Xulosani shakllantirishga misollar.
Misol № 1. "Mushak tonusi yetarli, passiv va
faol harakatlar to’liq hajmda amalga oshiriladi, mushaklar kuchi
yaxshi". (Norma).
Misol № 2. Skeletning o’zgarishi aniqlandi – ensa liqildog’i tekislanishi, “qovurg’a chyotkasi” va garrison egatining mavjudligi, oyoqlarning varusli deformatsiyasi aniqlandi". (Raxitning oqibatlari).
2. MAQSAD VA TA’RIFI
Chaqaloqlar va eta yoshdagi bolalarda raxit kasalligining rivojlanishining eng muhim sababi – bu organizmdaD vitamini yetishmasligining paydo bo’lishidir. D vitamini ning nafaqat chaqaloqlar, bolalar va o’smirlarning suyak tizimi holatini shakllantirish va saqlash, raxit, osteopeniya rivojlanishining oldini olish xususiyati, balki organizmga boshqa juda muhim ta’sirlari ham mavjud. Shu munosabat bilan, raxitning oldini olish, tashxis qo’yish, davolash chora-tadbirlarinio’z vaqtidaolib borish kelajakda o’smirlar, kattalar va qariyalarda turli kasalliklarning rivojlanishini kamaytirish uchun muhimdir.
Raxit– bu suyak to’qimasining minerallashuvi yetishmasligi tufayli suyak shakllanishi buzilishida namoyon bo’lgan chaqaloqlar va yosh bolalarning kasalligidir. Kasallikni keltirib chiqaruvchi yetakchi etiologik omil – bu bolalar hayotining birinchi (asosan dastlabki ikki yil) yillarida, ya’ni jadal o’sishi davrida D vitamini va uning metabolitlarining yetishmasligidir.
Dostları ilə paylaş: |