Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalarda raxit


SUYAK – MUSHAK TIZIMINI O’RGANISH USLUBI



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə8/47
tarix11.04.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#55184
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
Rahit metodechka

SUYAK – MUSHAK TIZIMINI O’RGANISH USLUBI

Anatomik va fiziologik xususiyatlari. Suyak to’qimasi-dag’al tolali tuzilishga ega, mineral tuzlarga boy emas, suv va organik moddalarga boy. Natijada, suyaklar egiluvchan, ular kamdan-kam hollarda sinadi, lekin oson deformatsiyaga uchraydi.

Boshsuyagi. Bosh suyagi choklari keng, to’liq yopilmagan. Suyaklar birikish joyida biriktiruvchi to’qima membranasi bilan qoplangan liqildoqlar mavjud. Hammasi bo’lib 6 taliqildoqlarbor.

Katta liqildoq bosh suyagining frontal va pariyetal suyaklari orasida joylashgan va rombsimon shaklga ega. Uning o’lchamlari 2×2,5 sm. Tug’ilganda hamma bolalarda ochiq holatda bo’ladi. 12-15 oylarga yopiladi.Kichik liqildoqpariyetal va ensa suyaklari o’rtasida joylashgan. Ko’pgina bolalarda tug’ilish vaqtida yopiq, ammo barcha erta chala tug’ilgan chaqaloqlarda va taxminan to’liq muddatli tug’ilgan chaqaloqlarning25% ida ochiq bo’ladi. 2-3 oy davomida yopiladi.

Lateral liqildoqlar frontal, pariyetal va ensa suyaklar orasida juft bo’ladi, faqatginao’ta yetilmagan chaqaloqlarda ochiq bo’lishi mumkin.

Yangi tug’ilgan chaqaloqning orqa miyasi kattalarnikidan farqli o’laroq, fiziologik burilishlarga ega emas, ular motor ko’nikmalar rivojlanishi bilan shakllana boshlaydi: 2 oylikda chaqaloq boshini ushlab boshlaganda, bo’yin lordozi paydo bo’ladi; 6 oylikda bola o’tira boshlaganda, ko’krak kifozi paydo bo’ladi; 12 oyga kelib, bola yurishni boshlaganda esa bel lordozi paydo bo’ladi.

Qovurg’alar qizil suyak iligini saqlaydi, ularning yo’nalishi deyarli gorizontal. Yangi tug’ilgan chaqaloqning tishlari ko’rinmaydi, garchi sut va doimiy tishlarning rudimentlari bo’lsa ham.  Sut tishlari ma’lum tartibda yorib chiqadi. Birinchi bo’lib 6 oy ichida ikki pastki kesuvchi tishlar, 8-9 oylikda yuqori ikki kesuvchi tishlar, 10 oylikda pastki lateral tishlar yorib chiqadi. 1 yoshga kelib o’rtacha 8 tish bo’lishi kerak. Sut tishlari 20 ta bo’lib, to’liq shakllanishi 2 yoshga to’g’ri keladi. Sut tishlarini hisoblash uchun formula ( 2-yoshgacha): p-4 (p – bolaning oylari soni) .

5-7 yoshdan boshlab sut tishlari doimiy tishlarga almashib boshlanadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda mushaklar kam rivojlangan.  3-4 oygacha bukuvchi mushaklarining fiziologik gipertonusi xarakterli bo’lib, harakatlar xaotik, muvofiqlashmagan bo’ladi.  Qo’l mushaklari gipertoniyasi

2-2,5 oyga, oyoqlarniki esa 3-4 oyga yo’qoladi. Bolaning o’sishi bilan mushak tizimi rivojlanadi, kuchi, qobiliyati va mushak hajmi oshadi.




Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin