343
haqining tarkibi bo’yicha ma’lumot» (19-shakl bo’yicha hisob-kitoblar
bajariladigan jadval), «Xodimlar, yollangan va chetdan jalb qilingan shaxslar ish
haqi fondini hisobga olish vedomosti» (20-shakl), hisob-kitob to’lov vedomostlari
va ish haqi hisoblash uchun asos bo’lgan
boshqa dastlabki hujjatlar
ma’lumotlariga asosan tekshiriladi. Tekshirilayotgan davr (choraklik, yil) uchun
belgilangan ish haqi fondini haqiqatda hisoblangan ish haqi summalari bilan
taqqoslash zarur. Buning natijasida ish haqi fondining umumiy tejalgani yoki
oshiqcha sarflangani aniqlanadi. Agar yil davomida ishlab chiqarish hajmining
o’zgarganligi sababli dastlabki ish haqi fondiga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, u
holda ular umumiy tejash yoki oshiqcha sarflashni aniqlashda inobatga olinadi.
Tekshirish jarayonida hisoblashuv-to’lov vedomostlari ma’lumotlarining har
oyda bankka taqdim qilinadigan ma’lumotnoma ko’rsatkichlariga mos kelishi
ham aniqlanadi. Ma’lumotnomadagi hisoblangan ish haqining umumiy summasi
shu oydagi 21-shakl «Xodimlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlama ma’lumot»
ning summasiga mos kelishi kerak.
Ish haqi berish uchun bankdagi 5110-«Hisob-kitob schyoti»dan
olingan
summalar, shuningdek, undan ushlanib, o’tkazilgan summalar 21-shakldagi
hisob-kitoblar bajariladigan jadvalning tegishli ma’lumotlari bilan mos kelishi
kerak.
Ish haqi fondining oshiqcha sarflanishi ma’muriy boshqaruv, xo’jalik va
xizmat ko’rsatuvchi xodimlar sonining shtat jadvalidagidan oshib ketganligi;
lavozim
maoshlari, stavkalar va rastsenkalarning oshirib yuborilganligi. Auditor
xo’jalikka chetdan ishchilarni qancha, qachon va qaysi muddatga jalb
qilinganligi, ulardan qanday foydalanilganligi va ularga qanday tartibda mehnat
haqi to’langanligini ham aniqlashi kerak.
Mehnatga haq to’lash masalalari etarli darajada murakkab. Unda mehnatning
tavsifi, mehnat xarajatlarini va uning natijalarini ulchash hamda baholash,
rastsenkalar, mukofotlar va hokazolarni belgilash bilan bog’liq ko’plab nozik va
o’ziga xos tafsilotlari mavjud. Shuning uchun
auditordan ushbu masalalar
bo’yicha me’yoriy baza va hisob yuritishning ahvolini aniqlash, shtatlar jadvali,
344
korxona rahbariyatining xodimlarni oylik maosh tayinlab ishga qabul qilish
to’g’risidagi buyruqlari (tanlab tekshiriladi), tuzilgan pudrat shartnomalari va
mehnat bitimlari; mehnatga haq to’lash, mukofotlash va moddiy yordam berish
to’g’risidagi nizomlarni o’rganish talab etiladi. So’ngra ish vaqtini hisobga olish
tabellari va ishbay ishlar uchun naryadlar, hisoblashuv-to’lov va to’lov
vedomostlari, mehnatga haq to’lash hamda uni tartibga solish bilan bog’liq
boshqa hujjatlarning rasmiylashtirilishi tekshiriladi.
Auditor ushbu masalalar
bilan tanishib chiqib, mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy
bloklarini sinchiklab tekshiradi. Xususan:
Dostları ilə paylaş: