23-mavzu. Milliy boylik statistikasi Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy boylik tushunchasi va uni o‘rganishning ijtimoiy -iqtisodiy ahamiyati hamda statistikaning vazifalari. MHT bo‘yicha aktiv va passivlar balansi ko‘rsatkichlari. Gudvill va marketing aktivlari, mineral resurslar energetik foydali qazilmalar. Moliyaviy aktivlar, ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmagan nomoliyaviy aktivlar, aholining mulki.
24-mavzu. Asosiy va aylanma kapital statistikasi Asosiy kapital tushunchasi, ularni tarkibi va baholash turlari (boshlang‘ich, qoldiq va tiklash qiymatlari bo‘yicha). Asosiy kapitalning eskirishi va amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari. Asosiy fondlarning balanslari. Asosiy fondlarning holati, harakati va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlari. Moddiy aylanma kapital statistikasi, ularning tarkibi, baholash, aylanuvchanlik tezligi va bir marta aylanishning davomiyligi ko‘rsatkichlarini statistik o‘rganish.
25-mavzu. Moliya bozori statistikasi Oliy moliyaviy hisoblashlar va taqribiy hisoblashlar: olliy foizlar; murakkab foizlar; diskontlash. Moliyaviy renta yoki annitet. Moliya bozorini statistik o‘rganishning ijtimoiy -iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Davlat moliyasi statistikasi. Davlat byudjeti statistikasining asosiy vazifalari. Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari ko‘rsatkichlari, byudjet defitsiti (profitsiti)ni statistik o‘rganish.
26-mavzu. Pul muomalasi va kredit statistikasi Pul muomalasining ijtimoiy -iqtisodiy mohiyati va statistikaning vazifalari. Pul-kredit statistikasining metodologik asoslari (Xalqaro standart). Pul bazasi. Kredit va qarz. Pul muomalasi statistikaning asosiy ko‘rsatkichlari. Bank statistikasi ko‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish metodlari.
27-mavzu. Sug‘urta bozorini statistik o‘rganish Sug‘urta bozori statistikasining predmeti va vazifalari. Sug‘urta va sug‘urta bozorini statistik o‘rganish. Sug‘urta bozori statistikasining ko‘rsatkichlar tizimi. Mol-mulkni sug‘urtalash statistikasining ko‘rsatkichlari. Sug‘urtalashning tarif stavkalari statistikasi. Shaxsiy sug‘urtalash statistikasi. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtalash statistikasi.