini aniqlash; 

hisobdor shaxslar tomonidan qilingan xarajatlarning qonuniyligi va 
maqsadga muvofiqligini aniqlash; 

xo’jalik xarajatlarining asosliligini aniqlash; 

xizmat safari va xo’jalik xarajatlari yuzasidan korxona ma’muriyati 
farmoyishlarining qonuniyligini aniqlash;

bo’nak hisobotlari va ularga ilova qilingan hisobdor summalarning 
sarflanganini isbotlovchi hujjatlar (transport chiptalari, mehmonxona va aloqa 
tashkilotlari pattalari (kvitantsiyalar), olingan moddiy boyliklarning schyotlari, 
har xil ishlar naqd pul hisobidan bajarilgan taqdirda-shartnomalar) 
rasmiylashtirilishini tekshirish; 

kassa hujjatlarining ( kassir hisobotlari, kassa kirim va chiqim orderlari va 
ularni qayd qilish daftarlari) tekshirish; 

hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha analitik va sintetik hisob 
registrlarining ma’lumotlari (7-ASK jurnal -order) ni tekshirish; 

hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni audit qilishda buxgalteriya hisobi 
holati bilan tanishishi, hujjatlarning to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirilishi, 
xizmat safarlari va xo’jalik xarajatlari yuzasidan korxona rahbarining farmoyishi 
bor-yo’qligi, xodimni bu safarga yuborish va xo’jalik xarajatlarining asosliligini 
aniqlash lozim.
Auditor buxgalteriya xodimlarining ushbu sohadagi qonunlar va yuqori 
tashkilotlarning me’yoriy hujjatlaridan xabardorliklariga hamda ularning 
nusxalari korxona buxgalteriyasida mavjudligiga ishonch hosil qilishi, 
shuningdek ushbu me’yoriy hujjatlarga amal qilinish darajasini tekshirishi kerak. 
Buning natijasida quyidagilar aniqlanishi mumkin: 

ilgari hisobdor pullar yuzasidan qarzi bo’lgan yoki bu pullar yuzasidan 


353 
hisoblashmagan, hisobot topshirmagan shaxslarga, korxonada haqiqatda 
ishlamaydigan shaxslarga pul berilmayotganligi; navbatdagi bir yo’la mehnat 
ta’tiliga chiqarish va xizmat safariga yuborish hollari; xizmat safari vaqtida 
mehnat qobiliyatini yo’qotib, kasalxonada davolanishda bo’lgan xodimlarga turar 
joy va kundalik xarajatlari to’lash tartibiga rioya qilinishini, bu muddatning 2 
oydan oshmaganligini aniqlash kerak.
Hisobdor shaxslarga bo’naklar berilishining asosliligini aniqlash xo’jalik 
ehtiyojlari uchun hisobdor summa berish talablariga rioya qilishni tekshirishdan 
iborat. Bunda auditor hisobini berish uchun bo’nak olgan shaxslar, hamda 
berilgan bo’naklar summasi va muddatining korxona rahbari buyrug’iga 
muvofiqligini aniqlaydi.
Xizmat safari bilan bog’liq xarajatlar uchun naqd pul berish O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01. 02. 1998 yil 34 F sonli Farmoyishiga 
asosan, 19. 04. 1998 yilda chiqqan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
28 sonli, yangi № 497I 101 sonli ‘‘MDH hududida xizmat safarlari to’g’risida’’ 
gi yuriqnomasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Bo’nak berish uchun xizmat 
safari to’g’risidagi buyruq va xizmat safari guvohnomasi asos bo’ladi. Xizmat 
safari uchun hisobdor summa berilganligini tasdiqlaydigan kassa chiqim 
orderlarini tekshirish chog’ida barcha rekvizitlarining to’liq to’ldirilganligiga, 
xususan, bo’nak berish uchun asosning aks ettirilganligiga e’tibor beriladi. 
Muayyan hisobdor shaxs tomonidan oldingi olingan bo’nak bo’yicha to’liq 
hisobot berilganidagina, unga bo’nak beriladi.
Hisobi beriladigan bo’nak berishning asosliligini tekshirish amallari kassa 
muomalalarini tekshirish chog’ida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda 
aniqlangan tafovutlar to’g’risidagi axborotlar ichki hisob-kitob muomalalarini 
tekshirayotgan auditorga beriladi.
Hisobdor shaxslar tomonidan bo’nak hisobotlarining o’z vaqtida taqdim 
qilinishini tekshirish, bo’nak hisobotlari haqiqatda taqdim qilingan muddatlarni, 
xizmat safari to’g’risidagi buyruqda yoki xizmat safari guvohnomasida 
ko’rsatilgan muddatlarga solishtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.


354 
Agar auditor ushbu qoidaga amal qilinmayotganligini aniqlasa, unda so’ngra 
№21 BHMS ning talablariga muvofiq belgilangan muddatlarda qaytarilmagan 
hisobdor summalarning 9430- «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks 
ettirilishi (Dt 9430 Kt4220, 4230) va keyinchalik ushbu summalarning hisobdan 
o’chirilishini tekshirish zarur.
Hisobi beriladigan summalar ishlatilishining asosliligini hujjatlar bo’yicha 
tekshirish ularning sarflanishini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini va 
to’g’riligini, ularning keyinchalik aks ettirilishini aniqlash yo’li bilan amalga 
oshiriladi.
Xo’jalik muomala ehtiyojlari uchun qilingan sarflarning qonuniyligi va 
maqsadga muvofiqligi bo’nak hisobotida aks ettirilgan ma’lumotlarni unga ilova 
qilingan hujjatlar (chiptalar, kassa kirim orderi kvitantsiyalari, material( ish, 
xizmat)lar haqini to’lash haqidagi cheklar va boshqalar ) ma’lumotlariga 
taqqoslash yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda nafaqat isbotlovchi hujjatlar 
mavjudligi va ularning bo’nak hisobotlariga mosligi bilan birga ushbu 
hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini ham aniqlash zarur.
Avvalo «Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun»ning 9-moddasiga muvofiq 
hujjatlarda majburiy rekvizitlarning mavjudligi aniqlanadi. Masalan, tovar 
chekida do’kon shtampasi, sanasi, sotib olingan tovar nomining yo’qligi 
tovarning do’kondan sotib olinganligini yoki ushbu sarflarning ishlab chiqarishga 
mo’ljallanganligini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Jismoniy 
shaxslar 
tomonidan 
qilingan 
xaridlar 
uchun 
tuzilgan 
dalolatnomalarda ularning tuzilgan joyi va sanasi, tovarning nomi, uning miqdor 
ko’rsatkichi, umumiy qiymati, sotgan shaxs (xususiy tadbirkor)ning familiyasi, 
ismi-sharifi va soliq to’lovchi xos raqami (INN), tadbirkorning davlat ro’yxatidan 
o’tganligi to’g’risida guvohnoma rekvizitlari yoki jismoniy shaxsning pasport 
ma’lumotlari va yashash joyi ko’rsatilishi lozim.
Tovarlar hisobdor shaxslar tomonidan chakana savdo korxonalarida naqd 
pulga sotib olinganida pul mablag’lari sarflanganligi to’g’risida hujjatlar 
mavjudligini aniqlash zarur.


355 
Tovar boyliklar ulgurji savdo korxonalaridan yoki ishlab chiqaruvchidan 
naqd pulga sotib olnganida kassa kirim orderi kvitantsiyasi, tovar hujjati (schyot, 
nakladnoy, tovar-transport nakladnoyi) va schyot-faktura taqdim etilishi lozim. 
Bu hujjatlar tegishli tarzda rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak. Shuningdek, barcha 
hujjatlarda QQS alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganligiga va mosligiga alohida 
e’tibor beriladi.
Auditor hisobdor shaxslar tomonidan sotib olingan buyumlarning kirim 
qilinganligi va ushbu buyumlarning ishlab chiqarishga yoki foydalanishga 
berilganlik fakti tasdiqlanmasdan bevosita xarajat schyotlariga olib borish hollari 
yo’qligini aniqlaydi.
Tovar-moddiy boyliklar kirim qilinganligi to’g’risidagi fakt va tasdiqlovchi 
hujjatlar yo’qligida hisobi beriladigan summalar hisobdor shaxsning jami 
daromadiga qo’shilib, daromad solig’i ushlanadi. Auditor bunday hollarda 
daromad solig’i ushlanganligni aniqlaydi.
Bo’nak hisobotlarini tekshirish chog’ida naqd pul bilan hisob-kitob 
qilishning belgilangan chegarasiga rioya qilinayotganligiga ham alohida e’tibor 
qaratish zarur. Dastlabki hujjatlarda (nakladnoy, schyot-faktura, kassa kirim 
orderi kvitantsiyasi, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va sh. o’. ) ko’rsatilgan 
summalar belgilangan limit bilan solishtiriladi.
Qilingan sarflarni tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilishi chog’ida QQS ajratib 
ko’rsatilishi va byudjetga to’lanishining qonuniyligi aniqlanadi.
Auditor bo’nak hisobotlarida ko’rsatilgan 
schyotlar bog’lanishlari 
(korrespondentsiyalar)ni ko’rib chiqishda qilingan sarflarga e’tibor qaratishi 
zarur. Jumladan: 
-
asosiy, yordamchi va umum ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar (Dt-
2010, 2310, 2510, 2710-schyotlar va Kt-4230-schyot); 
-
davr sarflariga taalluqli xarajatlar (Dt 9410, 9420, 9430-schyotlar va Kt 
4290-schyot); 
-
kelgusi davr sarflari va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar sarflariga taalluqli 
xarajatlarga (Dt 3190-schyot va Kt 4290-schyot); 


356 
Shuningdek, ishlatilmagan hisobi beriladigan summalarning kassaga 
topshirilishi (kassir hisobotiga ilova qilingan kassa kirim orderi) va schyotlarda 
aks ettirilishi (Dt5010-schyot Kt 4210, 4220, 4230-schyotlar) ham tekshirishi 
kerak.
Korxona rahbarining buyrug’i (farmoyishi)ga muvofiq xodimning xizmat 
maqsadida boshqa erga borishi xizmat safari deb tan olinadi.
Xizmat safariga doir bo’nak hisobotlarini tekshirish chog’ida auditor xizmat 
safari guvohnomasi mavjudligi, unda xizmat safarining maqsadi, kelish va ketish 
to’g’risidagi belgilar ko’rsatilganligini; sarflarni tasdiqlovchi dastlabki hujjatlar 
ma’lumotlar va sutkaliklar hisob-kitob bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. 
Auditor xizmat safari muddatining (xizmat safari guvohnomasida kelish va ketish 
to’g’risidagi belgilar ma’lumotlari bo’yicha), belgilangan me’yorlar chegarasidagi 
va unda oshgan sutkalik xarajatlarning to’g’ri aniqlanganligini tasdiqlaydi. 
Xizmat safari joyiga etib borish va orqaga qaytish yo’l haqi xarajatlari hisobotga 
ilova qilingan -havo, temir yo’l, suv va jamoat avtotransportlari(taksidan tashqari) 
yo’l hujjatlari bo’yicha aniqlanadi.
Xizmat safariga jo’natilgan xodimlarning yumshoq vagonda, dengiz 
transportlarida – tarif stavkalarining I-IV guruhlari bo’yicha to’lanadagan 
kayutalarda, daryo floti kemalaridagi I-II toifa kayutalarda, hamda I- klassli bilet 
bo’yicha havo transportlarida yo’l haqi xarajatlari korxona rahbarining to’lovni 
ruxsat etish to’g’risidagi farmoyishi bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Yo’l haqi xarajatlariga majburiy sug’urta summasi ham qo’shilib, u 
mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib boriladi. Korxona rahbarining qaroriga 
muvofiq xodimga to’lanadigan, ixtiyoriy sug’urta xarajatlari ham tannarxga olib 
boriladi (Xarajatlar tarkibi …. to’g’risidagi Nizom). Bunda soliqqa tortish 
maqsadida hisobga olinadigan bunday sarflarning umumiy miqdorini ham 
tekshirish zarur.
O’rin-ko’rpalardan foydalanganlik uchun xarajatlar tegishli ma’lumotnoma 
yoki chiptaga qo’yilgan belgilar bilan tasdiqlanishi lozim. Mehmonxona 
xarajatlari tasdiqlovchi hujjatlarga asosan xizmat safariga borgan xodimga 


357 
qoplanadi va to’lig’icha tannarxga olib boriladi.
Soliqqa tortish maqsadlarida ushbu sarflar faqat amaldagi normalar doirasida 
qabul qilinadi ( ammo 1 sutkada eng kam oylik ish haqiga nisbatan: Toshkent 
shahri uchun 0, 1 va boshqa joylar uchun 0, 08 koeffitsientdan oshmasligi lozim).
Xizmat safari xarajatlarining belgilangan normalardan oshig’i soliqqa 
tortiladigan foydani hisoblashda hisobga olinmasligi sababli, auditor normadan 
oshgan xarajatlarni hisoblashning to’g’riligi va soliqqa tortiladigan foydani 
tuzatish (korrektirovka) to’g’riligini tekshirishi zarur.
Boshqa sarflarni, masalan, telefon schyotlarini to’lashning maqsadga 
muvofiqligi tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi. Bunda sarflarning ishlab-
chiqarish tavsifi va ularni tannarxga olib borishning qonuniyligi aniqlanadi. 
Ushbu maqsadda telefon orqali gaplashganlik uchun schyotning majudligi va 
korxonaning xizmat telefoniga muvofiqligi aniqlanadi. Hisobdor shaxsga 
to’langan, noishlab-chiqarish tavsifidagi sarflar korxonaning o’z mablag’lari 
hisobidan qoplanadi va daromad solig’i ushlash uchun xodimning yalpi 
daromadlariga qo’shilishi lozim. Auditor norma doirasidagi va normadan oshgan 
xizmat safari sarflarini arifmetik tekshiruvidan o’tkazish zarur.
Hisobdor shaxslar bilan chet el xizmat safari bo’yicha hisob-kitoblarni 
tekshirishda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2000 yil 5 
iyunda 932-raqam bilan ro’yxatga olingan «Vazirlar, idoralar, korxonalar va 
tashkilotlar xodimlari O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga 
yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag’lar berish TARTIBI»*
"
dagi 
talablarga rioya qilinishi aniqlanadi.
Bo’nak hisoboti safardan qaytgandan so’ng 3 (uch) kun ichida topshirilishi 
shart. Xizmat safari xarajatlarining to’g’ri va haqiqiyligi, bo’nak hisoboti va 
berilgan topshiriqlarning bajarilgani to’g’risida hisobot asosida aniqlanadi. 
Bo’nak hisobotiga xizmat safari vaqtida belgilangan joyga kelgan va u erdan 
ketgan vaqti o’sha tashkilotning muhri, ma’sul shaxs imzosi qo’yilgan xizmat 
"
Ўзбекистон Республикаси молиявий қонунлари, №8. 2000 г


358 
safari guvohnomasi, yo’l xarajatalari hujjatlari (jamoat transporti chiptalari, 
mehmonxona pattalari (kvitantsiyalari), telefon orqali gaplashganligi uchun 
to’langan pul uchun pattalar) va boshqa pul xarajatlarini isbotlovchi hujjatlar 
ilova qilinadi.
Auditor xizmat safari xarajatlarining haqiqiy asosliligini tekshirishda ba’zi bir 
ishlarga, jumladan telefon orqali gaplashganligi uchun aloqa tashkiloti 
kvitantsiyasini ko’rishda, bu gaplashish ushbu korxona manfaatiga va xizmat 
safari maqsadiga to’g’ri kelish yoki kelmasligini ham aniqlashi lozim. Xususiy va 
davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarda xizmat safari xarajatlarini 
tekshirishda korxona va uning egasi schyotlari, pul mablag’lari, kundalik 
xarajatlarining bir-biriga qo’shilib ketmasligini ta’minlash zarur.
Tekshirish davomida aniqlangan hamma kamchiliklar, jumladan ortiqcha 
to’lovlar, asossiz xarajatlar, bo’nak hisobotlariga ilova qilingan qalbaki hujjatlar 
va shunga o’xshash qoidani buzish hollari ro’yxatiga kiritilishi kerak.
Auditor bo’nak hisobotlari va ularga ilova qilingan hujjatlarni yoppasiga 
tekshiradi; buning uchun u jamg’aruv qaydnomalaridagi yozuvlarni kreditlarni 
tasarrufchilari tasdiqlangan bo’nak hisobotlariga solishtirib ko’radi. Avvalo, u 
kimga berilganligini tekshiradi. Qoidaga ko’ra, xizmat safarlari xarajatlariga 
beriladigan bo’naklar shu korxonada ishlaydigan shaxslarga berilishi lozim.
Ayrim buxgalteriyalarda xodimlarga go’yo xo’jalik hamda xizmat safarlari 
uchun bo’nak ajratilgandek bo’lib, aslida ularning shaxsiy ehtiyojlari uchun pul 
berilishiga yo’l qo’yiladi. Shuning uchun auditor xodimning xizmat safariga 
jo’natish guvohnomasi borligi, uning muddati, yo’l xarajatlarini, amaldagi 
me’yorlar bo’yicha sutkalik to’lov summasi qanchaligini, hisobdor shaxslar 
bo’naklar bo’yicha hisobotlarni o’z vaqtida topshirishlari va sarflanmay qolgan 
mablag’lar qoldiqlarini kassaga topshirishlarini aniqlaydi.
Hisobdor shaxslar berilgan bo’nak (avans) nimaga mo’ljallangan bo’lsa, shu 
maqsadda ishlatishlari lozim. Auditor bo’nak hisobotiga ilova qilingan 
hujjatlarning to’g’riligini va ular bo’yicha qilingan to’lovlarning qonuniyligini 
sinchiklab tekshiradi. Zarur hollarda qarama-qarshi tekshiruvlar mo’ljallangan 


359 
bo’lsa, quyidagilarni ham aniqlash lozim: korxona rahbari tomonidan hisobdorlik 
bo’yicha pul olish huquqi berilgan shaxslar ro’yxati tasdiqlanganligi, hisobdor 
shaxslarga belgilangan miqdordan ortiq yoki oldingi bo’nak bo’yicha hisobot 
topshirmagan shaxslarga yana bo’nak berilmayotganligini, bevosita korxona 
kassasidan naqd pul bilan to’lanish to’lanish hollarini; bo’nak hisobotlarida 
korxona rahbarining qilingan xarajatlar maqsadga muvofiqligini tasdiqlashi; 
xarajat qilingan hisobdorlik summalarini o’z vaqtida hisobda aks ettirishni.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin