452
2. D u m g‗ a z a n i n g y o n a r t e r i y a s i (a. sacralis lateralis) dumg‗aza
chigali nervlarini, mm. levator ani et piriformis larni qon bilan ta‘minlaydi.
3. D u m b a n i n g u s t k i a r t e r i y a s i (a. glutea superior) a. iliaca interna
ning davomi bo‘lib, Chanoq bo‘shlig‗idan foramen suprapiriforme orqali n. gluteus
superior bilan chiqadi va dumba muskullariga tarqaladi.
4. Y o p q i ch a r t e r i y a (a. obturatoria) canalis obturatorius orqali sonning
medial tomoniga borib adduktor muskullar va m. obturatorius externus ga tarqaladi.
5. D u m g‗ a z a n i n g p a s t k i a r t e r i y a s i (a. glutea inferior) foramen
infrapiriorme orqali a. pudenda interna va n. ischiadicus bilan birga chiqadi, dumba
muskullari bo‘ylab tarqalib, quymich nerviga shoxchalar beradi va aa. glutea
superior, obturatoria et circumflexa femoris medialis lar bilan anastomozlashadi.
A. iliaca interna ning old yoki visseral arteriyalari
quyidagi arteriya
tarmoqlaridan iborat.
1. K i n d i k a r t e r i y a s i (a. umbilicalis) embrional rivojlanish davrida a.
iliaca interna ning old tarmog‗idan chiqib, kichik Chanoqning Yonbosh devori
bo‘ylab Yuqoriga ko‘tariladi, keyin qorin bo‘shlig‗ining oldingi devoriga (qorin
bo‘shlig‗iga) qaragan Yuzadan kindikka boradi. Bola tug‗ilib, kindigi kesilgandan
so‘ng arteriyaning teshigi asta-sekin yopilib, lig. umbilicale mediale ga aylanadi.
Lekin bu boylamning boshlang‗ich qismi arteriya holatini saqlab qoladi va aa.
vesicales superiores (qovuqning Yuqori arteriyalari)ni beradi.
Bular qovuqning
Yuqori bo‘limiga borib tarqaladi va a. vesicalis inferior bilan anastomozlashadi.
2. S i y d i k y o‘ l i t a r m o q l a r i (rami ureterici) ba‘zan a. umbilicalis dan
boshlanib, ureter ni qon bilan ta‘minlaydi.
453
3. Q o v u q n i n g p a s t k i a r t e r i y a s i (a. vesicalis inferior) qovuq tubi
urug‗ pufakchalari va prostata bezini qon bilan ta‘minlaydi, siydik yo‘lining pastki
qismiga rami ureterici ni beradi va a. vesicalis superior bilan anastomozlashadi.
4. U r u g‗ y o‘ l i a r t e r i y a s i (a. ductus deferentis) (erkaklarda bo‘ladi)
kindik yoki qovuq arteriyalarining biridan boshlanib, ductus deferens va testis ga
borib tarqaladi.
5. A. u t e r i n a b a ch a d o n a r t e r i y a s i (ayollarda bo‘ladi) aksari a. iliaca
internae dan (ba‘zan kindik arteriyasidan) boshlanib, lig. uteri varaqlari orasidan o‘tib
bachadonga boradi va quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi: a) a. vaginalis (qin arteriyasi)
qinga borib tarqaladi; b) ramus tubarius – bachadon nayi shoxchasi bachadon nayini
qon bilan ta‘minlaydi; d) ramus ovaricus – tuxumdon tarmoqchasi tuxumdonga
boradi; e) bachadonga boradigan shoxcha bachadonda tarqaladi. Bu arteriya tuqqan
ayollarning bachadonida spiralsimon burmalar hosil qilib joylashadi.
Dostları ilə paylaş: