Sun‘iy intelekt: fikrlaydigan mashinalar va ongli robotlar
Fikrlash jarayonini avtomatlashtirish masalasi ham sun'iy intellekt
tushunchasi bilan uzviy bog‘liqlikka ega. Mashinaning fikrlashi birmuncha
g‘ayrioddiy ko‘rinadigan g‘oyadir. Hozirgi kunda "intellektual" deb nomalanadigan
mashinalarning, ya'ni, sun'iy intellekt "egalari"ning imkoniyatlari inson kabi fikrlash
darajasida emas. Ulardan olinadigan eng maksimum natija, hozirda murkkab, uzoq
vaqt talab qiluvchi va bir necha minglab xususiy va umumiy hollarni tahlil qilib
chiqishni taqozo etuvchi ilmiy farazlarni, asosan matematik teoremalarni va shunga
o‘xshash ho kazolarni muayyan shartlar asosida tezkorlik bilan tekshirib, natiajsini
13
ma'lum qilish bo‘lmoqda xolos. Ba'zan turli OAVlar orqali og‘iz ko‘pirtirib shov-
shuv qilinayotgan robot-androidlarning ham intellektual salohiyati aytaylik
o‘rtamiyona bilim darajasidagi o‘rta maktab bitiruvchisining bilim darajasichalik
emasdir. Shunga qaramay, shubhasiz, intellektual tizimlar hozirdayoq inson og‘irini
yengil qilishda, ma'nan mushkul va kuchli aqliy zo‘riqishni talab qiluvchi ishlarni
osonlashtirish va eng muhimi havfsizlashtirishda ular yaqin yordamchimizga
aylanib
bormoqda.
Yorqin
misol
sifatida
aeroportlarda
parvozlarni
muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi axborot-tahlil tizimlarini keltirish mumkin.
Ular, mavjud meteorologik vaziyat, samolyotlarning yetib kelish va uchib ketish
jadvali, masofa, tezlik va shunga o‘xshash yuzlab parametrlarni umumlashtirgan
holda, umumiy vaziyatni nazorat qiladi hamda, insonga - muhandisga eng maqbul
rejim haqida ma'lumotlarni taqdim etadi. Samolyotlarning o‘zidagi avtopilot
imkoniyatini ham shu qatorga qo‘shish mumkin. U parvoz davomida bemalol
uchuvchini o‘rnini egallab, ulkan laynerni boshqarib borishi mumkin. Bunday
tizimlar odatda ekspert tizimlar ham deyiladi. Lekin nima bo‘lganda ham, ular
dasturchilar tomonidan avvaldan belgilangan va mashina xotirasiga yozuilgan
muayyan algortim doirasida ishlaydi xolos. Aytaylik, algoritmda ko‘zda tutilmagan
favqulodda vaziyatlarda mustaqil ijodiy (kreativ) noan'anaviy qaror qabul qila
olmaydi. Baribir uchuvchi avtopilotdan voz kechib, o‘z bilimi va tajribasiga
tayanadi. Shunday ekan, hozirgi kundagi eng yuksak nou-xau timsoli bo‘lgan eng
mukammal intellektual mashinalarini ham inson kabi ong va tafakkur darajasiga ega
deb bo‘lmaydi. Ong va tafakkur esa intellektning asosidir. Shunga ko‘ra, sun'iy
intellekt atamasi, nazarimda biroz oshrib yuborilgandek go‘yo. Zero, sun'iy
mulohaza yuritadigan, to‘g‘rirog‘i avtomatik tahlil qiladigan mashinalar, balki
tahlilni bizdan ko‘ra tezkorroq bajarar, balki ularning xato qilish koeffitsiyenti
biznikdan pastdir. Lekin ularda ijodiy yondoshuv, hissiyot, hamda avvaldan biror
narsani ko‘zlab ish tutish hislati umuman mavjud emas. Ustiga ustak, shunday sun'iy
intellektni ham, siz bilan bizga o‘xshagan inson yaratgan!
Endi qiziq bir faktga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Ma'lumki, har qanday
kompyuter, demakki, sun'iy intellektga ega mashina, ikkilik sanoq tizimi asosida
14
ishlaydi. Bu haqidan maktab informatika kursida yetralicha ma'lumot beriladi. Atiga
ikkita raqamdan iborat sanoq tizimida esa, muayyan algoritmalarni bajarishda o‘ziga
xos cheklov-chegaralar yuzaga keladi. Xossatan, haqiqiy sonlar bilan ishlashda, yoki
taqribiy hisoblashlarda ikkilik sanoq tizimi yaramaydigan vaziyatlar yuzaga keladi.
1991-yilda matematik olim Devid Stautmayer 18 ta turli xildagi hisob-kitob
amaliyotlarni kompyuter dasturi yordamida bajarib, ularning barchasida natija
noto‘g‘ri chiqqanini, ya'ni, kompyuter (sun'iy intellekt) noto‘g‘ri ishlaganini isbotlab
berdi. Demak, sun'iy intellekt-kompyuter hamma masalani ham to‘g‘ri hal qila
olmasligining jiddiy ilmiy asosi bor ekan. Shu asosga ko‘ra, qo‘rqmay aytish
mumkinki, sun'iy intellekt hali-beri tabiiy intellektga dov bera olmaydi. Uning ayrim
xususiy hollarda (asosoan matematikada) insondan o‘zib ketishi esa, tezkorlik
xossasi evaziga xolos... Fikrlaydigan mashina, yoki sun'iy intellekt esa, hozircha
fantast yozuvchilar, hamda entuziast dasturchilarning orzusi o‘laroq qolib
ketmoqda. Balki shu yaxshidir?!...
TARIX
-
Dastlabki ishlanmalar.1950-yillarning oxirlarida tajribalar insonning qaror
qabul qilishiga taqlid qilish uchun kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
imkoniyati bilan boshlandi. Masalan, tibbiyotda diagnostika qo'llanilishi uchun
kompyuter yordamida tizimlar yaratila boshlandi.Ushbu dastlabki diagnostika
tizimlari natijada tashxis qo'yish uchun bemorga simptomlar va laboratoriya
tekshiruvi natijalarini kiritdi. Bu ekspert tizimlarining dastlabki shakllari edi.
-
Asosiy ishlanmalar.Oltmishinchi yillarning boshlarida aniq belgilangan
muammolarni hal qiladigan dasturlar ishlab chiqildi. Masalan, o'yinlar yoki mashina
tarjimalari..Ushbu dasturlar taqdim etilgan mantiqiy va matematik muammolarni hal
qilish uchun aqlli fikrlash usullarini talab qildi, ammo ular juda ko'p qo'shimcha
bilimlarni talab qilmadi..Tadqiqotchilar ko'plab qiziqarli muammolarni hal qilish
uchun dasturlar nafaqat muammolarni talqin qilish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak,
15
balki ularni to'liq tushunish uchun asosiy bilimlarga ehtiyoj borligini anglay
boshladilar..Bu asta-sekin ko'proq bilimga yo'naltirilgan ekspert tizimlarining
rivojlanishiga olib keldi.Ekspert tizimlari kontseptsiyasi 1965 yilda AQShning
Stenford universiteti professori Edvard Feygenbaum tomonidan rasmiy ravishda
ishlab chiqilgan.Feygenbaum yangi protsessor texnologiyasi va kompyuter
arxitekturasi tufayli dunyo ma'lumotlarni qayta ishlashdan bilimlarni qayta ishlashga
o'tayotganini tushuntirdi.
Dostları ilə paylaş: |