18-mavzu. Mehnat bozori statistikasi Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozori statistikasining vazifalari va uni statistik o‘rganishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.Mehnat resurslari tushunchasi va uning sonini aniqlash. Mehnat resurslari balansi va uning ahamiyati. Iqtisodiy faol va nofaol aholi tushunchasi hamda ularning tarkibi. Ish bilan band aholi va ishsizlik statistikasi ko‘rsatkichlari. Aholining bandlik holati bo‘yicha tasnifi. Ish bilan band aholi soni va tarkibi ko‘rsatkichlari.Ishsizlik shakllari, turlari va darajasi. Ishsizlik darajasi dinamikasini statistik o‘rganish.
19-mavzu. Mehnat resurslari balansi Xodimlar statistikasi ko‘rsatkichlari. Ishchi kuchi harakati ko‘rsatkichlari. Ish vaqti fondlari va ulardan foydalanish koeffitsientlari. Ishchi kuchi va ish vaqti fondi balanslari. Mehnat unumdorligi to‘g‘risida tushuncha va uni statistik o‘rganishning ahamiyati. Mehnat unumdorligining darajasi va dinamikasini aniqlash ko‘rsatkichlari. Mehnat haqi shakllari va tizimlari. Ish haqi fondi va tarkibi ko‘rsatkichlari. Ijtimoiy to‘lovlar statistikasi.
20-mavzu. Milliy hisoblar tizimi va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi Milliy hisobchilik tushunchasi va uning yuzaga kelish tarixi. Xalq xo‘jaligi balansi (XXB) va milliy hisoblar tizimi (MHT) o‘rtasidagi farqlari va o‘xshashliklari. MHTni yuritish zaruriyati. MHT schyotlari tizimi tarkibi, ularni tuzishning umumiy qoidalari. Institutsional sektorlar va MHT. Makroiqtisodiy tahlillarda MHTdan foydalanish.
21-mavzu. Yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash usullari YaIM – mamlakatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichi ekanligi. Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasini chegaralash. Ishlab chiqarish hajmini aniqlash printsiplari (qoidalari) va baholash turlari: omil, asosiy, ishlab chiqaruvchi va xaridor baholari. YaIM hajmini hisoblash usullari. YaIM hajmini ishlab chiqarish usulida hisoblash. YaIM hajmini daromadlarni taqsimlash usulida hisoblash.
22-mavzu. Milliy daromad statistikasi Daromadlar to‘g‘risida umumiy kontseptsiyalar va MHTdagi daromad ko‘rsatkichlari. Dj Xinsning daromad haqidagi ta’limoti. Yangi MHTda Dj Xiksning ta’limotiga kiritilgan aniqliklar. Nominal va real daromad. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi. Yalpi milliy daromad, sof milliy ixtiyordagi daromad, yalpi milliy jamg‘arma, sof milliy jamg‘arma ko‘rsatkichlari statistikasi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro taqqoslash.