Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   155
audit (3)

Takrorlash uchun savollar: 
1.
Ustav kapitalini shakllantirishni tekshirish qanday amalga oshiriladi? 
2.
Auditor ta’sis hujjatlari bilan tanishtirishida qanday ma’lumotlarni tekshirishi 
lozim? 
3.
Ustav kapitadlini audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schetlari 
tekshirishi manbalari bo’lib xizmat qiladi? 
4.
Fondlar va rezervlarni audit qilishda qaysi me’yoriy hujjatlardan 
foydalaniladi? 
5.
Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervini nazorat qilish qanday tashkil 
etiladi? 
6.
Fondlar va rezervlar muomalalarini audit qilishda qaysi hujjatlar va 
buxgalteriya hisobi schetlari tekshirish manbalari bo’lib hisoblanadi? 


384 
2
2
1
1
-
-
B
B
O
O
B
B
.
.
 
 MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITI 
 
1. Moliyaviy natijalarni tekshirishning asosiy yo’nalishlari
Qoidaga ko’ra, foyda (daromad) korxonalar tomonidan quyidagi maqsadlar 
uchun ishlatiladi: foyda (daromad) solig’ini to’lash; boshqaruvning tegishli 
qaroriga muvofiq ustav kapitaliga qo’shiladigan, o’tgan yilgi foyda hisobidan 
ustav kapitalini ko’paytirish; dividendlar to’lash.
Qo’shma korxonalar foydasiga keladigan bo’lsak, u byudjetga to’lanadigan 
summalar va zahiralar yaratish hamda ularni to’ldirishga yunaltirilgan summalar 
chegirib tashlanganidan so’ng, qo’shma korxona ishtirokchilari o’rtasida, 
ularning ustav kapitalidagi hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi, agar 
ta’sis hujjatlarida boshqacha tartib ko’zda tutil magan bo’lsa.
Qo’shma korxonaning xorijiy ishtirokchilariga korxona faoliyatidan olingan 
foydani taqsimlash natijasida tegishli bo’lgan, so’m va chet el valyutalaridagi 
summalarni, shuningdek, taqsimlangan erkin muomaladagi valyutada olingan 
daromadning tegishli ulushini ularning mamlakatlariga o’tkazib berish 
kafolatlanadi.
Auditor korxonaning foydasi (daromadi)ni va moliyaviy holatini tekshirishda 
quyidagilarni puxta o’rganishi lozim: tayyor mahsulotlar, tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) realizatsiyasidan olingan foydalar yoki ko’rilgan zararlar; davr sarflari, 
ularning asoslanganligi, tasdiqlangan smetaga muvofiqligi va moliyaviy natijaga 
ta’siri.
Bunda, jumladan, quyidagilarni tahlil qilish zarur: asosiy vositalarning 
hisobdan chiqarilishi (bino va inshootlarni buzish va bo’laklash, qo’rilmalarni 
demontaj qilish va shunga o’xshashlar), asosiy vositalarni boshqa tashkilotlar va 
korxonalarga sotish yoki berishda paydo bo’lgan zararlar; nomoddiy aktivlarni 
boshqa korxona va tashkilotlarga sotish yoki berishda paydo bo’lgan zararlar; 
aybdorlari aniqlanmagan o’g’irliklardan ko’rilgan zararlar; jarimalar, peniyalar va 
neustoykalar to’lash bilan bog’liq zararlar; asosiy faoliyatdan olinadigan foyda


385 
boshqa daromadlar va boshqa tushumlar hisobidan zahira qilinib, boshqa 
korxonalar va tashkilotlar (chet elliklarni ham qo’shib), shuningdek ayrim 
shaxslar bilan hisob-kitoblarga doir shubhali qarzlar summalari; «Boshqa 
daromadlar va tushumlar» ga quyidagilar kiradi: korxonaning asosiy fondlari va 
boshqa mulklarini sotishdan olingan daromadlar; da’vo muddati o’tib ketgan, 
kreditor va deponentga o’tkazilgan qarzlarni hisobdan o’chirishdan olingan 
daromadlar; undirilgan jarimalar, peniyalar, neustoykalar va xo’jalik 
shartnomasining boshqa shartlarini buzganligi uchun undiriladigan boshqa 
turdagi sanktsiyalar; korxona ichidagi oshxonalar, yordamchi xo’jaliklar va 
boshqalardan olinadigan daromadlar va tushumlar; moliyaviy faoliyatga doir 
daromadlar va sarflar. Bunda moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarni 
hisobga oladigan schyolar (9500) guruhi bo’yicha 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 
9560 va 9590 schyotlar ochilib, daromadlar tegishli tarzda hisobga olib 
borilganligi tekshiriladi. Moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan zararlarni tekshirishda 
auditor moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oladigan 9610, 9620, 
9630 va 9690 schyotlarning ma’lumotlarini ham tekshiradi.
Shuningdek, favqulodda olingan foydalar va ko’rilgan zararlar ham 
tekshirilishi lozim. Bunda auditor 9710«Favqulodda olingan foyda» va 
9720«Favqulodda ko’rilgan zarar» schyotlarining analitik hisobi va dastlabki 
hujjatlar ma’lumotlarini tekshirishi zarur. «Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) 
tannarxiga qo’shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat 
ko’rsatish) xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi 
to’g’risidagi Nizom»ning sharhlarida ko’rsatilishicha, xorijiy davlatlar 
amaliyotida favqulodda zararlarga quyidagilar kiradi: tabiiy ofatdan ko’rilgan 
katta yo’qotishlar; urush va boshqa siyosiy notinchliklar natijasida ko’rilgan 
yo’qotishlar; mamlakatda qonunchiligining o’zgarishi natijasida ko’rilgan 
yo’qotishlar, 
masalan, 
xususiy 
mulkni 
davlat 
mulkiga 
aylantirish 
(natsionalizatsiya) haqida qaror qabul qilish, ayrim faoliyat turlarini ta’qiqlash va 
boshqalar. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: favqulodda yo’qotishlar 
meteorologik, seysmik va boshqa tegishli xizmatlarning sodir bo’lgan tabiiy 


386 
ofatlar to’g’risidagi ma’lumotlari bilan tasdiqlanishi; korxona mulklari 
favqulodda hodisalardan sug’urta qilinganligi va boshqalar.
Auditor moliyaviy natijalarni tekshirishda quyidagilarni ham aniqlashi lozim: 
byudjetga soliqlarning o’z vaqtida va to’liq to’lanishi; shubhali qarzlar bo’yicha 
zahiralar yaratilishining to’g’riligi; foydaning korxona ishtirokchilari o’rtasida o’z 
vaqtida va to’g’ri taqsimlanishi; aktsiyadorlarga dividendlar to’lashning 
to’g’riligi.
Agar hisobot yilining oxiriga kelib debitor qarzlarning inventarizatsiya 
materiallarini tahlil qilish natijasida shubhali debitor qarzlar aniqlansa, unda 
korxona shu miqdorda shubhali qarzlar bo’yicha zahira yaratishi mumkin. Bunda 
qarzdorning moliyaviy holati, to’lov kobiliyati va qarzni to’liq yoki qisman 
summada qoplay olish ehtimoliga qarab zahira hajmi har bir shubhali qarz 
bo’yicha alohida aniqlanadi. Yaratilayotgan zahiralar summasi 9430«Boshqa 
operatsion xarajatlar» schyoti(joriy yilning yakuniy hisob-kitobi bo’yicha) yoki 
8710-«Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi» schyoti (oldingi yildagi foyda 
hisobidan) debeti va 4910 «Shubhali qarzlar bo’yicha zahiralar» schyoti kreditida 
aks ettiriladi.
Ushbu masalani ko’rib chiqishda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: 
shubhali qarzlar bo’yicha zahira yaratish uchun zarur hujjatlarning mavjudligi 
(korxona 
debitor 
qarzlarining 
inventarizatsiya 
ro’yxati, 
solishtirish 
dalolatnomalari, to’lovga layoqatsizlik haqida ma’lumotnoma va b); shubhali deb 
tan olingan qarzlarni hisobdan o’chirishning to’g’riligi; ishlatilmagan shubhali 
qarzlar bo’yicha zahira summalarining tegishli yil foydasiga qo’shilishi.
Ayrim tarmoqlarning korxonalari O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi 
ruxsati bilan ta’mirlash ishlari o’tkazish uchun mablag’lar zahirasi yaratadilar. 
Agar ta’mirlanadigan asosiy vositalar ishlab chiqarish uchun tayinlangan va shu 
jarayonda ishlatiladigan bo’lsa, bu zahiraga qilinadigan ajratmalar mahsulot 
ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlari tarkibiga «boshqa 
xarajatlar» elementi bo’yicha qo’shiladi. Zahira hajmi ta’mirlash ishlari uchun 
kutilayotgan xarajatlar qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.


387 
Auditor ta’mirlash ishlari uchun zahiralarning to’g’ri tashkil etilishi va 
ishlatilishini tekshirishi zarur. Bunda quyidagilar tekshiriladi: Zahira yaratish 
uchun Moliya Vazirligining ruxsati borligi; ta’mirlash o’tkazish uchun smeta va 
titul ro’yxati; zahiralardan foydalanishni hisobda aks ettirishning to’g’riligi; 
to’laligi va o’z vaqtidaligi; foydalanilmagan zahira qoldig’i qolganda 
«storono»qilish yo’li bilan zahiralarni yopish; debet 2010, 2310, 2510 kredit 
8910«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar zahirasi» («Asosiy vositlarni 
ta’mirlashga doir kelgusidagi xarajatlar zahirasi» analitik schyoti).

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin