Yurakni paypaslash va perkussiyasi: Paypaslashda chap prekardial sohada
mahalliy og‘riq aniqlanadi, Bemor anamnezida chap qorincha kengayishiga olib
kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar (AG, aterosklerotik yoki infarktdan keyingi
kardioskleroz va boshqalar) bo‘lmasa MI o‘ta o‘tkir davrida yurak chegaralari
kengayishi kuzatilmaydi.
Yurak auskultasiyasi:
Ishemiyaga uchragan chap qorincha miokardining
qisqaruvchanligi pasayganligi hisobiga yurak cho‘qqisida I ton sustlashganligi
kuzatiladi. Chap qorinchani erta diastolik bo‘shashishi sekinlashishi yoki aortada
bosimni pasayishi hisobiga II ton susayadi. Kichik qon aylanish doirasida venoz
dimlanish natijasida o‘pka arteriyasida bosim oshishi hisobiga uning
proyeksiyasida II ton aksenti aniqlanadi. Ayrim bemorlarda aortani yaqqol
namoyon bo‘lgan aterosklerozi hisobiga ham aortada II ton aksenti eshitilishi
mumkin. O‘tkir tomir yetishmovchiligi rivojlanganda QB asosan sistolik bosim
hisobiga pasayadi. Bir vaqtning o‘zida pulsni to‘liqligi va balandligi kamayadi
hamda tezlashadi.
Dostları ilə paylaş: