Fosfopenik raxit
Kasallikning ushbu ko’rinishida suyaklarda osteoid to’qimalarining giperplaziyasi ustunlik qiladi. Klinik manzarasida umumiy behollik, tormozlanish, yaqqol mushak gipotoniyasi, bog’lam apparatining zaifligi, "qurbaqa qorni" kuzatiladi.
Qon biokimyoviy tahlilida gipofosfatemiya, paratgormon va kal’sitoninning yuqori darajasi aniqlandi. Siydikda-giperfosfaturiya va siklik nukleotidlarning (tsAMF va sGMF) ko’p miqdorda chiqarilishi xos.
Qonda kal’siy va fosfor konsentratsiyasida sezilarli o’zgarishsiz raxit
Suyaklardagi mineral metabolizmi buzilgan bu shaklida bolalarda osteoid to’qimalarining yaqqol bo’lmagan giperplaziyasi mavjud bo’lib ( odatda tepa va peshona do’ngligi aniqlanadi), asab va mushak tizimlari tomonidan yaqqol klinik o’zgarishlar kuzatilmaydi.
Qon biokimyoviy tahlilidaparatgormonning o’rtacha o’sishi, kal’sitonin, kal’siy va fosforning me’yoriy miqdori aniqlanadi. Siydikda siklik nukleotidlarning (tsAMF va sGMF), shuningdek, kal’siy va fosforning ajralishi oshmaydi.
S. O. Dulitskiy tomonidan tavsiya etilgan va bolalar shifokorlarining VIButunittifoq s’yezdida (1947) qabul qilingan tasnifiga ko’ra jarayon og’irlik darajasi, kasallik va kechishdavrlarigabo’linadi.
Og’irlik darajasiga ko’ra, jarayon yengil, o’rta og’ir va og’ir– mos ravishda І, ІІ, ІІІ darajada kechishi mumkin.
Kasallik davri bo’yicha – boshlang’ich, avj olishi, qayta tiklanish va qoldiq ko’rinishlarga ajratiladi.
Kechish tabiatiga ko’ra o’tkir, o’tkir osti va qaytalanadigan turlarga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: |