Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-davolash ishi fakulteti


Adabiyotlar QON BOSIMINI O’LCHASH — TONOMETRNI ISHLATISH QOIDALARI, ME’YORIY KO’RSATKICHLAR JADVALI



Yüklə 102,46 Kb.
səhifə3/7
tarix07.05.2023
ölçüsü102,46 Kb.
#109196
1   2   3   4   5   6   7
NODIRBEK MUSTAQIL ISH 2

Adabiyotlar QON BOSIMINI O’LCHASH — TONOMETRNI ISHLATISH QOIDALARI, ME’YORIY KO’RSATKICHLAR JADVALI


Qon bosimini o’lchash qanday amalga oshiriladi? Asosiy qoidalar, shuningdek, maqolada keltirilgan ko’rsatmalarga rioya qilish orqali siz qon bosimini to’g’ri va aniq o’lchashingiz mumkin.
Tonometr (sfigmomanometr) — arterial qon bosimini o’lchash uchun asbob.

Tonometr manjeta, manjetaga havo yetkazib berish uchun qurilma va manjetadagi havo bosimini o’lchaydigan manometrdan iborat. Bunga qo’shimcha ravishda, turiga qarab, tonometr stetoskop yoki elektron qurilma bilan jihozlangan bo’lib, uning yordamida manjeta ichidagi havo pulsatsiyasi qayd etiladi.

  • 1 Qon bosimini tonometr bilan aniq o’lchash uchun asosiy qoidalar

  • 2 Mexanik tonometr bilan qon bosimini o’lchash

  • 3 Qon bosimini avtomatik (elektron) tonometr bilan o’lchash

  • 4 Qon bosimi normasi qanday bo’ladi?

  • 5 Qon bosimi ko’tarilganda qaysi shifokorga murojaat qilish kerak?

  • 6 Video: Qon bosimini turli tonometrlar bilan to’g’ri o’lchash

QON BOSIMINI TONOMETR BILAN ANIQ O’LCHASH UCHUN ASOSIY QOIDALAR


  • Qon bosimini o’lchashdan 1 soat oldin bemor chekish, spirtli ichimliklar ichish yoki kofeinli mahsulotlarni iste’mol qilishdan bosh tortishi kerak;

  • Hojatxonaga borish istagi bo’lsa, qon bosimini o’lchamang, chunki to’la siydik pufagi bosim ko’rsatkichlarini taxminan 10 mm.sim.ust`ga oshiradi.

  • Qon bosimini tinch sharoitda, xona haroratida o’lchash kerak;

  • Qon bosimini o’lchash bemorning o’tirgan va bo’shashgan holatida amalga oshiriladi, bunda o’lchov u bo’shashganindan kamida 5 daqiqadan keyin boshlanadi;

  • Manjeta taqiladigan qo’l tirsagini taxminan yurak joylashgan darajadagi balandlikka joylashtirish kerak;

  • Qo’l alatta butunlay bo’shashgan bo’lishi kerak;

  • Amaliyot davomida gaplashish va harakat qilish mumkin emas;

  • Ikki o’lchovlar oralig’ida 3-5 daqiqali pauza qilish kerak, shunda manjeta bilan qisilgan tomirlardagi qon bosimi normallashadi.

Yüklə 102,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin