Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalarda raxit


Mushak tizimini o’rganish usullari



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə9/47
tarix11.04.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#55184
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Rahit metodechka

Mushak tizimini o’rganish usullari

Shikoyatlari. Eng tez-tez uchraydigan shikoyatlari mushaklarning kuchsizligi (miasteniya), harakatlarning cheklanishi va mushaklar og’rig’i (mialgiyalar) hisoblanadi.

Anamnez. So’rab surishtirganda mushaklarning shikastlanish belgilarining boshlanish vaqti, ularning boshqa klinik ko’rinishlar bilan bog’liqligi, oilaviy-nasliy xarakterini bilib olish mumkin.

Ko’zdan kechirish. Ko’zdan kechirganda aniqlanadi: mushaklarning rivojlanish darajasi (zaif, o’rta, yaxshi); ko’rinadigan rivojlanish nuqsonlari (bo’yin qiyshiqligi, churra va boshqalar).Hayotning birinchi oylarida bolalarda bukuvchi muskullarning gipertoniyasi bo’lganligi sababli, odatda bukilgan va tanaga yaqinlashtirilgan oyoqlarning mushaklar tonusi holati vizual aniqlanadi.

Pal’patsiya. Otirilgan holatda amalga oshiriladi; qo’llar va oyoqlar, gavda, bo’yin muskullarining tinch paytda paypaslanadi (zichlashish, atrofiya sohalari); oyoq-qo’llarning mushaklari tonusi (me’yorda, gipotoniya, gipertoniya) va kuchi aniqlanadi (yoshga mos keladi, pasaygan).

1. Mushak tonusi – bu markaziy asab tizimi tomonidan nazorat qilinadigan skelet mushaklarining doimiy zo’riqish holatidagi ish faoliyatihisoblanadi. Mushak tonusi-bu tadqiqotchi tomonidan oyoq-qo’llarnipassiv bukish va yozish orqali aniqlanadigan sub’yektiv sezgidir.

2. Mushaklarning kuchi.  Bolalarda mushaklarning kuchi yosh ulg’aygan sari sezilarli darajada oshadi. Odatda, o’ng qo’l chapdan kuchliroq va o’g’il bolalarning mushaklari kuchi qizlarnikidan ko’proqdir. Mushaklarning kuchi bolaning harakatiga qarshilik qilish uchun kerak bo’lgan kuchning darajasi bilan baholanadi. Mushaklarning kuchi– bu bolaning faol harakatlarida, masalan, o’yinchoqni tortib olganda ko’rsatadigan (erta yosh bolalar uchun) qarshiligidir. Ancha katta bolalarda esa egilgan qo’lning (oyoqlarning) yozilishiga qarshilik ko’rsatish talab qilinadi. Mushak kuchini dinamometrning ko’rsatkichlariga ko’ra (mushak kuchini) ob’yektiv ravishda baholash mumkin. O’lchovlar katta yoshdagi bolalarda uch marta amalga oshiriladi, maksimal natija qayd etiladi.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin