Shikoyatlari. Harakat-tayanch tizimining kasalliklarida bolalar va ularning ota-onalari suyaklarda va bo’g’imlardagi og’riqlar, bo’g’imlarning shishishi, harakat cheklanishiga shikoyat qiladilar.
Anamnez. Anamnezni yig’ishda revmatik kasalliklar bilan nasliylikni aniqlash lozim, ushbu kasallik arafasida bolaning sog’ligi holati (streptokokk, ichak yoki urogenital infeksiyalar bilan bog’liqligi), jarohatlar mavjudliginianiqlash muhimdir. Og’riq davomiyligi, lokalizatsiyasi (suyaklar, bo’g’imlar), shikastlanishning simmetrikligi, og’riqning tabiati va intensivligi, uning paydo bo’lish vaqti va sharoiti (ertalabki karaxtlik, tungi og’riqlar, jismoniy zo’riqishda va boshqalar), davomiyligini aniqlashtirish lozim. Suyak tizimining deformatsiyalanishida ularning paydo bo’lish vaqtini aniqlash kerak.