Rp.: Trochiscus “Novosept Forte” N.12
D.S. 1 ta troshe chaynamasdan har 2-3 soatda shimilsin.
KO’Z PLYONKALARI
MEMBRANULAE OPHTHALMICAE
(bosh kelishik ko‘plik sonda - Membranulae ophthalmicae, s. Lamellae, o‘rin payt kelishigi
ko‘plik sonda - Membranulas ophthalmicas, s. Lamellas.)
Ko‘z plyonkalari ko‘z suyuqligi (yoshida) eriydigan va tarkibida ma’lum dori
miqdori bo‘lgan, o‘lchami 9 x 4,5 va 0,35 mm ga teng steril polimorf plyonkalar
hisoblanadi. Ko‘z tomchilariga nisbatan afzalligi quyidagicha: dori uzoqroq saqlanadi,
sterilligi saqlanadi va mustahkamdir.
Misol: Tarkibida pilokarpin gidroxloridi bo‘lgan 30 ta ko‘z plyonkasi yozilsin. 1
plyonkadan pastki qovoq ostiga sutkasiga 1 mahal qo’yish buyurilsin.
21 | 30
Dostları ilə paylaş: |