Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalarda raxit



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə22/47
tarix11.04.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#55184
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Rahit metodechka

Boshlang’ich davri

Kasallik ko’pincha 3-4 oylik davrida namoyon bo’ladi, lekin ba’zida 1-2 oylikda paydo bo’ladi va 1,5 haftadan 2-3 oygacha davom etadi.

Kasallik boshlanishida vegetativ asab tizimining belgilari ustun turadi va faqat shu davr oxiriga kelib, katta liqildoq va yoysimon choklar chekkalarida yumshoqlik ko’rinishidasuyak tizimidagi o’zgarishlar paydo bo’ladi. Mushak gipotoniyasi, qabziyat kuzatilishi mumkin.

Paraklinik biokimyoviy qon tahlilida ravishda normokal’siyemiya, gipofosfatemiya, ishqoriy fosfataza faolligining oshishi,kal’sidiol (25- ON-D) va kal’siytriol [1,25 -(ON)2-D] miqdorlarining kamayishi aniqlanadi. Siydikda –fosfaturiya, aminoatsiduriya, sAMFchiqishi ortadi. Rentgenologik o’zgarishlar aniqlanmaydi.



Avj olish davri

Klinik manzarasida suyaklarning shikastlanish belgilari ustunlik qiladi, ularning yaqqolliligi jarayonning og’irlik darajasi va kechishiga bog’liq. Osteomalyatsiya, osteoid giperplaziyasi, suyak to’qimasi gipoplaziyasi, suyak deformatsiyalari ko’rinishida suyak to’qimasining zararlanishi barcha turlarini kuzatish mumkin. Avj olish davrida mushak tizimi, bog’lam apparati, ichki a’zolar, qon yaratish a’zolari va boshqa tizimlardagi o’zgarishlar yaqqol ifodalangan:



  • ifodalangan mushak gipotoniyasi;

  • bo’g’im-bog’lam apparatining zaifligi;

  • jigar va taloqning kattalashishi;

  • gipoxrom anemiya;

  • boshqa a’zolar va tizimlar tomonidan funksional buzilishlar.

Biokimyoviy qon tahlilidayetarli gipokal’semiya, gipofosfatemiya, ishqoriy fosfataza faolligining oshganligi qayd etiladi.

Rentgenogrammada raxit uchun xos suyak o’zgarishlari kuzatiladi: metafizni kengayganligi sababliepifiz va diafiz o’rtasidagi oraliqning ortishi, kal’sifikatsiya zonasining gorizontal va notekisligi, osteoporoz, suyaklarning ossifikatsiyasi yadrolari noaniqligi, uzun naysimon suyaklar va qovurg’alarning "yashil novdalar" ko’rinishidagi sinishlari kuzatilishi mumkin.




Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin