310
tahriri)(O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida ro’yxatga olingan №496, 8
oktyabr 1999 y);
*
buxgalteriya hisobotlari (buxgalteriya balansi (1-shakl) va pul oqimlari
to’g’risidagi hisobot (4-shakl);
*
soliq hisoboti (so’mdagi va chet el valyutasidagi schyotlar to’g’risida
ma’lumot);
*
bankdagi schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga oladigan sintetik hisob
registrlari;
*
bankdagi schyotlarga doir muomalalarni rasmiylashtiradigan dastlabki
hujjatlar;
*
bankdagi schyotlarga doir muomalalarni aks ettirish uchun qo’llaniladigan
ishchi schyotlar rejasi;
*
buxgalteriya hisobining korxonada qo’llaniladigan shakli va bankdagi
schyotlardagi mablag’larni hisobga olishga doir registrlar ro’yxati;
*
bankdagi schyotlardagi pul mablag’larini hisobga olish bilan bog’liq
bo’lgan dastlabki hujjatlarning hujjatlar aylanish grafigi;
*
bankdagi schyotlarga doir muomalalar bo’yicha pul va hisob-kitob
hujjatlarini imzolash huquqiga ega shaxslar ro’yxati.
Auditor (auditorlar guruhi) kassadagi pul mablag’lari va kassa muomalalarini
hujjatlar asosida tekshirishni boshlashdan oldin, odatda, kassadagi naqd pullar,
qimmatli qog’ozlar va qat’iy hisobot blanklarini tekshiruvdan o’tkazadi. Bunda
pul mablag’larini hisobga olishga doir respublikamizdagi qonunlar va me’yoriy
hujjatlarga asoslanish zarur.
Dostları ilə paylaş: