461
Oyoq kafti ustki Yuzasidagi arteriyalar.
1 – A.tibialis anterior; 2 – Tendines m.extensoris digitorum longi; 3 – Tendo m.extensoris
hallucis longi; 4 – R.perforans a.peroneae; 5 – Rete malleolare laterale; 6 – A.malleolaris anterior
lateralis; 7 – Retinaculum mm.extensorum inferius; 8 – Tendines m.extensoris digitorum longi; 9 –
M.extensor
digitorum brevis; 10 – A.tarsea lateralis; 11 – Rami perforantes; 12 – Aa.digitales
dorsales; 13 – Aa.metatarseae dorsales; 14 – R.plantaris profundus; 15 – A.arcuata; 16 – Aa.tarseae
mediales; 17 – A.dorsalis pedis; 18 – Rete malleolare mediale; 19 – M.tibialis anterior; 20 –
Retinaculum mm.extensorum superius.
1. O yo q k a f t i u s t i n i n g i ch k i a r t e r i y a l a r i (aa.tarseae mediales)
oyoq panjasining medial chekkasiga boradi va rete
malleolare madiale bilan
anastomozlashadi.
2. Oyoq kafti ustining tashqi arteriyasi (a. tarseae lateralis) kaft usti suyaklari
sohasida m.extensor digitorum brevis ni qon bilan ta‘minlaydi, so‘ngra lateral
tomonga o‘tib os. metatarsale asosining oldida a. arcuata bilan qo‘shiladi.
3. R a v o q s i m o n a r t e r i y a (a. arcuata) a. dorsalis pedis dan I ponasimon
suyak oldida boshlanib, ossa metatarsalis ning asoslari bo‘ylab
lateral tomonga
boradi, a. tersea lateralis va oyoq-kaft arteriyalari bilan anastomozlashib arteriya
ravog‗ini hosil qiladi. Arteriya ravog‗idan uchta aa. metatarsea dorsales tarmog‗i
(oyoq kafti arteriyalari) boshlanib, II, III, IV spatio interossea ga borganda yana
ikkiga – aa. digitales dorsales (barmoqlarning orqa arteriyalari)ga bo‘linadi.
Aa.digitales dorsales II, III, IV, V barmoqlarning bir-biriga
qaragan Yuzalariga
boradi va bittadan ramus perforates tarmog‗ini chiqaradi. Ana shu teshib o‘tuvchi
tarmoqchalar kaft tomonida aa. metatarsea plantares (a. plantaris lateralis tarmog‗i)
bilan qo‘shiladi.
4. O yo q k a f t i n i n g o r q a a r t e r i y a l a r i (a. metatarsea dorsalis prima)
a. dorsalis pedis dan boshlanib I–II barmoqlar oralig‗iga borib uchta arteriyaga – aa.
digitales dorsales ga bo‘linadi. Bulardan ikkitasi bosh barmoqning ikki tomoniga,
uchinchisi esa ikkinchi barmoqning bosh barmoqqa qaragan Yuzasiga tarqaladi.
5. O yo q k a f t i n i n g ch u q u r t a r m o g‗ i (ramus plantares profundus) a.
dorsalis ning ikkinchi oxirgi tarmog‗i bo‘lib, I, II barmoqlar orasidan m. interosseus
dorsalis ni teshib kaft tomonga o‘tadi va arcus plantaris ni hosil qilishda qatnashadi.
6. Boldirning orqa arteriyasi (a. tibialis posterior) ichki to‘piqning orqa tomonida
ikkita (aa. plantares medialis et lateralis) shoxga bo‘linadi.
462
Oyoq kaftining ichki arteriyasi (a. plantares medialis) oyoq kaftining ichki
tomonidan sulcus plantaris medialis ga o‘tadi va undan os metatarsale oldiga borib, a.
metatarsalis plantaris yoki arcus plantares ga qo‘shilib ketadi va atrofidagi
muskullarga tarqaladi.
Oyoq kaftining tashqi arteriyasi (a. plantares lateralis) m.flexor digitorum brevis
bilan berkilib turadi va oyoq kaftining tashqi tomonidan
sulcus plantares lateralis
bo‘ylab yo‘naladi; os metatarsale V ning oldiga borib burilib, ramus plantares
profundus (a.dorsalis pedis ning tarmog‗i) bilan qo‘shilib, arcus plantares oyoq kafti
arteriya ravog‗ini hosil qiladi.
Arteriya ravog‗idan quyidagi tarmoqlar chiqadi: a) rami musculares oyoq-kaft
muskullariga
tarqaladi; b) aa.metatarseae plantares oyoq-kaft arteriyalari – arcus
plantares dan 4 ta bo‘lib chiqadi, suyak oraliqlarida yotib, ikki joyda (oldinda va
orqaroqda) rami perforantes (a. arcuata ga qaralsin) bilan anastomozlashadi va aa.
digitales plantares communes ni chiqaradi. Bu arteriyalarning har biri aa. digitales
propriae larga bo‘linib, barmoqlar oralig‗idan boradi
va II panja suyaklariga
yaqinlashganda barmoqlarning orqa Yuzalariga tarmoqchalar beradi. Shunday qilib,
a. tibialis anterior bilan a. tibialis posterior tarmoqchalari o‘zaro (aa. metatarseae
plantares, aa. metatarseae dorsales bilan) oyoq panjasiga rami perforantes hamda
arcus plantares vositasida ikki marta anastomozlashadi; d) a. digitalis plantares digiti
minimi – jimjiloqning (V) oyoq-kaft tomonidagi arteriyasi – a. plantares lateralis dan
boshlanib, oyoq-kaft tomonidan tashqi (lateral) Yuzaga borib tarqaladi.
Odam tik
Yurganda oyoq panjasining kaft Yuzasida joylashgan qon tomirlar ko‘pincha siqilib
qoladi. Shuning uchun oyoq panjasidagi ikkita arteriya ravog‗i yashash sharoitiga
moslasha borib, bir-biriga perpendikular ikkita sathda joylashadi; masalan, aa.
plantares medialis et lateralis o‘rtasida hosil bo‘lgan arteriya ravog‗i vertikal sathda
joylashadi.
Dostları ilə paylaş: