Toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologiya kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/42
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39675
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Qattiq dori shakllariga resept (lotin)

GAZSIMON DORI SHAKLLARI 

FORMAE MEDICAMENTORUM GASIFORMAE 

Bular  dori  vositasini  gazsimon  muhitda,  ko‘pincha  havoda  purkaladigan  dori 

shakllaridir. 

Zamonaviy gazsimon dori shakllarga quyidagilar kiradi: 

• 

tibbiy gazlar; 



• 

aerozollar; 

• 

spreylar. 



Gazsimon  narkoz  moddalar  (ingalyasion  anestetiklar)  jarrohlik  amaliyotida 

hamma joyda qo‘llaniladi, ammo ulardan foydalanish juda ixtisoslashgan malaka talab 

qiladi (birinchi navbatda dori vositalarining zaharliligi va maxsus tibbiy uskunalardan 

foydalanish kabi), shuning uchun ulardan foydalanish deyarli shifoxona bo‘limlaridan 

tashqariga  chiqmaydi.  Ambulatoriya  amaliyotida  faqat  tibbiyot  muassasalarida 

(izofluran,  sevofluran  va  b.)  ishlatiladigan  dori  vositalariga  reseptlar  yozish 

ta’qiqlanadi.  Aksincha,  aerozollar  va  spreylar  umumiy  tibbiyot  amaliyotida  keng 

qo‘llaniladi. 

Gazsimon  dori  shakllarining  ta’sir  qilish  tezligi  ularning  asosiy  afzalligidir: 

gazlarning  terapevtik  ta’sirni  rivojlantirish  xususiyatini  in’eksiya  bilan  taqqoslash 

mumkin. 

Muhim kamchiligi shundan iboratki, gazsimon dori shakllarini ishlab chiqarish, 

tashish, saqlash, dorixonadan berish va foydalanish paytida muayyan qoidalarga rioya 

etish  talab  qilinadi,  chunki  ular,  odatda,  bosim  ostidagi  germetik  ballonlarda  ishlab 

chiqariladi.

 


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin