3. XALQARO KASALLIKLAR TASNIFI – 10 (XKT-10) KODLARI
E 55.0. - Raxit faol shakli.
4. EPIDEMIOLOGIYASI
Kasallik qadim zamonlardan beri ma’lum. 1650 yilda ingliz anatom va ortopedi F. Glisson raxit kasalligiklinikasi va patologik anatomik manzarasini tasvirlab bergan. XX asrning boshlarida K. Xaldishinskiy kvars chiroq bilan nurlanishning kasallikka ijobiy ta’sir ko’rsatishini aniqladi.
I.A. Millenbi baliq yog’ida raxitni davolashga olib keladigan ba’zi moddalar mavjudligini aniqladi. Keyingi yillarda I. I. Makkollum baliq yog’ida raxitga qarshi vitamin borligini taxmin qildi, 1936 da A. Vindouz esa uni kashf etdi va D vitamini deb taklif qildi.
XX asrning oxirlari va XXI asrning boshlarida o’tkazilgan keyingi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, D vitamini yetishmovchiligi nafaqat chaqaloqlar va yosh bolalarda, balki o’smirlarda ham, kattalarda ham, ayniqsa postmenopauza davrida keksa ayollarda ham uchraydi.
Raxit barcha mamlakatlarda jumladan shimoliy hududlarda ham, issiq iqlim mamlakatlarda ham uchraydi.
D vitamini metaboliti–gidroksivitamin D (25-ON-vitamin D)ning qon zardobidagi miqdoriga qarab odatda D vitamining me’yoriy ko’rsatkichi, yetishmasligi yoki gipervitaminoz holatlari aniqlanadi − D vitamini yetishmasligida qon zardobida uning miqdori 20 ng/ml darajasidan past; D vitamini yetishmovchiligi oldi holati – 21-29 ng/ml oralig’ida bo’ladi.
– bolalar va kattalardagi qon zardobidaD vitamini me’yoriy ko’rsatkichi>30 ng/ml dan yuqori bo’lishi kerak.
Quyosh nuri yetishmovchiligi yoki atmosfera qatlamlarining kuchli changlanishi bo’lgan barcha mamlakatlarda gidroksivitamin D tarkibini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlarda uning yetishmovchiligini qayd etildi. O’smirlar va kattalardagi D vitamini yetishmovchiligining namoyon bo’lishi "osteopeniya", "osteoporoz", "osteomalyatsiya"deb ta’riflanadi.
"Osteopeniya" atamasi suyaklarda mavjud bo’lgan o’zgarishlaretiologiyasi va ta’rifi ko’rsatilmasdan suyakdagi suyak massasining past miqdorini tavsiflaydi. Osteopeniyaning eng keng tarqalgan uchta turi mavjud: osteoporoz, osteomalyatsiya va fibroz-kistoz ostit.
"Osteoporoz" - skeletning tizimli kasalligi bo’lib, suyaklardagi o’zgarishlar, arxitektonikaning mikro buzilishlari va suyak massasining pasayishi shaklida namoyon bo’ladi, bu esa suyaklarning mo’rtligini sezilarli darajada oshishiga va ularning sinish imkoniyati oshishiga olib keladi.
"Osteomalyatsiya" - suyakda mineral komponentning tarkibi kamayadi va demineralizatsiyalangan organik matriksning (osteoidning) miqdori ortadi. Suyak yumshoq bo’ladi, zichligini yo’qotadi, deformatsiyalanishi mumkin.
"Fibroz-kistoz ostit " - suyak to’qimasini shakllanishining buzilishi, unda suyak moddasining rezorbsiyasi kuchayadi va keyinchalik suyak to’qimasining fibroz-retikulyar to’qima bilan almashinishi kuzatiladi. Osteopeniya buzilishining kam uchraydigan varianti bo’lib, giperparatiroidizmning asosiy belgisi sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |