Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
SON ARTERIYASI 
A.femoralis, a.iliaca externa kichik Chanoq bo‘shlig‗idan lacuna vasorum orqali 
(lig. inguinale ostidan) chiqqach, sonda a. femoralis bo‘lib davom etadi. A. femoralis 
fossa iliopectina da v. femoralis ga nisbatan lateral yotadi va son uchburchagidagi 
sulcus femoralis bo‘ylab sonning medial tomoniga o‘tadi, so‘ngra canalis adductorius 
orqali taqim bo‘shlig‗iga (fossa poplitea) chiqqach, taqim arteriyasi (a.poplitea) deb 
Yuritiladi.
A. femoralis dan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 
1. Q o r i n t e p a s i d a g i Yu z a a r t e r i y a (a. epigastrica superficialis fascia 
lata ni teshib o‘tib, Yuqori kindikkacha boradi. A. epigastrica superficialis qorin 
devorining teri osti kletchatkasini qon bilan ta‘minlaydi va a. epigastrica superior (a. 
thoracica interna tarmog‗i) bilan tutashadi. 
2. Yo n b o sh s u y a g i n i o‘ r a b t u r u v ch i y u z a a r t e r i y a (a. 
circumflexa ilium superficialis) spina iliaca anterior superior sohasiga borib teri 
bo‘ylab tarqaladi. 
3. T a s h q i u y a t l i a r t e r i y a l a r aa. pudendae externae yorg‗oq (scrotum) 
terisiga yoki labia pudendi majora ga r. scrotales anteriores (ayollarda r. labiales 
anteriores) bo‘lib tarqaladi. 
 
Son arteriyasi. 
1 – A.iliaca communis; 2 – V.iliaca communis; 3 – M.psoas minor; 4 – N. cutaneus femoris 
lateralis; 5 – A.circumflexa ilium profunda; 6 – Lig. inguinale; 7 – A.femoralis; 8 – A.profunda 
femoris; 9 – R.ascendens a.circumflexae femoris lateralis; 10 – A.circumflexa femoris lateralis; 11 
– R.descendens a.circumflexae femoris lateralis; 12 – A.perforantes; 13 – Rete patellae; 14 – 
R.saphenus a.genus descendentis; 15 – A.genus inferior medialis; 16 – R.articularis a.genus 


456 
descententis; 17 – A.genus superior medialis; 18 – A.genus descendens; 19 – Canalis adductorius; 
20 – v.femoralis; 21 – R.transversus a.circumflexae femoris medialis; 22 – R.profundus 
a.circumflexae femoris medialis; 23 – A.circumflexa femoris medialis; 24 – V.femoralis; 25 – 
V.iliaca externa; 26 – A.sacralis lateralis; 27 – Plexus sacralis; 28 – V.iliaca interna; 29 – A.iliaca 
interna; 30 – N.femoralis; 31 – M.psoas major; 32 – Ureter. 
4. S o n n i n g ch u q u r a r t e r i y a s i (a. profunda femoris) a. femoralis ning 
orqa Yuzasidan lig. inguiale dan 3–5 sm pastroqda ajralib, son muskullarini qon bilan 
ta‘minlaydi. A. profunda femoris dastlab a. femoralis ning orqa va lateral tomoniga 
o‘tadi, so‘ngra sonning yaqinlashtiruvchi guruh muskullari bilan m. vastus medialis 
orasidan o‘tib, a. perforantes tertia da tugaydi. 
Sonning chuqur arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 
a) S o n s u y a g i n i o‘ r a b t u r u v ch i i ch k i a r t e r i y a (a. circumflexa 
femoris medialis) orqa tomondan medial (ichki) tomonga borib, ikkita shoxchaga 
bo‘linadi: a) a.ascendens Yuqoriga ko‘tariluvchi shoxchasi, sonning yaqinlashtiruvchi 
muskullariga va m. pectineus ga tarqaladi; b) r. profundus – chuqur shoxcha m. 
iliopsoas bilan m. pectineus lar orasidan son orqasiga o‘tadi, Chanoq-son Bo‗g‗imiga 
tolalar berib tugaydi. Ramus profundus sonni yaqinlashtiruvchi muskullarning orqa 
qismlarini qon bilan ta‘minlaydi, a. obturatoria va a. glutea inferior bilan 
anastomozlashadi. 
b) S o n s u y a g i n i o‘ r a b t u r u v ch i ch e t k i (l a t e r a l) a r t e r i y a (a. 
circumflexa femoris lateralis) oldingi arteriyadan pastroqda chiqib, lateral tomonga 
yo‘naladi, m. rectus femoris ning orqa tomoniga borganda ikkita tarmoqqa bo‘linadi: 


457 
– ramus ascendens: Yuqoriga ko‘tariluvchi mayda tarmoq. Lateral tomondan 
Yuqoriga ko‘tarilib, mm. tensor fasciae latae va trochanter major ga boradi, a. 
circumflexa mediales hamda a. glutea inferior tolalari bilan tutashadi;
– ramus descendens: pastga yo‘naluvchi shoxcha m. rectus femoralis ning orqa 
tomonidan pastga, tizzagacha boradi va sonning to‘rt boshli muskuliga tarqaladi;
d) teshib o‘tuvchi birinchi, ikkinchi va uchinchi arteriyalar (aa. perforantes 
prima, secunda et tertia) sonni yaqinlashtiruvchi medial muskullarni teshib, orqa 
tomonga o‘tadi; bu arteriyadan son suyagiga a. diaphyseos femoris superior chiqadi, 
a. perforantes secunda son orqasiga m. adductor brevis ning pastidan o‘tadi; a. 
perforantes tertia chuqur son arteriyasining davomi hisoblanadi, sonning orqa 
Yuzasiga m. adductor longus ning pastidan o‘tadi va son suyagiga tarmoq beradi. A. 
femoralis shikastlanganda Yuqorida aytib o‘tilgan chuqur son arteriyasi tarmoqlari 
Yonlama (kollateral) qon tomirlarning rivojlanishida muhim vazifani o‘taydi. 
5. R a m i m u s c u l a r e s – son muskullariga tarqaladi.
1
6. T i z z a n i n g t u sh u v ch i a r t e r i y a s i (a. genus descendens)son 
arteriyasining oxirgi tarmog‗i bo‘lib, canalis adductorius ning oldingi devorini teshib 
o‘tib, n. saphenus bilan birga yotadi, son to‘rt boshli muskulining pastki qismiga 
tarmoqlar beradi va oxirgi ramii articulares bo‘lib, tizza sohasida arteriya to‘ri – rete 
articulare genus ni hosil qilishda qatnashadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin