Pay cho’zilganda birinchi yordam
O’z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatish og’riqni, bemorning ahvolini sezilarli darajada yengillashtirishi va asoratlar ehtimolini kamaytiradi. Pay cho’zilishi yuz berganda, tez yordam yetib kelguncha quyidagi yordamchi tadbirlar majmuini o’tkazish kerak:
Gorizontal holatga o’ting, shikastlangan oyoq ostiga rulon yoki yostiq qo’yib, oyoq darajasini yuqoriga ko’taring. Ushbu holat qon oqimini yaxshilaydi va shishni kamaytiradi.
Foto: mamsy.ru
Oyoqqa muzli kompress yoki boshqa past haroratli narsani qo’ying. Zarar ko’rgan joyni sovutish yallig’lanish jarayonini susaytiradi, og’riqni pasaytiradi va qon ketishini to’xtatadi. Biroq, sovuq kompresslarni suiste’mol qilmang — ularni yarim soatdan ko’proq ushlab turish tavsiya etilmaydi.
Oyoqni anatomik jihatdan to’g’ri holatga keltiring. Elastik bandaj bilan sakkiz shaklda, navbat bilan to’piq va oyoqni o’rash kerak. Agar qo’lingizda elastik bandaj bo’lmasa, oddiy doka yoki qo’ldagi har qanday materialdan foydalanishingiz mumkin. Bandaj shikastlangan a’zoni qattiq bosmasligiga ishonch hosil qiling — zich bandajlar qon aylanishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Biroq, bandaj juda zaif ham bo’lmasligi kerak.
Foto: mamsy.ru
Mos keladigan og’riqqa qarshi dori yordamida og’riqni yengillashtiring. Qabul qilingan tabletka 15-20 daqiqada kuchga kiradi, shundan keyin siz shifokorga murojaat qilishingiz mumkin.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Suyak yemirilishi yoxud bo‘g‘im artrozi
Pay cho’zilishi yuz berganda — oyog’ingizni isituvchi gellar yoki moylar bilan surtmang, issiq kompresslar va spirtli damlamalarni ishlatmang. Chunki, bu vositalar tomirlarni kengayishini keltirib chiqaradi. Ya’ni ular suyuqlik oqimini yaxshilaydi va yallig’lanish reaksiyasini rag’batlantiradi
Pay cho’zilishini qanday davolash mumkin: konservativ, jarrohlik va uy usullari
Paylar cho’zilishida davolashdan oldin travmatolog qo’shma asoratlarni istisno qilishi va shikastlanish darajasini aniqlashi kerak. Buning uchun bo’g’imning holatini baholashga imkon beradigan rentgen diagnostikasi, KT yoki MRT o’tkaziladi.
Ko’pgina hollarda pay cho’zilishini davolashda konservativ davo qo’llaniladi.
Oyoq paylarini yengil cho’zilishida bemorga og’riq to’liq o’tib kengunga qadar oyoqni harakatlantirmaslik tavsiya etiladi. Fizioterapiya mashqlari og’riq to’liq o’tib ketganidan so’ng qo’llaniladi. Agar kerak bo’lsa, og’riq qoldiruvchi dorilar va yallig’lanishga qarshi moylar shikastlangan joyga qo’llanilishi mumkin.
Oyoq paylarini o’rtacha cho’zilishida, asosiy kursdan tashqari, og’riq qoldiruvchi vositalar va yallig’lanishga qarshi dorilar qo’llaniladi, hamda, to’piqqa sakkiz ko’rinishida yumshoq bandaj qo’llaniladi.
Oyoq paylarini eng og’ir, uchinchi darajali cho’zilishida ancha jiddiy yondashuv talab qiladi. Og’ir holatni uyda davolash mumkin emas, chunki bemorga muntazam ravishda fizioterapiya muolajalari va yallig’lanishga qarshi farmatsevtik preparatlarni ukol qilish talab qiladi. Bunday og’ir holatda oyoqni harakatsiz qilish uchun bint emas, balki gips ishlatiladi.
Pay cho’zilishini fizioterapiya usulida davolash
Fizioterapiya — paylar cho’zilishidan keyin oyoq harakatchanligini tiklashning o’ta samarali va ayni paytda mutlaqo xavfsiz usuli. To’g’ri tanlangan muolajalar to’qimalarni qayta tiklash jarayonlarini boshlaydi, qon oqimini yaxshilaydi, og’riq va yallig’lanishni engillashtiradi.
Fizioterapiya odatda pay cho’zilishidan 2-3 kun o’tgach boshlanadi. Shikastlanish oqibatlarini bartaraf etishda o’zini ko’rsatgan eng samarali usullarga quyidagilar kiradi:
Elektroneurostimulyatsiya — og’riqni yengillashtiradi, cheklangan harakatchanlikni va past funksionallikni yo’q qiladi.
Diadinamik terapiya — metabolik mexanizmlarni faollashtiradi va shu bilan pay tolalarining tiklanishini yaxshilaydi.
Lazer terapiyasi — limfa drenajini yaxshilaydi, shish va yallig’lanishni yumshatadi.
Krioterapiya — yallig’lanishga qarshi va og’riq qoldiruvchi ta’sirga ega.
Amplipuls terapiyasi — mushaklarning faolligini rag’batlantiradi, paylarning elastikligini oshiradi va tiklanishni tezlashtiradi.
Paylar cho’zilishida jarrohlik aralashuvi
Paylar cho’zilishida jarrohlik davolash faqat paylar to’liq yorilganda talab qilinadi. Bunday jiddiy shikastlanishda jarroh oyoqning yumshoq to’qimalarida kesma qilib, yirtilgan tolalarni qo’l bilan bog’lashi kerak bo’ladi. Odatda, bunday operatsiya uzoq muddatli reabilitatsiyani talab qiladi (10 xafta va undan ko’p vaqtgacha) va har doim ham to’piqdagi harakatlanish funksiyasini to’liq tiklanishi bilan tugamaydi.
Pay cho’zilishida xalq tabobati
Konservativ davo bilan parallel ravishda xalq tabobati yordamida tiklanishni tezlashtirishga harakat qilishingiz mumkin:
Kartoshkadan kompresslar. Yupqa qirg’ichdan o’tkazilgan kartoshkani to’g’ralgan piyoz va bir osh qoshiq shakar bilan aralashtirib, dokaga o’rab, shikastlangan joyga kompress kabi qo’yish kerak.
Sarimsoq-limonli kompresslar. Maydalangan sarimsoq boshchalarini (2-3 dona) ustiga iliq suv quyib, uni bir soat davomida tindirib, so’ngra 1 limon sharbati bilan aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan suyuqlik yordamida dokani ho’llab, jarohatlangan joyga 1-2 soat davomida kompress kabi qo’yish kerak.
Dostları ilə paylaş: |