chap qorinchada remodellanish jarayoni boshlanganligi va dilatasiyasidan hamda
qisqaruvchanligi pasayganligini ko‘rsatadi.
Auskultasiyada chap qorincha miokardi qisqaruvchanligini keskin
pasayganligi, dilatasiyasi yoki so‘rg‘ichsimon mushaklar shikastlanishi natijasida
mitral qopqoqchalarni nisbiy yetishmovchiligi rivojlanishi hisobiga yurak
cho‘qqisida I ton sustlashadi. So‘ngi holatda uning sustlashishi yurak cho‘qqisidan
qo‘ltiq ostiga uzatiluvchi sistolik shovqin bilan birga kechadi.
4.O‘tkir osti davri. MI ning o‘tkir osti davrida nekrozga uchragan to‘qima
o‘rnini sekin asta biriktiruvchi to‘qima egallay boshlaydi.
Chap qorinchani
remodellanish jarayoni davom etadi. Bu davr davomiyligi nekroz o‘chog‘i
hajmiga, ushbu jarayonga qo‘shilmagan atrofdagi to‘qima holatiga, kollaterallarni
rivojlanish darajasiga, yondosh kasallik va MI ning asoratiga bog‘liq. Aksariyat
hollarda u 4-6 hafta davom etadi. Bemor ahvoli asta sekin yaxshilanadi. Kasallik
asoratlanmaganda og‘riq simptomi va hayotga xavf soluvchi ritm buzilishlari
(paroksizmal qorinchalar taxikardiyasi va fibrilyasiyasi) kuzatilmaydi. Yurakning
boshqa ritm buzilishlari (ekstrasistoliyalar, sinusli taxikardiya va boshqalar),
yuqori darajadagi AV va SA blokada belgilari yo‘qoladi. O‘tkir
davrda paydo
bo‘lgan yurak yetishmovchiligi belgilari kamayadi.
5.Chandiqlanish (MI dan keyingi) davri. Chandiqlanish davrining
boshlanishida chandiq sohasida kollagen miqdori ko‘payadi va uni qattiqlanishi
tugallanadi. Bir vaqtni o‘zida gemodinamikani muvozanatlab turish uchun qator
kompensator mexanizmlar (Starling mexanizmiga ko‘ra shikastlanmagan
miokardni giperfunksiyasi va gipertrofiyasi, chap
qorinchani bir oz dilatasiyasi,
yurakni otib berish hajmini oshishi va boshqalar) ishga tushadi.
Q tishchasiz miokard infarktini o‘ziga xos klinik belgilari. Q tishchasiz
miokard infarktining (transmural bo‘lmagan) klinik belgilari yuqorida tariflangan
o‘tkir koronar sindrom ko‘rinishiga mos keladi. Transmural bo‘lmagan MI
rivojlanishi asosida “asoratlangan” aterosklerotik pilakcha sohasida devor oldi
trombi hosil bo‘lishi va uzoq vaqt davomida yurak mushagida yaqqol namoyon
bo‘lgan ishemiya sohasi yuzaga kelishi yotganligi sababli
Q tishchasiz miokard
infarkti klinik nuqtai nazardan og‘riq sindromi bilan namoyon bo‘ladi. Aksariyat
hollarda u uzoq vaqt davom etuvchi (20-30 daqiqadan ko‘proq) va nitrogliserin
yaxshi samara bermaydigan tinch holatdagi stenokardiya xurujini eslatadi. Ayrim
hollarda to‘sh ortidagi og‘riq keskin holsizlik, terlash, hansirash, o‘tib ketuvchi
yurak ritmi va o‘tqazuvchanligini buzilishi hamda to‘satdan AB ni keskin
pasayishi bilan birga kechadi. Ba’zi bemorlarda Q tishchasiz MI avj olib boruvchi
zo‘riqish stenokardiyasi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. Barcha holatlarda
RS-T oraliq ko‘tarilishini turg‘in bo‘lmasligi Q tishchasiz MI ni boshqa turdagi
nostabil stenokardiyalar bilan qiyosiy tashhislashni talab etadi.
Ob’yektiv tekshirishda Q tishchasiz MI ni tasdiqlashga imkon beradigan
birorta qo‘shimcha yaqqol belgilar aniqlanmaydi.
Faqat ayrim hollarda yurak
tonlarini keskin sustlashishi, qo‘shimcha III va IV ton paydo bo‘lishi, ritm
buzilishlari hamda AB ni o‘zgarishi kuzatiladi. Q tishchasiz miokard infarkti
tashhisini tasdiqlash yoki inkor qilish uchun qator qo‘shimcha laborator - asbobiy
tekshirish usullarini o‘tkazish kerak.
Dostları ilə paylaş: