272
Yuqorida ko’rsatilganidek, hisobot davri davomida to’liq yoki to’g’ri aks
ettirilmaganligi sababli yil oxirida zahiralar oshirib yoki pasaytirib ko’rsatilishi
mumkin.
Xaridlar quyidagi ikkita holning bittasi sababli pasaytirib ko’rsatilishi
mumkin.
1) Muomalalarni hisobda aks ettirmaslik. Bunday muomalalar kreditor
qarzlarni tekshirish chog’ida aniqlanishi mumkin. Masalan, buxgalteriya hisobi
registrlaridagi yozuvlarni taqdim qilingan, olingan moddiy qiymatliklar uchun
mol etkazib beruvchilarga to’langanlikni isbotlovchi schyotlar, shartnomalar,
isbotlovchi pul hujjatlari ma’lumotlari bilan solishtirib, auditor ayrim
schyotlarning buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirilmay qolganligini
aniqlashi mumkin.
2) Muomalalar noto’g’ri turkumlangan.
Masalan, tovar-moddiy zahiralarning sotib olish qiymati ularni sotib olish
bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlardan iborat. Lekin, bunday sarflarning bir
qismi yoki ayrim turlari (masalan, sotib olinayotgan xom ashyoning sifatini
aniqlashga doir ekspert xizmati qiymati) tovar-moddiy zahiralar qiymatiga
qo’shilmasdan, birdaniga sarflarga olib borilgan bo’lishi mumkin.
Xaridlar hajmi qalbaki xaridlar yoki muomalalarni aks ettirish kabi xarajatlar
noto’g’ri turkumlangan hollarda oshirib ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Bunday
faktlarni aniqlash uchun xarajatlarni tanlab tekshirish va zarur analitik amallarni
bajarish lozim.
Dostları ilə paylaş: