393
Ilova -1
O’zR 26.05.2000 y. 78-II-son Qonun.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
AUDITORLIK FAOLIYaTI TO’G’RISIDA
(yangi tahriri)
1-modda. Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari
Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa
qonun hujjatlaridan iboratdir.
Banklarni va boshqa kredit tashkilotlarini
auditorlik tekshiruvidan
o’tkazishning o’ziga xos jihatlari O’zbekiston Respublikasining
Markaziy banki
tomonidan belgilanadi.
(1-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuni
tahririda — O’R QHT,
2013 y., 18-son, 233-modda)
«O’zbekiston Respublikasida banklarni auditorlik tekshiruvi to’g’risida»gi
Nizom
(ro’yxat raqami 982, 04.11.2000 y.) va
«Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo’yiladigan talablar to’g’risida»gi
Nizom
(ro’yxat raqami 992-1, 20.04.2004
y.)ga qarang.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston
Respublikasining auditorlik faoliyati to’g’risidagi
qonun hujjatlarida nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro
shartnoma qoidalari
qo’llaniladi.
2-modda. Auditorlik faoliyati
Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining
auditorlik
xizmatlari ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
(2-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuni
tahririda — O’R QHT,
2013 y., 18-son, 233-modda)
Auditorlik xizmatlari auditorlik tekshiruvlarini
va ushbu Qonunning
17-
moddasida
nazarda tutilgan professional xizmatlarni o’z ichiga oladi.
(2-modda O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuniga
asosan ikkinchi qism bilan to’ldirilgan
— O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga
oshirish taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: