Toshkent moliya instituti


-mavzu. Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə9/20
tarix23.05.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#59013
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
1.Statistika sillabus (3)

2-mavzu. Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti
Statistik kuzatish-statistik tadqiqotning dastlabki bosqichidir. Statistik kuzatish tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. Statistik kuzatishning asosiy tamoyillari. Statistik kuzatish rejasining dasturiy–uslubiy va tashkiliy masalalari:kuzatish ob’ekti va birligi, kuzatish dasturi, kuzatish formulyari va yo‘riqnomasi, organi, kuzatish joyi, kuzatish vaqti va muddati. Statistik kuzatish shakllari, turlari, usullari va ularning o‘ziga xos jihatlari. Statistik hisobot, registr va maxsus tashkil qilingan statistik tekshirishlar. Yoppasiga va qisman kuzatish, uzluksiz(joriy) va uzlukli kuzatish, muntazam va bir yo‘lakay kuzatish. Bevosita va hujjatli kuzatish, so‘rovnoma. O‘zbekiston Respublikasida statistik kuzatishni tashkil etish hamda uning tarkibiy qismlari vazifalari. Statistik kuzatish xatosi va uning turlari. Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va tekshirish usullari.


3-mavzu. Statistik jamlash va guruhlash
Statistik jamlash - statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichidir. Statistikada jamlash va guruhlashning mohiyati va vazifalari. Statistik guruhlash usuli, uning ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda ahamiyati. Guruhlash turlari: oddiy va murakkab (ko‘p o‘lchovli) guruhlash, tipologik, tuzilmaviy (strukturaviy) va analitik guruhlashlar. Guruhlarni tuzish printsiplari (qoidalari). Guruhlash belgisi. Guruhlar soni va oralig‘i. Guruhlash usuli yordamida echiladigan masalalar. Taqsimot qatorlarining mohiyati, tarkibiy unsurlari va turlari. Atributiv variatsion, diskret va oraliqli qatorlar. Variatsion qatorlarni tuzish masalasi.


4-mavzu. Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash
Statistik jadvallarning mohiyati, ahamiyati. Tuzish qoidalari. Statistik jadval turlari. Oddiy, guruhiy va kombinatsion jadvallar. Statistik jadvallarni o‘qish va tahlil qilish usullari. Statistik grafiklar tushunchasi, turlari, ahamiyati va tuzish qoidalari. Statistik grafiklar to‘g‘risida tushuncha. Grafiklarning tarkibiy unsurlari: masshtab, shkala va koordinatalar tizimi. Sifat belgiga ega bo‘lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash. Ustunli grafik, doiraviy diagramma, Pareto diagrammasi. Miqdor belgiga ega bo‘lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash. Nuqtali grafik, band va barg grafigi, gistogramma. O‘zaro bog‘lanishlarni grafikda aks ettirish. Variatsion qatorlarni tasvirlovchi grafiklarning turlari: poligon, gistogramma, kumulyata, ogiva. Tasviriy statistikada haqiqatning buzib ko‘rsatilishi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin