Ko’zdan kechirish. Yuqoridan pastga qarab ketma-ket bajariladi: bosh, keyin gavda (ko’krak qafasi, orqa miya) va oyoq-qo’llar.
Ko’zdan kechirish paytida aniqlanadi:
- boshning shakli (makro yoki mikrotsefaliya; “Olimpiya peshonasi”, “minora boshi”;
- tishlarning soni va holati;
- ko’krak qafasi shakli (tekis-epigastral burchak o’tkir, silindrsimon – epigastral burchak to’g’ri, konussimon-epigastral burchak o’tmas), deformatsiyalar mavjudligi (asimmetriya, kilsimon, voronka shaklida, bochka shaklidagi);
- umurtqa pog’onasi holati (umurtqa pog’onasiegriligi mavjudligi, asosan bel sohasida ko’p uchraydi (lordoz) - oldinga siljish; ko’krak qafasida (kifoz) – orqaga qiyshayish va yon tomonlarga qiyshayish - skolioz holatlari;
Qad-qomatning buzilishini aniqlash uchun boladan qo’llarini tanasi bo’ylab tushirib to’g’ri turishni so’rash, 2-3 daqiqa davomida kuzatish kerak. yelkalar kengligi, kurak suyaklari pastki burchaklari, ko’krak bezi, bel uchburchaklarning (qo’lning ichki chizig’i va bel chizig’i orasida har ikkala tomonda hosil bo’ladi)joylashuvi baholanadi. Odatda ular nosimmetrik. Boladan qo’llari bilan polga yetib olish so’raladi, kompensator mushak valik mavjudligi aniqlanadi. Skoliozga qarama-qarshi tomonda kompensator mushak valiki paydo bo’ladi.
- oyoqlarning shakli (O - va X-simon shakllar);
- bo’g’imlar shakli;
- oyoq kafti deformatsiyasi (oyoq tovoni qismining tekisligi - yassi oyoqlik)
Pal’patsiya. Ko’pincha ko’zdan kechirish bilan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi:
Kalla qismi-bosh barmoqlarni peshona qismiga, kaftlar esachakka qismiga qo’yib tekshiriladi (tepa va ensa suyaklari, liqildoq, choklarning holati baholanadi); katta liqildoq o’lchamlariqarama-qarshi tomonlar orasida aniqlanadi; chekkalarining tarangligi aniqlanadi; kalla suyagiga nisbatan liqildoqning joylashuvi holati baholanadi (liqildoqkalla suyagi sathida joylashgan bo’lishi kerak, uningichkariga botishi eksikozdan, liqildoqning taranglashishi, tashqariga bo’rtishi – kalla ichi bosimining oshishi, miya shishi holatlaridandalolat beradi).
- ko’krak qafasi, - yon tomondan siqib, ko’krak qafasiningqarshiligi, elastikligi, qovurg’alar qalinlashishi aniqlanadi.
- bo’g’imlarda quyidagilarni aniqlanadi:
a) o’lchamlari (sm);
b) harorati;
C) og’riqliligi;
D) passiv va faol harakatlar hajmi;
Yassi oyoqlikni aniqlash uchun plantografiya usulidan (oyoq tovoni izi yordamida) foydalaniladi.
Suyak tizimini qo’shimcha tekshirish usullari:
- rentgenografiya;
- biokimyoviy tekshiruvlar (qon zardobida kal’siy, fosfor miqdori);
- termal tasvirlash;
- bo’g’imlarning ul’tratovush tekshiruvi;
- skanirlash va magnit-rezonans tomografiya;
Dostları ilə paylaş: |