1.2. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari zamonaviy xizmatlarini
shakillantirish va rivojlantirish masalalari mavzusini o’qitishda tadqiqot
metodini qo’llashning nazariy asoslari
Iqtisodiyotni o‘rganishda tadqiqot metodini qo‘llash talabalarning puxta
bilim olishlariga katta yordam beradi. Sababi, iqtisodiyot doimo kishilarni oldiga
tanlov muammosini qo‘yadi, chunki resurslar cheklangan, ularni bir maqsaddagina
ishlatish mumkin, uni ikkinchi maqsadda ishlatib bo‘lmaydi. Masalan, yerga uy
qurilsa, endi u yerga ekin ekib yoki yo‘l qurib bo‘lmaydi. Resurslarning
cheklanganligi tanlov bilan bog‘liq holda ulardan samarali foydalanish yo‘llarini
qidirishga majbur qiladi. Buni biz tadqiqot orqali amalga oshiramiz. Tadqiqot
nafaqat ilmiy bilishning balki bilim olishning ham alohida ahamiyatga ega
metodidir.
Tadqiqotning deduktiv metodga asoslanishi iqtisodiyotda qator tayyor
qoida, qonunlar mavjudligi, ulardan qo‘yilgan muammolarni yechishda foydalansa
bo‘lishiga tayanadi. Bu qonun, qoidalar talabalarga zarur axborotni keraksiz
ma’lumotlardan ajratishga yordam beradi. Tadqiqot jarayonida izlanishni to‘g‘ri
yo‘ldan borishiga ko‘maklashadi. Induktiv metodni qo‘llash yordamida talabalar
ma’lumot, axborotga asoslanib, iqtisodiy hodisa va jarayonlar haqida yangi ilmiy
taxmin (gipoteza)larni ilgari surishi yoki ilgari bildirilganlarini tekshirib ko‘rishi
mumkin. Bunda, bir muqobil qiymat ikkinchisi bilan solishtiriladi. Shuning uchun
kishilarning xatti-harakati qanday bo‘lishini va ma’lumotlarni sinchkovlik bilan
o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bunga tadqiqot uslubi orqali erishish mumkin.
Metodni qo‘llash uchun o‘qituvchi puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim:
1. Darsda talabalarni qiziqtiradigan savol yoki masala qo‘yiladi.
2. O‘qituvchi talabalarga biron-bir gipoteza taklif qilishi yoki talabalarning
o‘zlari muhokama qilayotgan masalaning yechimini mumkin bo‘lgan
variantlarini taklif qilishlari, tushuntirishlari mumkin.
3. Talabalar ma’lumotlar, axborotlar to‘plashadi. Mustaqil ravishda
adabiyotlar o‘qib, jadval, grafik, videofilm va boshqalarni o‘rganib, shaxsan
tadqiqot o‘tkazadi yoki darsda tadqiqot o‘tkazishda qatnashadi.
17
4. Olingan ma’lumotlar asosida qo‘yilgan masala bo‘yicha xulosa chiqariladi.
5. Aytilgan gipoteza to‘g‘rimi yoki yo‘qligi, aniqlanadi. Noto‘g‘ri bo‘lsa
chiqarilgan xulosa bo‘yicha yangi ta’rif beriladi.
Iqtisodiy masalalar, muammolarni tadqiq qiliщda deduktiv taxminlar keng
qo‘llaniladi. Ular masalani, muammoni yechishda odamlarning sa’y-harakati
qanday bo‘lishi mumkin, ular nimani tanlashlari mumkin, buning sababi nimada
ekanligini tushunishga yordam beradi. Bu taxminlar odamlarning iqtisodiy fikrlash
tarzini qanday kechishi mumkinligi, u nimalarga bog‘liqligini anglay bilishimizga
bog‘liq. Tadqiqot o‘tkazishda ana shu taxminlardan foydalanamiz. Ular asosida
xulosa chiqaramiz.
Talabalarni o‘z fikrini qat’iy himoya qilishga, boshqalarning fikrini tahlil
qilishga, mantiqiy mushohada yuritishga undaydigan, darsda faol qatnashishlarini
ta’minlaydigan metodlardan biri darsni munozara metodi asosida tashkil qilishdir.
Darsni munozara metodi asosida tashkil qilishni turli usullari mavjud.
Ulardan keng qo‘llaniladigani yuqorida ko‘rsatganimizdek, o‘quv jarayonida
munozara, muammo qo‘yib, muhokama qilish mumkin. Bunda talabalar
munozaraga individual tarzda yondashadilar. Ochiq munozara qo‘yilgan
muammoni belgilangan qoida bo‘yicha muhokama qilinib, yechimini qabul qilish
yoki qilmaslikni plenumga topshirish bilan yakunlanadi. Bunda, masalan,
quyidagicha savol qo‘yish mumkin:
Aytishlaricha, Angliyada o‘z vaqtida mashhur bo‘lgan kema kapitani
muhtojlikka tushib, o‘ylab-o‘ylab, oxir-oqibat gazetada «Xatolarimni sotaman» -
deb e’lon bergan ekan. Odamlar taajjublanib, tavba, xatoni ham sotsa bo‘lar
ekanda, uni qanday ahmoq sotib oladi, deyishgan ekan. Lekin shunday kishi
topilibdi. Siz ham xatolarni sotib olgan odamni ahmoq, deb o‘ylaysizmi?
Bordi-yu, yo‘l qo‘yilgan iqtisodiy xatolarni sotaman, degan e’lon chiqsa,
siz, o‘zingiz sotib olarmidingiz?
Har bir talabaning bildirgan fikri hamda qo‘yilgan muammoni yechish
uchun bildirgan fikriga qarab, ball beriladi.
Dars o‘tishning yana bir usuli kichik guruhlar o‘rtasida munozara olib
18
borishdir. Bu usulda qo‘yilgan muammo kichik guruhlar o‘rtasida muhokama
qilinib, ular o‘z takliflarini asoslab berishi zarur. Masalan, Davlat byudjeti
parametrlarini qabul qilishni Oliy Majlis fraksiyalari o‘rtasidagi munozara tarzida
tashkil qilish mumkin. Bunda har bir kichik guruh bir fraksiya rolini o‘ynashadi.
O‘z taklifini asoslash uchun eng muhim dalillarni keltirib, Oliy Majlisning boshqa
a’zolarini ham o‘z takliflarga ovoz berishga moyil qilishga intilishadi. Munozara
qatnashchilari qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishlariga ko‘ra baholanadi.
Munozara metodini qo‘llashning yana bir usuli «qarama - qarshi
Dostları ilə paylaş: |