Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Kaftning chuqur ravog„i
(arcus palmaris profundus) asosan a. radialis ning 
oxirgi uchi bilan tirsak arteriyasi shoxchasi (ramus palmaris profundus) ning 
qo‘shilishidan paydo bo‘ladi. Kaftning chuqur ravog‗i mm. interossei palmares ustida 
ossa metacarpealia ning asosiga yaqin joyda, kaft va barmoqlarni bukuvchi muskul 
paylari ostida joylashgan, qonning ko‘p qismi bilak arteriyasidan keladi. Ravoqning 
pastga qarab turgan Yuzasidan kaftning old tomondagi uchta arteriyasi – aa. 
metacarpeae palmares chiqadi. Bu arteriyalar II, III, IV spatia interossea da 
joylashgan muskullar ustidan pastga tushib, a. metacarpophalangeae ga 
yaqinlashganda aa. digitales volares communis ga qo‘shilib ketadi. Aa. metacarpeae 
palmares dan uchta aa. perforantes (teshib o‘tuvchi arteriyalar) chiqadi. Ana shu 
arteriya tarmoqlari II, III, IV mm. interossei larni teshib, kaft orqasiga o‘tadi va 
metacarpeae dorsales lar bilan anastomozlashadi. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, qo‘l panjasi sohasida bilak va tirsak o‘zaro keng va 
xilma-xil arteriya tarmoqlari bilan anastomozlashadi. Ana shu arteriyalarning xilma-
xil murakkab anastomozlari qo‘lning mehnatga muvofiqlashganidan dalolat beradiki, 
natijada kaft Yuza ravog‗i siqilganda qon barmoqlarga arcus palmaris profundus 
orqali boradi. 
AMALIY MASHG„ULOT №32 
Kukrak aortasi. qorin aortasining juft tarmoqlari. Qorin aortasining toq 
tarmoqlari.
Ko‗krak aortasini parietal va visseral tarmoqlari. Qorin aortasining juft 
parietal va visseral tarmoqlari: qorin o‗zani, ustki va pastki ichak tutqich arteriyalari 
va ularning shoxlari. Me‘da , jigar, taloq, me‘da osti bezi va ichaklarning qon Bilan 
ta‘minlanishi. 


444 
PASTGA YO‟NALUVCHI AORTA TARMOQLARI 
Ko‗krak aortasi. 
1 – A.carotis communis dextra; 2 – A. vertebralis dextra; 3 – R. ascendens; 4 – Ramus 
superficialis; 5 – Truncus thyrocervicalis; 6 – A. subclavia dextra; 7 – A. suprascapularis; 8 – A. 
thoracica interna; 9 – Truncus brachiocephalicus; 10 – Aorta ascendens; 11 – Aa. coronariae cordis 
dextra et sinistra; 12 – Valva aortae; 13 – Esophagus; 14 – Rr. esophagei aortae thoracicae; 15 – 
Aorta; 16 – A. phrenica inferior dextra; 17 – A. gastrica sinistra; 18 – A. hepatica communis; 19 – 
A. renalis dextra; 20 – A. mesenterica superior; 21 – A. renalis sinistra; 22 – A. lienalis; 23 – 
Truncus caeliacus; 24 – Rr. esophagei; 25 – Diaphragma; 26 – Esophagus; 27 – Aa. intercostales 
posterior sinistrae (VI–IX); 28 – Bronchus principalis sinister; 29 – Rr. bronchiales aortae 
thoracicae; 30 – Arcus aortae; 31 – Aa. intercostales posteriores I–II; 32 – A. intercostalis suprema; 
33 – Truncus costocervicalis; 34 – Plexus brachialis; 35 – M. scalenus anterior; 36 – A. subclavia 
sinistra; 37 – A. carotis communis sinistra; 38 – Trachea; 39 – A. thyriodea. 
Pastga yo‘naluvchi aorta (aorta descendens) aortaning eng uzun qismi bo‘lib, 
arcus aortae dan IV Ko‗krak umurtqasi oldida boshlanib, mediastinum posterius 
orqali diafragma teshigidan qorin bo‘shlig‗iga tushadi va bel umurtqasining oldiga 
kelganda ikki katta tarmoqqa bo‘linadi. 
Aorta descendens ning Ko‗krak bo‘shlig‗ida joylashgan bo‘lagi aorta thoracica 
(Ko‗krak aortasi) deb ataladi va undan Ko‗krak bo‘shlig‗ining devoriga (ramus 
parietalis) va Ko‗krak bo‘shlig‗ida joylashgan a‘zolar uchun rami viscerales 
tarmoqlari chiqadi. 
I. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin