9
Hozirda SI turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy
tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning
uddasidan chiqa oladi.
1990 yillarda SI taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997
yilda Deep Blue
nomli IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni
yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi.
SIning yorqin namunalaridan yana biri – IBM Watson superkompyuteri
bo‘lib, u o‘z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi.
Shuningdek, ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan
mobil yordamchi
Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi dasturlarni SIning yutuqlaridan biri
sifatida qayd etish mumkin. Hozirga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda
ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab
olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining keragi
yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy
intellekt tomonidan
insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi.
FOYDAMI YOKI ZARAR?
SI haqidagi bahs-munozaralar qariyb 50 yildan beri davom etib kelmoqda.
Mutaxassislar hanuzgacha bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ba’zilar ularning
ommalashib odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy ishsizlik
ko‘rsatkichlari oshib ketishi mumkinligidan tashvishdalar.
Mutaxassislarning
boshqa
bir guruhi esa SIga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirishmoqda.
Hatto IT- sohasidagi milliarderlar orasida ham turli qarashlar mavjud.
Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask SIning butun boshli sivilizatsiyani
barbod qilishiga ishonchi komil.
Maskning fikricha, “SI insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. SI
mehnat bilan bog‘liq ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar
hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan
10
quvish
natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-
xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin”.
Shuningdek, Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarariga to‘xtalib o‘tadi.
“Bir necha o‘n yildan so‘ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach,
SI shu qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni xavotirga sola boshlaydi. Bu borada
Ilon Maskning fikriga qo‘shilaman. Ammo nega bu savol boshqalarni
tashvishlantirmayotganiga hech tushunolmayman”, – deydi Geyts.
“Boshqalar” deganda Geyts Facebook egasi Mark Sukerbergni nazarda tutgan
bo‘lsa, ajab emas. Chunki, Mark SIga nisbatan ijobiy
munosabatda ekanligini
bildirar ekan: “Yangi texnologiyalar har doim ham yaxshilik yoki yomonlik qilish
maqsadida yaratilishi mumkin. SIning keng tarqalishi ortidan keladigan ijobiy
natijani esa, yaqin 5-10 yil ichida ko‘ramiz”, deya Ilon Maskning fikriga e’tiroz
bildirgan edi.
Bugungi kunda ayrim davlatlarda robot-hamshiralar,
xaydovchisiz transport
vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan foydalanish yo‘lga
qo‘yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba’zi vazifalarini ham maxsus robotlar
bajarishyapti.
Olimlar
ularning
tashqi ko‘rinishini imkon
qadar
odamlarnikiga o‘xshatishga urinishmoqda.
Bundan tashqari, SI jurnalistlarning doimiy ko‘makchisiga aylanib ulgurgan.
Masalan, Associated Pressda “ishlayotgan” robotlar moliyaviy hisobotlarni yozib
boradi. SIning qo‘llanilishi ushbu nashrda har chorakda
beriladigan yangiliklarni
300 tadan 4400 taga oshirdi.
Swiss Re sug‘urta kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib 4,7
mln aholi ishsiz qolishi mumkin. Shuningdek, ishsizlik g‘aznachilar, pochta
xodimlari, hisobchilar va idora xizmatchilariga xavf solishi mumkinligi aytilgan. SI
ularning vazifasini bemalol bajara oladi.
Dostları ilə paylaş: