Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalarda raxit



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə14/47
tarix11.04.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#55184
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
Rahit metodechka

Etiologiya. Organizmdagi fosfor-kal’siy almashinuvi quyidagi jarayonlar bilan namoyon bo’ladi: 1. ichakda fosfor va kal’siyning so’rilishi; 2. qon va suyak to’qimalari o’rtasidagi o’zaro almashinishi; 3. kal’siy va fosforning organizmdan ajralishi – buyrak kanalchalarida qayta so’rilishi, reabsorbsiyasi. Kal’siy almashinuvining buzilishiga olib keladigan barcha omillar qisman kal’siyningsuyaklardan qonga yuvilishi orqali kompensatsiyalanadi, bu esa osteomalyatsiya yoki osteoporozning rivojlanishiga olib keladi. Chaqaloqlarning kal’siyga bo’lgan kundalik ehtiyoji 1 kg vazn uchun 50 mg ni tashkil etadi. Kal’siyning eng muhim manbai sut mahsulotlari hisoblanadi. Kal’siyning ichakda so’rilishi nafaqat uning ovqat mahsulotlaridagi miqdoriga, balki uning eruvchanligi, fosfor bilan nisbati (optimal 2:1), o’t tuzlari mavjudligi, pH muhiti (ishqoriy muhit qancha yaqqol bo’lsa, so’rilishi shuncha yomon bo’ladi) kabi omillarga ham bog’liq.  Kal’siyning asosiy tartibga soluvchisi vitamin D hisoblanadi. Kal’siyning asosiy hajmi (90% dan ortiq) va 70% fosfor noorganik tuzlar ko’rinishida suyaklarda joylashgan. Suyak to’qimasi butun hayoti davomida 3 tip hujayra: osteoblast, osteotsit va osteoklastlarning o’zaro ta’siridan iborat bo’lgan doimiy yangilanish va parchalanish jarayonida bo’ladi. Suyaklar kal’siy va fosfor metabolizmini boshqarishda faol ishtirok etadi va ularning qondabarqaror darajasini saqlab turadi. Qon kal’siy va fosfor miqdorining pasayishida (Ca×P mahsuloti doimiy ko’rsatkichbo’lib,uning qiymat 4,5-5,0 ga teng) suyakning osteoklastlar ta’sirini faollashishi hisobiga rezorbsiyasi rivojlanadi, bu esa ushbu ionlarning qon oqimiga tushishini oshiradi; bu koeffitsiyent oshganda suyakda tuzlarning ortiqcha to’planishi sodir bo’ladi. Qonda mavjud bo’lgan kal’siyning yarmi plazma oqsillari (asosan al’bumin bilan) bilan bog’langan holatda bo’ladi. Plazma oqsillari bilan bog’langan kal’siy ionlashtirilgan kal’siyning kerakli darajasini saqlab qolish uchun zahira sanaladi. Kal’siy va fosforning buyraklar orqali chiqarilishi  qondagi tarkibiga parallel ravishda sodir bo’ladi. Kal’siyning qondagi miqdori me’yorda bo’lsa, siydik orqali ajralishi ko’p bo’lmaydi, gipokal’siyemiyada bu ko’rsatkich keskin kamayadi, giperkal’siyemiyada esa kal’siy miqdorini siydikda oshiradi. Fosfor-kal’siy metabolizmining asosiy regulyatorlari D vitamini bilan birga paratireoid gormoni (PG) va kal’sitonin (KT) – qalqonsimon bez gormoni hisoblanadi. " D vitamini" nomi bilan fosfor-kal’siy metabolizmiga ta’sir qiluvchi, o’simlik va hayvonot mahsulotlarida mavjud bo’lgan moddalar guruhi (10 ga yaqin) tushuniladi. Ulardan eng faollari ergokal’siferol (vitamin D2) va xolekal’siferol (vitamin D3) hisoblanadi. Ergokal’siferol oz miqdorda o’simlik yog’i, bug’doy urug’ida; xolekal’siferol - baliq yog’i, sut, sariyog’, tuxumda mavjud. D vitamini uchun fiziologik kunlik ehtiyojetarli darajada barqaror bo’lib, 400-500 ME ni tashkil etadi. Homiladorlik va emizish davrida u 1,5 marta, maksimal 2 marta oshadi.

Organizmning D vitamini bilan me’yoriy ta’minlanishi nafaqat uning oziq-ovqat mahsulotlari bilan kirishi, balki UB nurlari ta’siri ostida terida hosil bo’lishi bilan ham bog’liq. Shu bilan birga ergosteroldan (D2vitamini avlodi) ergokal’siferol hosil bo’ladi va 7 - degidroxolesteroldan (D3vitamini avlodi) – xolekal’siferol hosil bo’ladi. 

D vitamini biotransformatsiyasi. yetarli insolyatsiya bo’lganda (qo’llarning 10 daqiqali nurlanishiyetarli) terida kerakli miqdorda D vitamini sintezlanadi. Tabiiy insolyatsiya yetishmasligida: klimatogeografik xususiyatlar,yashash sharoitlari(qishloq aholisi yoki sanoat shaharlari), maishiy omillar, yil fasllari kabi omillar ta’siri bo’lganda D vitamining yetishmaydigan qismi oziq-ovqat mahsulotlari yoki dori shaklida kiritilishi lozim. Homilador ayollarda D vitamini platsentada depo sifatida saqlanadi, bu esa chaqaloqlarni tug’ilganidan keyin bir muddatga raxitga qarshi moddalar bilan ta’minlaydi. D 2 va D 3 vitaminlari juda kam biologik faollikka ega. Nishon a’zolarga (ichak, suyak, buyraklar) fiziologik ta’siri ularning metabolitlari tomonidan amalga oshiriladi, ular jigar va buyraklarda enzimatik gidroksillanishi natijasida hosil bo’ladi. Jigarda gidroksilaza ta’siri ostida 25-gidroksixolekal’siferol 25(ON) D3-kal’sidiyerol hosil bo’ladi. YAna bir gidroksillanish natijasida buyraklarda digidroksixolekal’siferol – 1,25-(ON)2 D3 - kal’sitriyerol sintezlanadi, bu D vitamining eng faol metaboliti sanaladi.Bu ikkita asosiy metabolitlardan tashqari, organizmda D3 vitamininingboshqa birikmalari – 24,25(OH)2D3, 25,26(OH)2D3, 21,25(OH)2D3 lar sintezlanadi, ularning ta’siri yetarli darajada o’rganilmagan. D vitamining organizmdagi asosiy fiziologik funksiyasi (ya’ni uning faol metabolitlarining)– organizmning fosfor-kal’siy gomeostazini tartibga solish va yetarli darajada ushlab turish 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm. Organizmning fosfor-kal’siy gomeostazini tartibga solish va yetarli darajada ushlab turish

Bu uning kal’siyning ichakdagi so’rilishi, uning tuzlarinisuyak to’qimalarida yig’ilishi (suyaklarning mineralizatsiyasi) va buyrak kanalchalarida kal’siy va fosforning reabsorbsiyasiga ta’siri bilan ta’minlanadi. 25-gidroksilaza jigar 25(ON)D-kal’sifedeoli buyrak kal’sifedeol 1-ά-gidroksilaza 1,15(ON)2-vitamin-D - gormon-kal’sitriol. Qonda kal’siyning past darajasida skeletning mineralizatsiyasini ta’minlash, mushak faoliyatini ta’minlash uchun komplekslar: kal’sitriol + al’fa globulin transport shakli → D vitamini faol metabolitlari: kal’sitriol, 24, 25-dioksikal’siferollar qo’llaniladi. Tetaniyaning oldini olish uchun fosfor-kal’siy almashinuvining eng muhim boshqaruvchisi paratgormon (PG) hisoblanadi.  Gipokal’semiya mavjudligida va ayniqsa, ionlashtirilgan kal’siy konsentratsiyasining plazma va hujayra tashqarisidagi suyuqlikda pasayishi ushbu gormonning qalqonsimon oldi bezlari tomonidan ishlab chiqarilishi kuchayadi. Paratgormon uchun asosiy nishon a’zolar buyraklar, suyaklar va kamroq darajada oshqozon-ichak trakti hisoblanadi. Paratgormonning buyraklarga ta’siri kal’siy va magniyning reabsorbsiyasining oshishi bilan namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, fosforning reabsorbsiyasi kamayadi, bu esa giperfosfaturiya va gipofosfatemiyaga olib keladi. Bundan tashqari, paratgormon buyraklarda kal’sitriol hosil bo’lish qobiliyatini oshiradi, shu bilan ichakdagi kal’siyning absorbsiyasini oshiradi. Suyak to’qimasida paratgormon ta’siri ostida suyak apatitlaridan kal’siy eruvchan shaklga o’tadi, buning natijasida uning mobilizatsiyasi va qonga chiqishi kuzatiladi, bu osteomalyatsiya va hatto osteoporozning rivojlanishi bilan birga keladi. Shunday qilib, paratgormon asosiy kal’siy saqlovchi gormondir. U kal’siy gomeostazasini tezda tartibga solish, D vitamini va uning metabolitlarining funksiyasi bo’lgankal’siy metabolizmini doimiy tartibga solishni amalga oshiradi. PG shakllanishi gipokal’semiya bilan rag’batlantiriladi, qonda kal’siyning yuqori darajasi bilan uning mahsulotlari kamayadi. Kal’siy almashinuvining uchinchi boshqaruvchisi kal’sitonin (KT) bo’lib – qalqonsimon bezning parafollikulyar apparatining C hujayralari tomonidan ishlab chiqariladigan gormon hisoblanadi. Kal’siy gomeostazasiga ta’sir qilish bo’yicha u paratgormon antagonisti sanaladi. Uning sekretsiyasi qonda kal’siy darajasining oshishi bilan kuchayadi va pasayish bilan kamayadi. Oziq-ovqatda ko’p miqdorda kal’siyli parhez ham kal’sitonin sekretsiyasini oshiradi.




Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin