III darajali (og’ir)
Hozirgi kunda juda kam uchraydi. Markaziy asab tizimi jarayonga jalb qilinadi: bola rivojlanishdan o’z tengdoshlaridan ortda qoladi, erishilgan ko’nikmalar yo’qoladi, sust, tormozlangan bo’lib qoladi, uyqu buzilishi, ishtahaning pasayishi kuzatiladi. Skeletning deyarli barcha suyaklari jarayonga jalb qilinadi: yuz va kalla bosh suyagi, ko’krak qafasi, umurtqa pog’onasi, chanoq suyagi, oyoq va qo’llar "antiqa" deformatsiyalar shaklida. Katta bo’lmagan ta’sirotlardan sinishlar bo’laklar siljishi yoki siljimasligi bilan paydo bo’ladi. Mushak gipotoniyasi yaqqol ifodalangan. Ichki a’zolar tomonidan o’zgarishlar yaqqol bo’ladi: jigar va taloq sezilarli darajada kattalashgan, yurak, nafas olish tizimi, oshqozon-ichak trakti funksiyasi buziladi, og’iranemiya rivojlanadi.
Raxit davrlari
Kasallikning davrini aniqlash uchun vegetativ tizim tomonidan kuzatiladigan klinik alomatlar, suyak o’zgarishlarining yaqqolliligi va biokimyoviy o’zgarishlar talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |