Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda favqulodda



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   155
audit (3)

 
3. Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda favqulodda 
olingan foyda (ko’rilgan zarar) larni tekshirish 
Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar «Xarajatlar tarkibi 
to’g’risidagi …. Nizomda»da belgilangan. Ushbu Nizomga muvofiq moliyaviy 
faoliyat bo’yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi: 
-
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan hisob 
stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq 
muddatli kreditlar bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va 
uzaytirilgan ssudalar bo’ycha to’lovlar; 
-
mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash 
xarajatlari; 
-
chet el valyutasi bilan muomalalarga doir salbiy kurs tafovutlari bo’yicha 
zararlar; 


389 
-
sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga) 
mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar; 
-
o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar; 
-
moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Auditor ushbu xarajatlarni tekshirishda 9610, 9620, 9630 va 9690-schyotlar 
bo’yicha hisob yozuvlarini tekshiruvdan o’tkazib, ularning «Nizom»ga 
muvofiqligi va schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga quyidagilar kiradi: 
-
olingan royaltilar va kapital transferti; 
-
O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdan olingan 
daromad, aktsiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik 
yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar; 
-
mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to’lovini 
olish); 
-
valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalar bo’yicha 
ijobiy kurs tafovutlari; 
-
sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga) 
mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar
-
moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
Yuqorida keltirilgan daromadlarni tekshirish uchun auditor 9510, 9520, 
9530, 9540, 9550, 9560 va 9590-schyotlarning ma’lumotlarini o’rganib, ularning 
qonuniyligini va schyotlarda to’g’ri aks ettirlganligini aniqlaydi.
Favqulodda zararlar – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi 
faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki muomalalar natijasida vujudga 
keladigan va ro’y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlardir. Bunga 
favqulodda va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davr 
xarajatlari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar sifatida aks ettirilishi uchun u 
quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: 


390 
-
korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga xos emaslik; 
-
bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak; 
-
boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq emaslik.
Tegishli moddalarni favqulodda zararlar qatoriga kiritish yoki kiritmaslik 
to’g’risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham 
hisobga olish lozim. Masalan, agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt alohida iqlim 
sharoitlarida joylashgan bo’lsa, u holda iqlim sharoitlariga bog’liq holdagi 
ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu 
modda «bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob 
bermaydi.
Favqulodda foyda moddalari – bu ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega 
bo’lgan hodisa yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyat doirasidan 
chetga chiqadigan tusdagi muomalalar natijasida paydo bo’ladigan va olinishi 
kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy 
faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo’limida aks ettirilishi kerak bo’lgan, 
o’tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Favqulodda olingan foyda (ko’rilgan) zararlar to’g’risidagi axborotlarning 
to’g’ri shakllanganligiga ishonch hosil qilish uchun auditor tomonidan 9710 –
«Favqulodda olingan foyda» va 9720-«Favqulodda ko’rilgan zarar» schyotlar 
ma’lumotlari o’rganiladi.
Shuningdek, auditor «Nizom»ning 1-ilovasiga muvofiq soliqqa tortiladigan 
bazaga qo’shilishi lozim bo’lgan, moliyaviy faoliyatga doir sarflarni ham 
tekshirishi zarur. Bunday sarflarga: 
-
qisqa muddatli bank kreditlari, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va 
uzaytirilgan ssudalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 
tomonidan belgilangan hisob stavkalari oshgan to’lovlar; 
-
uzoq muddatli bank kreditlari bo’yicha to’lovlar; 
-
qimmatli qog’ozlarni chiqarish bilan bog’liq sarflar; 
-
qimmatli qog’ozlar muddatidan oldin to’lash munosabati bilan vujudga kelgan 
salbiy diskont, agar bu byudjetga qarzlarni to’lash bilan bog’liq bo’lmasa.


391 
Auditor moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda 
favqulodda olingan foyda (ko’rilgan zarar)larni tekshirishning barcha jihatlarini 
o’zining ishchi hujjatlarida qayd qilib boradi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin