Toshkent moliya instituti


-mavzu. Tanlab kuzatish xatosi, tanlanma to‘plam zaruriy miqdorini aniqlash va tanlab kuzatish natijalarini tarqatish yo‘llari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə4/20
tarix23.05.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#59013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
1.Statistika sillabus (3)

10-mavzu. Tanlab kuzatish xatosi, tanlanma to‘plam zaruriy miqdorini aniqlash va tanlab kuzatish natijalarini tarqatish yo‘llari
Tanlab kuzatish turlari va xatosi. Kichik tanlanma va uning o‘ziga xos xususiyatlari Tanlab kuzatish natijalarini bosh to‘plamga tarqatish yo‘llari. O‘rtacha miqdor uchun ishonch intervali: Normal statistikasi. Bosh to‘plam o‘rtacha miqdori uchun ishonch intervali: Styudent (t) statistikasi. Tanlanma to‘plam zaruriy miqdorini aniqlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tanlab kuzatishning qo‘llash.


11-mavzu. O‘zaro bog‘lanishlarni statistik o‘rganish
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni statistik o‘rganish zarurligi va usullari. Guruhlash, parallel qatorlarni taqqoslash, grafiklarda tasvirlash, dispersion va korrelyatsion-regression usullar. Korrelyatsion-regression tahlilni qo‘llashning shart-sharoitlari. O‘zaro bog‘lanishlar haqida tushuncha va ularning turlari: funktsional va korrelyatsion bog‘lanish. Omillarning soniga qarab funktsional bog‘lanishlar. Korrelyatsion tahlilda hodisalar orasidagi bog‘lanishlarning zichlik darajasi.
12-mavzu. O‘zaro bog‘lanishlar zichligini o‘rganish usullari
Juft korrelyatsiya va regressiya tenglamasi. To‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli korrelyatsiya va regressiya. Korrelyatsiya koeffitsienti va uni hisoblash. Juft regressiya tenglamasi parametrlarini kichik kvadratlar usulida aniqlash. O‘zaro bog‘lanishlarni statistik o‘rganishning noparametrik usullari. Bir va ko‘p omilli regression modellar. Bog‘liqlik zichligini o‘rganish usulari. Fexner va Spirman korrelyatsiya koeffitsientlari.
13-mavzu. Dinamikani statistik o‘rganish uslubiyati
Dinamika qatorlarini analitik tahlil qilish ko‘rsatkichlari: mutlaq o‘zgarish, o‘zgarish sur’ati, qo‘shimcha o‘zgarish sur’ati, bir foiz qo‘shimcha o‘zgarishning mutlaq mohiyati, o‘zgarish (foiz) punkti. Dinamika qatorlarida o‘rtachalarning darajasini hisoblash usullari. O‘rtacha xronologik, oddiy va tortilgan o‘rtacha arifmetik. O‘rtacha o‘zgarish va qo‘shimcha o‘zgarish sur’ati.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin