375
-
buyruqlar va farmoyishlar;
-
aktsiyadorlar va ta’sischilar bilan yozishmalar;
-
aktsiyalarga obuna bo’lish natijalari to’g’risidagi,
savdo natijalari
to’g’risidagi, ta’sischilar yoki aktsiyadorlar majlisining bayonnomalari;
-
soliq inspektsiyada hisobga olinganligi to’g’risida ma’lumotnoma, davlat
statistika organlari, tegishli sug’urta tashkilotlari va boshqa byudjetdan
tashqari tashkilotlarda ro’yxatga olinganligi to’g’risida guvohnoma;
-
amaldagi qonunchilikka muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan
faoliyat
turlari uchun berilgan litsenziyalar;
-
yuritilayotgan hisob shaklidan qat’iy nazar ochiq turdagi aktsiyadorlik
jamiyatlari aktsiyadorlar reestrini ham tekshiruvga taqdim qiladi.
Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlarni qo’shish muddatlariga
rioya qilinishini va to’liqligini tekshirishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim:
-
ustav kapitalining to’liq shakllanganligi;
-
ta’sischilar haqiqatda qo’shgan ulushlarining ta’sis hujjatlarida belgilangan
shartlarga mosligi;
-
ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulushlarni qo’shishda
qonunchilik va
ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya qilinishi.
Ustav kapitalining shakllanishini tekshirish chog’ida tekshirilayotgan
korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini ham e’tiborga olish zarur. Chunonchi,
aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aktsiyadorlar tomonidan sotib
olinadigan, jamiyat aktsiyalarining
nominal qiymatidan, ma’suliyati cheklangan
jamiyatlarda esa uning ishtirokchilari tomonidan qo’shiladigan ulushlar
qiymatidan tashkil topadi. Davlat korxonalarida esa davlat mulki hisoblangan
ustav fondi shakllantiriladi.
Auditor tekshiruv chog’ida barcha ta’sischilar qonunchilikka muvofiq o’z
ulushlarini ustav kapitaliga o’z vaqtida va to’g’ri hamda to’liq qo’shganliklarini
aniqlashi kerak.
376
Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga jamiyatni
ro’yxatga olish paytida har bir ishtirokchi kamida 30 % ulushini qo’shgan bo’lishi
kerak.
Korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlar qo’shilmagan yoki
to’liq qo’shilmagan
holatlarning aniqlanishi, tegishli boshqaruv organlari uchun
korxona ta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishiga asos bo’ladi.
Ta’kidlash joizki, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush sifatida
qo’shiladigan mablag’lar O’zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka
muvofiq QQS ga tortilmaydi.
Shuningdek, korxonalarni tugatish yoki qayta
tashkil etish chog’ida pay (ulush) ko’rinishida natura yoki pul shaklida olingan
mablag’lar ham, ularning ustav fondidan hamda yuridik shaxslar pay (ulushi)dan
oshib ketmagan miqdorda, QQS ga tortilmaydi.
Ustav kapitaliga ulushlar pul, qimmatli qog’ozlar,
boshqa buyumlar yoki
mulkiy huquqlar hamda pulda baholanadigan boshqa huquqlar shaklida
qo’shilishi mumkin. Shu boisdan auditor ta’sischilar ulushlarini pulda
baholashning to’g’riligini tekshirishi muhimdir. Xo’jalik jamiyati ta’sischisining
ulushini pulda baholash jamiyat ta’sischilar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq
amalga oshiriladi. Qonunda ko’zda tutilgan ayrim hollarda
esa mustaqil ekspert
tomonidan baholanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: