Toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologiya kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/42
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39675
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Qattiq dori shakllariga resept (lotin)

AEROZOLLAR  

AЁROSOLA (aёrosolum, i n) 

Aerozollar  –  qattiq  yoki  suyuq  zarralarni  gaz  dispersiyasi  shaklida,  mos 

o‘lchamda  organizmga  kiritish  uchun  klapanli-changlatgich  moslamasi  bilan 

jihozlangan,  propellant  bosimi  ostidagi  germetik  o‘ramda  (aerozol  ballon)  eritma, 

emulsiya yoki suspenziyadan iborat faol modda saqlovchi dori shaklidir. 

Aerozollar ikki fazali (gaz va suyuq) yoki uch fazali (gaz, suyuq va qattiq yoki 

suyuq)  tizimlardir.  Ikki  fazali  aerozollar  faol  moddalarning  eruvchanligini 

ta’minlovchi  erituvchilar  qo‘shilgan  suyultirilgan 

propellantdagi  faol  moddaning  eritmasidan  iborat. 

Uch 


fazali 

aerozollar 

faol 

moddalar 



va 

propellantning  suspenziyasi  yoki  emulsiyasidan 

iborat. 

Uch fazali aerozollarga faol moddalar, sirt faol 

moddalar,  suvli  yoki  suvsiz  erituvchilar  va 

propellantlardan iborat emulsiyalar bo‘lgan ko‘pikli 

aerozollar  kiradi.  Agar  propellant  dispers  faza 

(«moyning  suvdagi»  emulsiyasi  tipida)  tarkibiga 

kirsa,  tarkib  chiqarilganda  barqaror  ko‘pik  hosil 

bo‘ladi. 

Qo‘llash  joyiga  ko‘ra  quyidagi  aerozollar 



23 | 30

 

farqlanadi; 



• 

ingalyasiya uchun; 

• 

nazal qo‘llash uchun; 



• 

peroral qo‘llash uchun; 

• 

sublingval qo‘llash uchun; 



• 

vaginal qo‘llash uchun; 

• 

rektal kiritish uchun; 



• 

sirtga qo‘llash uchun; 

• 

chayish uchun; 



• 

insektisidlar va h.k. 

Sirtga  qo‘llash  uchun  aerozol  preparatlari  eritma,  linimentlar,  ko‘pik,  plastik 

plyonkalar va boshqa dori shakllarida ishlatiladi. 

Aerozol preparatlarning afzalliklari; 

• 

preparat to‘g‘ridan-to‘g‘ri nishon a’zoga yetkazib beriladi, yetkazib 



berish paytida uning sarflanishi yoki parchalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi; 

• 

ta’sirning tezroq boshlanishi; kichik dozalar; 



• 

tizimli nojo‘ya ta’sirlar xavfining pastligi

• 

olib yurishning qulayligi; 



• 

preparatni qurib qolish va ifloslanishdan himoyalash. 

Ingalyasion terapiyaning samaradorligi nafaqat preparatni to‘g‘ri tanlashga, balki 

nafas  yo‘llariga  yetkazib  berish  moslamalariga  ham  bog‘liq.  Hozirgi  kunda  nafas 

a’zolariga dori vositalarini yetkazib berish tizimlarining bir necha turlari bor: 

1)  dozalangan  aerozol  ingalyatorlar,  jumladan  speyserli  va  nafas  olish  orqali 

faollashtiriladigan turlari; 

2) dozalangan kukunli ingalyatorlar; 

3) nebulayzerlar; 

4) suyuqlik-dozalovchi ingalyatorlar.

 


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin