Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

QORIN AORTASI TARMOQLARI
Aorta thoracica – Ko‗krak bo‘shlig‗idagi XI–XII Ko‗krak umurtqasi damida, 
diafragmaning hiatus aorticus teshigi orqali qorin bo‘shlig‗iga o‘tadi va qorin aortasi 
(aorta abdominalis) deb Yuritiladi. Qorin aortasi bel umurtqalari tanasining oldingi va 
bir oz chap tomonidan pastga qarab yo‘nalib, IV bel umurtqasining damiga kelib 
ikkita yo‘g‗on aa. iliacae communes – umumiy Yonbosh arteriyalariga, bitta toq a. 
sacralis mediana (dumg‗aza oraliq arteriyasi)ga bo‘linadi. Aortaning ikkita umumiy 
Yonbosh arteriyaga bo‘lingan joyi bifurcatio aortae deb ataladi. 
 
AORTANING QORIN DEVORIGA TARQALGAN TARMOQLARI 


446 
1 – aorta; 2 – aa. iliacae communes; 
3 – phrenica inferior; 4 – aa. lumbales; 
5 – a. sacralis mediana 
Aorta abdominalis qorin devoriga tarqalgan quyidagi arteriya tarmoqlarini 
beradi: 
1. D i a f r a g m a n i n g p a s t k i a r t e r i y a s i (a. phrenica inferior) 
diafragma ostida aorta abdominalis dan ikkita (goho aortadan bitta umumiy arteriya 
bo‘lib chiqadi va ikkita tarmoqqa bo‘linadi) arteriya bo‘lib boshlanadi. O‘ng 
tomondagi a. phrenica inferior ba‘zan truncus coeliacus dan chiqishi ham mumkin. A. 
phrenica inferior diafragma, qizilo‘ngachning qorin bo‘shlig‗idagi qismini qon bilan 
ta‘minlashda qatnashadi va a. suprarenalis superior shoxchasini chiqaradi. Bu arteriya 
buyrak usti beziga boradi va buyrak yog‗ kapsulasiga mayda shoxchalar beradi. 
2. B e l a r t e r i y a l a r i (aa. lumbales) aortadan I–IV bel umurtqalari 
ro‘parasida juft bo‘lib chiqadi va corpus vertebrae dan o‘tib, a. psoas major ga boradi. 
O‘ng tomondagi bel arteriyalari v. cava inferior ning orqasidan o‘tadi. Bel arteriyalari 
bel muskullarini, qorin Yon devori muskullarini qon bilan ta‘minlaydi va orqa 
miyaga, dura mater ga shoxchalar chiqaradi. Chap tomondagi arteriyalar – aa. 
lumbales o‘zaro hamda pastki qovurg‗a oraliq arteriyalari va aa. epigastricae superior 
et inferior bilan anastomoz hosil qiladi. 
3. D u m g‗ a z a n i n g o‘ r t a a r t e r i y a s i (a. sacralis mediana) aortaning 
embrional davrda rivojlanmasdan qolgan dum qismi hisoblanadi. Bu arteriya 
aortaning ikkiga – a. iliaca communis ga bo‘lingan (bifurcatio aortae) joyidan chiqib 
pastga tushadi. A. sacralis mediana dumg‗aza va unga yaqin turgan muskullarni, 
rectum ning orqa devorini qon bilan ta‘minlaydi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin