Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   155
audit (3)

 
 
2. Davr sarflarini tekshirish
Davr sarflariga kiritiladigan xarajatlar tarkibi «Mahsulotlar (ish, xizmatlar) 
tannarxiga qo’shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat 
ko’rsatish) xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi 
to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq aniqlanadi.
Auditor davr sarflarini hisobga olishni va moliyaviy natijalar to’g’risidagi 
hisobotni tuzishning to’g’riligigni nazorat qilish maqsadida quyidagilarni 
tekshirishi lozim: davr sarflarini hisobga oladigan: 9410-«Sotish xarajatlari», 
9420 - «Ma’muriy xarajatlar», 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar», 9440-
«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari» 
bo’yicha o’z vaqtida, ishonarli va to’liq aks ettirilishining ta’minlanishi; 
ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to’lash va mukofotlash haqidagi 
Nizom, lavozim maoshlarining belgilangan xarajatlar smetasiga rioya qilinishi 
ustidan nazoratning ta’minlanishi.
Quyidagi xarajatlarni davr sarflariga kiritishning asoslanganligi va o’z 
vaqtidaligi: reklama xarajatlari (nashriyotda e’lon qilish, radiodan eshittirish va 
televidenie orqali ko’rsatish, reklama mahsulotlarini ishlab chiqish va chop etish, 
stendlar va shitlar tayyorlash, video va diafilmlar namoyish etish va boshqalar); 
korxonaning O’zbekiston Respublikasi hududida va xorijdagi yarmarkalar va 
ko’rgazmalarda ishtirok etishiga doir xarajatlar ( eksponatlarni tayyorlash va 


388 
etkazib berish, modellar va maketlar tayyorlash, adabiyotlar va texnik hujjatlarni 
nashr qilish); mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish bilan bog’liq sarflar; 
bojxona tadbirlari uchun to’lovlar; import muomalalarini amalga oshirishda 
vositachilik qiladigan tashkilotlarga to’lanadigan komission to’lovlar summalari; 
bojxona to’lovlari, shuningdek, tovarlar va boshqa mulklarni import qilish bilan 
bog’liq bo’lgan bojxonada amalga oshiriladigan rasmiylashtirish o’tkazish uchun 
to’lovlar; material qiymatliklarni sotib olish va tashib keltirish xarajatlari
belgilangan me’yorlar va boshqaruv tomonidan tasdiqlangan smetalar doirasidagi 
korxona faoliyati bilan bog’liq vakillik xarajatlari (shtatda turmaydigan 
tarjimonlar xizmatiga haq to’lash, ishchi muzokaralar vaqtida chet ellik 
vakillarning rasmiy qabulini o’tkazishga doir xarajatlar).
Bunda qilingan xarajatlarning asoslanganligi va tasdiqlovchi hujjatlar 
(schyotlar, do’konlar va restoranlarning cheklari va boshqalar)ning mavjudligiga 
alohida e’tibor berish zarur.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin