Oyoqlarinig shikastlanishini eng keng tarqalgan turlaridan biri bu — oyoqlardagi to’piq paylari cho’zilishidir. Ko’p hollarda cho’zilish faol hayot tarzini yuritadigan va sport bilan shug’ullanadigan odamlarga xos bo’lishiga qaramay (ayniqsa, to’satdan sakrash bilan bog’liq jamoaviy o’yinlar — basketbol, voleybol va boshqalar jarayonida), kundalik hayotda ham to’piq paylarini cho’zish juda oson — oyoqning haddan tashqari zo’riqishi tufayli og’riqli shikastlanish, shunchaki oyoqini burish yoki sirpanish orqali ham shikastlanish mumkin.
Travmatologiyada pay cho’zilishi deb — yuqori zo’riqish va fiziologik me’yordan oshib ketgan harakatlar sababli bo’gimlar yaxlitligini yopiq buzilishi ataladi
Davolash qiyin bo’lgan og’riqli alomatlar birlashtiruvchi tolalarning qisman yoki to’liq yorilishi natijasida paydo bo’ladi. Atipik cho’zilishda paylar cho’zilib, yukka bardosh bermasdan, bu holatga xos alomatlarni keltirib chiqaradi.
Pay cho’zilishi sabablari
Cho’zilishning juda ko’p tashqi sabablari bo’lishi mumkin: sakrash paytida noto’g’ri tushishdan tortib, oyoq yuzasiga kuchli zarba berishgacha. Ularning barchasi salbiy omil ta’sirida oyoq paylarini atipik holatda egilishini keltirib chiqaradi, shu sababli paylar shikastlanadi. Ko’pincha, bunday zarar oyoqni ichkariga yoki tashqariga burilish natijasida yuzaga keladi — yon paylar cho’zilishi boshqa turlarga qaraganda ko’proq tolalarning shikastlanishini keltirib chiqaradi.
Paylar cho’zilishini keltirib chiqaradigan omillar:
professional sport bilan shug’ullanish,
oyoq artrozi,
yallig’lanish va oyoq kasalliklari,
ortiqcha vazn,
suyak patologiyasi;
oyoq anomaliyalari: yassi oyoqlik va boshqalar.
Shuningdek, baland poshnalar ham pay cho’zilishi xavfini keskin oshiradi. Shuning uchun, oyoq kiyimlarni tanlashda poshna barqarorligi va haddan tashqari baland emasligiga ishonch hosil qilish kerak. Aks holda, ayniqsa notekis yuzalarda (chuqurlari bor yo’l, yumshoq gilam, maysa va boshqalar) va muzlagan sirg’anchiq yerlarda pay cho’zilishi xavfi katta.