Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

ERKAKLAR SIYDIK CHIQARISH KANALI 
Erkaklar siydik chiqarish kanali 
(urethra masculina) qovuqdan boshlanib, 
olatning boshida tashqi teshik bo‘lib tugaydi. Uzunligi 18-19 sm bo‘lgan siydik 
chiqarish kanali joylashgan o‘rniga qarab teng bo‘lmagan uch qismga bo‘linadi. 
1. P r o s t a t a q i s m i – pars prostatica qovuqdan boshlanadi va prostata 
bezining qoq o‘rtasidan o‘tib, bez uchiga kelganda parda qismiga o‘tadi. Ushbu qism 
kanalning eng keng bo‘lagi bo‘lib, uzunligi 3,5 sm. Urug‗ do‘mboqchasi (colliculus 
seminalis) ning ikki Yonboshiga prostata bezi naychalarining teshigi va urug‗ otuvchi 
yo‘l teshiklari ochiladi. 
2. P a r d a q i s m i – pars membranacea siydik chiqarish kanalining eng kalta (1 
sm ga teng) va tor qismi bo‘lib, prostata bezining uchidan boshlanadi va pastda olat 
so‘g‗oniga o‘tib ketadi. U Chanoq bo‘shlig‗idan siydik-tanosil diafragmasi – 
diaphragma urogenitale ni teshib, siydik yo‘liga o‘tadi. Kanal parda qismining devori 
4 qavatdan iborat. Eng ichki shilliq qavat uzunasiga joylashgan burmalar hosil qiladi. 
Uni sirtidan shilliq osti qavati o‘raydi, undan so‘ng ikki qavatdan iborat silliq muskul 
tolalari turadi. To‘rtinchi qavat ko‘ndalang-targ‗il muskul tolalari m. sphincter 
urethrae hisoblanadi. 
3. G` o v a k t a n a q i s m i – pars spongiosa kanalning eng uzun qismi bo‘lib 
(14-15 sm), pastki tomondagi olat g‗ovak tanasining o‘rtasida joylashgan. Bu 
qismning boshlanish joyi va tashqariga chiqish oldi birmuncha kengaygan. Kanalning 
shilliq qavatida mayda bezlar joylashgan. Erlik olati taranglashmagan holatda 


398 
turganida siydik chiqarish kanali «S» simon shaklda, ikki joydan (g‗ovak tananing 
boshlanish joyi va o‘rtasidan) bukilgan bo‘ladi. Olat taranglashganda oldingi bukilma 
yo‘qoladi.
AYOLLAR TANOSIL A‟ZOLARI 
Ayollar tanosil a‘zolari ichki va tashqi tanosil a‘zolaridan tashkil topgan. Ichki 
tanosil a‘zolari bir juft tuxumdon – ovarium, bachadon naylari – tuba uterina, 
bachadon – uterus va qin – vagina dan iborat. Tashqi tanosil a‘zolariga esa katta va 
kichik jinsiy (uyatli) lablar, klitor va qizlik pardasi kiradi. 
Bachadon, tuxumdon, bachadon naylari va qin. 
1–fundus uteri; 2–tuba uterina; 3–lig. ovarii proprium; 4–lig. teres uteri; 5–
corpus uteri; 6–cervix uteri; 7–peritineum; 8–vagina; 9–plica rectouterina; 10–lig. 
latum uteri; 11–margo liber ovarii; 12–ovarium (facies medialis); 13–appendix 
vesiculosa; 14–fibria ovarica; 15–lig. suspensorium ovari; 16–ostium abdominalae 


399 
tubae uterinae; 17–fimbriae tubae; 18–ampulla tubae uterinae; 19–ductus epoophori 
longi-tudinalis; 20–epoophoron (ductuli transversi); 21–tuba uterina; 22–
mesosalpinx; 23–isthmus tubae uterinae; 24–lig. ovarii proprium; 25–lig. teres uteri. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin