Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi


Sun‘iy intelekt: fikrlaydigan mashinalar va ongli robotlar



Yüklə 130,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix21.12.2023
ölçüsü130,44 Kb.
#188339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MT№4 Sayfullayeva Saida dav1

Sun‘iy intelekt: fikrlaydigan mashinalar va ongli robotlar 
 
Fikrlash jarayonini avtomatlashtirish masalasi ham sun'iy intellekt 
tushunchasi bilan uzviy bog‘liqlikka ega. Mashinaning fikrlashi birmuncha 
g‘ayrioddiy ko‘rinadigan g‘oyadir. Hozirgi kunda "intellektual" deb nomalanadigan 
mashinalarning, ya'ni, sun'iy intellekt "egalari"ning imkoniyatlari inson kabi fikrlash 
darajasida emas. Ulardan olinadigan eng maksimum natija, hozirda murkkab, uzoq 
vaqt talab qiluvchi va bir necha minglab xususiy va umumiy hollarni tahlil qilib 
chiqishni taqozo etuvchi ilmiy farazlarni, asosan matematik teoremalarni va shunga 
o‘xshash ho kazolarni muayyan shartlar asosida tezkorlik bilan tekshirib, natiajsini 


13 
ma'lum qilish bo‘lmoqda xolos. Ba'zan turli OAVlar orqali og‘iz ko‘pirtirib shov- 
shuv qilinayotgan robot-androidlarning ham intellektual salohiyati aytaylik 
o‘rtamiyona bilim darajasidagi o‘rta maktab bitiruvchisining bilim darajasichalik 
emasdir. Shunga qaramay, shubhasiz, intellektual tizimlar hozirdayoq inson og‘irini 
yengil qilishda, ma'nan mushkul va kuchli aqliy zo‘riqishni talab qiluvchi ishlarni 
osonlashtirish va eng muhimi havfsizlashtirishda ular yaqin yordamchimizga 
aylanib 
bormoqda. 
Yorqin 
misol 
sifatida 
aeroportlarda 
parvozlarni 
muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi axborot-tahlil tizimlarini keltirish mumkin. 
Ular, mavjud meteorologik vaziyat, samolyotlarning yetib kelish va uchib ketish 
jadvali, masofa, tezlik va shunga o‘xshash yuzlab parametrlarni umumlashtirgan 
holda, umumiy vaziyatni nazorat qiladi hamda, insonga - muhandisga eng maqbul 
rejim haqida ma'lumotlarni taqdim etadi. Samolyotlarning o‘zidagi avtopilot 
imkoniyatini ham shu qatorga qo‘shish mumkin. U parvoz davomida bemalol 
uchuvchini o‘rnini egallab, ulkan laynerni boshqarib borishi mumkin. Bunday 
tizimlar odatda ekspert tizimlar ham deyiladi. Lekin nima bo‘lganda ham, ular 
dasturchilar tomonidan avvaldan belgilangan va mashina xotirasiga yozuilgan 
muayyan algortim doirasida ishlaydi xolos. Aytaylik, algoritmda ko‘zda tutilmagan 
favqulodda vaziyatlarda mustaqil ijodiy (kreativ) noan'anaviy qaror qabul qila 
olmaydi. Baribir uchuvchi avtopilotdan voz kechib, o‘z bilimi va tajribasiga 
tayanadi. Shunday ekan, hozirgi kundagi eng yuksak nou-xau timsoli bo‘lgan eng 
mukammal intellektual mashinalarini ham inson kabi ong va tafakkur darajasiga ega 
deb bo‘lmaydi. Ong va tafakkur esa intellektning asosidir. Shunga ko‘ra, sun'iy 
intellekt atamasi, nazarimda biroz oshrib yuborilgandek go‘yo. Zero, sun'iy 
mulohaza yuritadigan, to‘g‘rirog‘i avtomatik tahlil qiladigan mashinalar, balki 
tahlilni bizdan ko‘ra tezkorroq bajarar, balki ularning xato qilish koeffitsiyenti 
biznikdan pastdir. Lekin ularda ijodiy yondoshuv, hissiyot, hamda avvaldan biror 
narsani ko‘zlab ish tutish hislati umuman mavjud emas. Ustiga ustak, shunday sun'iy 
intellektni ham, siz bilan bizga o‘xshagan inson yaratgan! 
Endi qiziq bir faktga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Ma'lumki, har qanday 
kompyuter, demakki, sun'iy intellektga ega mashina, ikkilik sanoq tizimi asosida 


14 
ishlaydi. Bu haqidan maktab informatika kursida yetralicha ma'lumot beriladi. Atiga 
ikkita raqamdan iborat sanoq tizimida esa, muayyan algoritmalarni bajarishda o‘ziga 
xos cheklov-chegaralar yuzaga keladi. Xossatan, haqiqiy sonlar bilan ishlashda, yoki 
taqribiy hisoblashlarda ikkilik sanoq tizimi yaramaydigan vaziyatlar yuzaga keladi. 
1991-yilda matematik olim Devid Stautmayer 18 ta turli xildagi hisob-kitob 
amaliyotlarni kompyuter dasturi yordamida bajarib, ularning barchasida natija 
noto‘g‘ri chiqqanini, ya'ni, kompyuter (sun'iy intellekt) noto‘g‘ri ishlaganini isbotlab 
berdi. Demak, sun'iy intellekt-kompyuter hamma masalani ham to‘g‘ri hal qila 
olmasligining jiddiy ilmiy asosi bor ekan. Shu asosga ko‘ra, qo‘rqmay aytish 
mumkinki, sun'iy intellekt hali-beri tabiiy intellektga dov bera olmaydi. Uning ayrim 
xususiy hollarda (asosoan matematikada) insondan o‘zib ketishi esa, tezkorlik 
xossasi evaziga xolos... Fikrlaydigan mashina, yoki sun'iy intellekt esa, hozircha 
fantast yozuvchilar, hamda entuziast dasturchilarning orzusi o‘laroq qolib 
ketmoqda. Balki shu yaxshidir?!... 
TARIX 

Dastlabki ishlanmalar.1950-yillarning oxirlarida tajribalar insonning qaror 
qabul qilishiga taqlid qilish uchun kompyuter texnologiyalaridan foydalanish 
imkoniyati bilan boshlandi. Masalan, tibbiyotda diagnostika qo'llanilishi uchun 
kompyuter yordamida tizimlar yaratila boshlandi.Ushbu dastlabki diagnostika 
tizimlari natijada tashxis qo'yish uchun bemorga simptomlar va laboratoriya 
tekshiruvi natijalarini kiritdi. Bu ekspert tizimlarining dastlabki shakllari edi. 

Asosiy ishlanmalar.Oltmishinchi yillarning boshlarida aniq belgilangan 
muammolarni hal qiladigan dasturlar ishlab chiqildi. Masalan, o'yinlar yoki mashina 
tarjimalari..Ushbu dasturlar taqdim etilgan mantiqiy va matematik muammolarni hal 
qilish uchun aqlli fikrlash usullarini talab qildi, ammo ular juda ko'p qo'shimcha 
bilimlarni talab qilmadi..Tadqiqotchilar ko'plab qiziqarli muammolarni hal qilish 
uchun dasturlar nafaqat muammolarni talqin qilish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak, 


15 
balki ularni to'liq tushunish uchun asosiy bilimlarga ehtiyoj borligini anglay 
boshladilar..Bu asta-sekin ko'proq bilimga yo'naltirilgan ekspert tizimlarining 
rivojlanishiga olib keldi.Ekspert tizimlari kontseptsiyasi 1965 yilda AQShning 
Stenford universiteti professori Edvard Feygenbaum tomonidan rasmiy ravishda 
ishlab chiqilgan.Feygenbaum yangi protsessor texnologiyasi va kompyuter 
arxitekturasi tufayli dunyo ma'lumotlarni qayta ishlashdan bilimlarni qayta ishlashga 
o'tayotganini tushuntirdi. 

Yüklə 130,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin