Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalarda raxit


Raxitning og’irlik darajalari



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə20/47
tarix11.04.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#55184
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Rahit metodechka

Raxitning og’irlik darajalari

I darajali (engil)

Kalla suyagi asosi va ko’krak qafasining jarayonga jalb qilinishi bilan kechuvchi asab va suyak tizimlari tomonidan raxit kasalligining oz miqdorda yaqqol ifodalanmagan belgilari kuzatiladi. Ba’zan muskullarning ifodalanmagan gipotoniyasi kuzatiladi. I darajali raxitdan keyin qoldiq ko’rinishlar qayd etilmaydi.



II daraja (o’rtacha og’ir)

Umumiy holatning yaqqol buzilishi va asab, suyak, mushak va qon yaratish tizimlardagi o’rtacha o’zgarishlar bilan tavsiflanadi. Raxitning bu darajasida boshsuyagi, ko’krak qafasi va oyoq-qo’llarining yaqqol deformatsiyalari, jigar va taloqning biroz kattalashishi, o’rtacha anemiya kuzatiladi. Asab tizimi tomonidan vegetativ bo’limning disfunksiyasi belgilari saqlanib qoladi va markaziy asab tizimi tomonidan o’zgarishlar-statik va lokomotor funksiyalari rivojlanishdanorqada qoladi, bola boshini tiklashi, o’tirishi, turishi va yurishi kech boshlanadi, passiv harakatlar ularda odatda salbiy xissiyotlar chaqiradi, xulqi, uyqusi, ishtahasi buziladi;

Suyak to’qimasi tomonidan ustunlik qiladi:


  • osteoid giperplaziyasi belgilari: peshona va tepa do’ngliklar, qovurg’a "chetkalari", boldirlarning qalinlashishi, bilagida "bilakuzuklar", barmoqlar ustida "marvarid iplari" simptomlari;

  • suyak to’qimasi gipoplaziyasi belgilari: naysimon suyaklarning uzunasiga o’sishdan orqada qolishi tufayli o’sishning kechikishi, sut va doimiy tishlarning kech yorib chiqishi puflash, liqildoqlarning kech yopilishi, yassi chanoq;

  • suyak deformatsiyalari, mushak gipotoniyasi oqibatida: kengaytirilgan pastki diafragma bilan skolioz, lordoz, bel kifozi ko’rinishidagi umurtqa pog’onasi qiyshayishlari va ko’krak qafasining pastki yoyining tashqariga aylanganligi, "qo’ng’iroq shaklidagi","tovuq ko’krak", “etikdo’zko’kragi" ko’rinishidagi deformatsiyalari, oyoqlarning– O-simon shaklidagi (genu varum), X-simon (genu valgum) va boshqa(coxa vara, genu recurvatum) ko’rinishdagi deformatsiyalar aniqlanadi. Mushaklarning yaqqol gipotenziyasi va bog’lam apparatining zaifligi bilan tavsiflanadi. CHalqanchasiga yotgan holatida bemor chaqaloqlar osonlik bilan oyog’ini boshiga qarab tortadi, oyoq birinchi barmog’ini so’radi, oyog’ini yelkasiga qo’yadi, ularda qorin devorining mushaklarining kuchsizligidan kelib chiqadigan katta "qurbaqa" qorin xos; deyarli har doim to’g’ri qorin mushaklarining ajraluvchanligi mavjud.

  • Jigar va oshqozon-ichak traktining funksional kasalliklari yuzaga keladi. Oqsil, lipid metabolizmidagi o’zgarishlar, V1, V6, V5, A, ye, S vitaminlari, mis, rux, magniy elementlarining yetishmasligi aniqlanadi.

  • Ko’krak qafasi deformatsiyasi, mushaklarning gipotoniyasi, diafragma harakatining cheklanishi tufayli o’pka ventilyatsiyasi buziladi, o’pkaning yallig’lanishiga moyilligi paydo bo’ladi, yurakda distrofik o’zgarishlar aniqlanadi.

  • Gipoxrom, asosan temir tanqisligi anemiyasi, ammo aminokislotalar, mis va ruxning yetishmasligi tufayli bo’lishi mumkin.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin