Toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologiya kafedrasi


Dozalangan  aerozol  ingalyatorlari



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/42
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39675
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Qattiq dori shakllariga resept (lotin)

Dozalangan  aerozol  ingalyatorlari  –  nafas  olish 

yo‘llariga ingalyasion preparatlarni yetkazib berish 

uchun  eng  keng  qo‘llaniladigan  tizimlardir.  Ular 

ballon (A), dozalovchi klapan (V) va yo‘naltiruvchi 

moslamadan (C, mundshtuk) iborat.

 

Afzalliklari: 



• 

qulaylik; 

• 

ixcham, olib yurishga oson (portativ); 



• 

qo‘llash qulayligi; 

• 

narxining arzonligi. 



Kamchiliklari: 


24 | 30

 

Paradoksal  bronxospazm  paydo  bo‘lish  xavfi  (propellantning  past  harorati, 



purkashning  katta  tezligi,  aerozol  tarkibidagi  dori  moddasi  yoki  qo‘shimcha 

komponentlarining ta’siriga nafas yo‘llarining yuqori sezuvchanligi tufayli). 

Bu kamchiliklar speyserlar va havo kameralari 

yordamida  bartaraf  etiladi.  Speyser  –  bu 

maxsus  kamera  (V)  bo‘lib,  unga  ballondan 

aerozol  (A)  purkaladi.  Nafas  havosining 

speyser  kamerasiga  qaytib  kirishining  oldini 

olish  uchun  bir  tomonlama  klapan  (C) 

o‘rnatilgan.  Nafas  olish  speyserning  qarama-

qarshi  tomonidan,  lablar  orasida  tutiladigan 

maxsus  moslama  (D)  yoki  niqob  orqali  (E) 

olinadi.


 

Dozalovchi aerozol ingalyatorlaridan foydalanish qoidalari: 

1) ballonchani 5-6 marotaba qattiq silkitib, mundshtukdan himoya qalpoqchasini 

ajratiladi; 

2) nafas olish uchun apparat qismi pastga aylantirib tutiladi; 

3)  ohista,  chuqur  nafas  olinadi  va  lablar  orasida  mundshtuk  qismi  mahkam 

ushlanadi; 

4)  bosh  biroz  orqaga  egiladi,  asta-sekin  nafas  olishni  boshlanadi  va  ballonning 

pastki qismi barmoqlar bilan bosiladi; 

5) iloji boricha chuqur nafas olinadi

6) 5-10 soniya davomida nafas ushlab turiladi

7) asta-sekin burundan nafas chiqariladi. 

Bolaning  bu  qoidalarga  amal  qilishi  qiyin,  shu 

sababli  bolalar  uchun  bir  tomonlama  klapan  bilan 

jihozlangan  speyserdan  foydalanish  tavsiya  etiladi  (4 

yoshgacha bolalar uchun – niqob yordamida). 

Dozalangan kukunli ingalyatorlarni 3 sinfga ajratish mumkin: 

1. 


Bir dozali kapsula saqlovchi ingalyatorlar; 

2. 


Ko‘p dozali rezervuar tipidagi ingalyatorlar; 

3. 


Ko‘p dozali blisterli ingalyatorlar.

 

 



Bir dozali kapsula uchun ingalyatorlarda dori 

modda  jelatin  kapsulalarida  bo‘lib,  ular 

ingalyatorga  joylashtiriladi  va  qo’llashdan 

oldin 


teshiladi 

(spinhaler, 

handihaler, 

aerolayzer,  brizhaler).  Ba’zan  6-8  doza 

saqlovchi 

blisterlardan 

foydalaniladi 

(dishaler, rotahaler).

 



25 | 30

 

Ko‘p dozali rezervuar tipidagi ingalyatorlarda barcha dori moddalar rezervuarda 



saqlanadi. Nafas olishdan oldin belgilangan dozaning chiqarilishi uchun (turbuhaler, 

siklohaler, izihaler, novolayzer) tegishli manipulyasiyalar amalga oshiriladi. 

Ko‘p  dozali  blisterli  ingalyatorlarda  dori  moddasi  blisterlarda  (multidisk, 

diskhaler) saqlanadi. 

 

Multidiskning tuzilishi: A —preparatning 60 dozasini saqlovchi blister; B —doza indikatori 



(ko‘rsatkichi); C — preparatni chiqaruvchi qurilma; D — mundshtuk; E — doza indikatori g‘ildiragi.

 

Dozalangan kukunli ingalyatorlarning afzalliklari: 



• 

Olib yurish qulay; 

• 

Nafas olish va chiqarishni muvozanatlashtirish shart emas; 



• 

Propellent saqlamaydi; 

• 

Nafas bilan kirayotgan dori moddasining hajmi ko‘payadi.  



Kamchiliklari: 

• 

Intensiv nafas olishni talab qilinadi; 



• 

Dori moddasining katta miqdori og‘iz bo‘shlig‘ida o‘rnashib qoladi; 

• 

namlikka  sezuvchanlik,  havo  namligiga  qarab  dozaning  sezilarli 



o‘zgaruvchanligi 

• 

qurilma va ingalyatorning ishlash prinsipi bilan tanishish zaruriyati; 



• 

og‘ir bronxial astma xurujlarini barataraf etishda qiyinchilik.

 


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin