21
2-BOB.
O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
TIJORAT
BANKLARI
ZAMONAVIY XIZMATLARINI KO’RSATISH VA UNI O’QITISH
METODLARINI QULLASH AMALIYOTI
2.1. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining zamonaviy xizmatlari
Hozirgi kunda tijorat banklari aholi qo’lidagi bo’sh pul mablag’larini
omonatlarga jalb qilish bo’yicha operastiyalarni amalga oshirmoqdalar. Tijorat
banklari o’rtasida omonatlarni o’ziga jalb qilish bo’yicha erkin raqobat kurashi
bormoqda. Tijorat banklarining chakana xizmatlarining bir turi bo’lgan
omonatlarni o’ziga jalb qilish uchun tijorat banklari aholini qiziqtiradigan
jozibador omonat turlarini taklif qilmoqdalar.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston banklari o’z xizmatlarini etarli darajada
shakllantirishga erishdi. Biroq, banklar o’rtasidagi raqobat kurashi ularni
qo’shimcha mijozlar jalb etish hamda ko’rsatilayotgan xizmatlar doirasi va sifatini
kengaytirish uchun yangicha yondashishga undamoqda.
Bank xizmati bir qator o’ziga xos quyidagi xususiyatlarga ega bo’ladi:
1. Mavhumlik
2. Xizmatning manbadan ajratilmasligi
3. Xizmatlar sifatining bebarqarorligi (bir xilda emasligi)
4. Bank xizmatlarining saqlanmasligi;
5. Bank xizmat ko’rsatishining shartnomaviyligi;
6. Bank xizmat kursatishining pul bilan bog’liqligi;
7. Bank xizmatlari bilan qondiriladigan extiyojlarning ikkilamchiligi.
Bank xizmatlari haqida ma’lumot keltirishdan oldin bank operatsiyalari, bank
xizmati hamda bank mahsulotlari tushunchalariga tuxtalib utaman.
Dostları ilə paylaş: